Aʼlam madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Abdurahmoni Aʼlam madrasasi
Aʼlam madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Binokorlik tashabbuschisi Mirzo Abdurahmon aʼlam
Homiylar Mirzo Abdurahmon aʼlam
Asosiy sana:
1809-yil
Maqomi davlat himoyasida[1]
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Aʼlam madrasasi (Abdurahmoni Aʼlam madrasasi[2]) — Buxoro madrasasi. Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aʼlam madrasasi 1809-yilda Gavkushon guzarida[3], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Haydar davrida, Mirzo Abdurahmon a’lam tomonidan bunyod etilgan. Mirzo Abdurahmon Buxoro amirligida aʼlam vazifasini bajargan. Mirzo Abdurahmon zamonasining eng mashhur shaxslaridan biri boʻlgan. U Buxoro amiri Amir Haydar davrida aʼlam vazifasiga tayinlangan. Abdurahmon Aʼlam muammoni hal etish yoʻlini topa olish qobiliyati boʻlganligi sababli, Qoʻqon xoni Umarxon huzuriga elchi qilib joʻnatilgan. U mazkur elchilikni muvaffaqiyatli olib borgan. 1809-yilda Abdurahmon Aʼlam Buxoroda vafot etadi. Ushbu madrasa ikki qavatli boʻlib, shoʻrolar inqilobiga qadar dars oʻtilgan. Ushbu madrasa mudarrisi bir nafar boʻlgan. Abdurahmoni Aʼlam madrasasiga doir bir qancha vaqf hujjatlari topib oʻrganilgan. Tadqiqotchi Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, 1888-yilga oid vaqf hujjatini topgan. Unda shunday yozilgan: „Sayida Begim binti mulla Mir Hanif faxrli Buxoroyi sharif shahrida Mirzo Haydar guzaridagi yeri va Mohi tobon guzaridagi bir necha hujra va doʻkonlardan iborat boʻlgan karvonsaroylarni marhum mulla Mirzo Abdurahmon aʼlam madrasasi uchun vaqf qiladi[4]“.

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurahmoni Aʼlam madrasasi ikki qavatli boʻlib, 21 ta hujradan iborat. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda Bahovuddin Naqshband koʻchasida va Gavkushon guzarida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  2. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122 bet. 
  3. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144 bet. 
  4. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet.