Kontent qismiga oʻtish

1956-yildagi Gruziyada norozilik namoyishlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1956-yil Gruziyadagi norozilik namoyishlari
Destalinizatsiya bir qismi

Rustaveli prospektidagi sobiq Aloqa binosida 9-mart qirgʻini xotirasiga oʻrnatilgan memorial.
Sana 4–10 mart 1956 (1956-03-04 – 1956-03-10)
Joy
Sababi Destalinizatsiya
Maqsadlari Stalin gʻoyalarini hamda Gruziya erkinligini himoya qilish
Usullari Protestlar marshi, bayroq hilpiratish, Bannerlar.
Natijasi Buyruqni bekor qilinishi
Fuqarolik nizosining tomonlari
Sovet Ittifoqi Pro-Stalin namoyishlari
Gruziya Stalinistlar tomonidan mustaqillikning talab qilinishi
Talabalar
Yetakchilar
Sovet Ittifoqi Nikita Xrushchyov
Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi Vasil Mzhavanadze
Sovet Ittifoqi General-polkovnik Ivan Fedyuninskiy
Sovet Ittifoqi General-mayor Vasiliy Gladkov
Raqamlarda
Qurbonlar va yoʻqotishlar
Oʻlimlar: 22
Yaralanganlar: 47
Asirga olinganlar: 200[1]
Qurbonlar

1956-yil Gruziya namoyishlari, 1956-yil Tbilisi qoʻzgʻoloni yoki 9-mart qirgʻini, Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasida Nikita Xrushchyovning destalinizatsiya siyosatiga qarshi Iosif Stalinni qoʻllab-quvvatlagan sovet gruzinlarining bir qator norozilik namoyishlaridir. Namoyishning asosiy qismi respublika poytaxti Tbilisida boʻldi. Stalin oʻlimining uch yilligiga bagʻishlangan davomiy mitinglarda Xrushchyovning maxfiy nutqi kuchli norozilik uygʻotdi va koʻp oʻtmay nazorat qilib boʻlmaydigan ommaviy namoyishlarga aylandi va natijada qoʻzgʻolon toʻlqini shahar hayotiga taʼsir qildi. Namoyishlarda Sovet Ittifoqi hukumatini oʻzgartirish zarurati va Gruziyaning Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qilishi kabi siyosiy talablar paydo boʻldi[2]. Beqarorlik sharoitida Gruziya hukumati mas’uliyatni Sovet armiyasiga topshirdi. Shundan soʻng, 9-mart kuni shaharda joylashgan harbiy qismlar sovet hukumati nazarida „davlat mudofaasi“ uchun hukumat binolarini egallab olgan universitet talabalariga qarata oʻt ochdi[3]. Voqealar natijasida koʻp sonli yoʻqotishlar boʻlishiga qaramay, ortga chekinmagan namoyishchilar 10-martgacha qarshilik koʻrsatdilar, biroq tanklar yordamida namoyishchilar tarqatib yuborildi. Turli manbalarda halok boʻlganlar soni haqidagi maʼlumotlar bir necha oʻndan bir necha yuzgacha ekanligi aytib oʻtilgan[4][5].

Kelib chiqishi

1956-yil 25-fevralda boʻlib oʻtgan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining 20-syezdining yopiq majlisida Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Bosh kotibi Nikita Xrushchev "maxfiy nutq" soʻzlab, Qizil Armiyaning, ayniqsa Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining sobiq Bosh kotibi Iosif Stalin davridagi tozalash siyosatini tanqid qildi. Vladimir Lenin va kommunizmning boshqa gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlovchi ritorikani himoya qilishda davom etar ekan, u Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiningold qatorlarida Stalinga sigʻinish shakllanayotganini daʼvo qildi. Sovet kommunizmining dastlabki yillaridan boshlab Stalinning asosiy ramzi sifatida oʻrnatilgan „Vozhd“, „Xalqlar otasi“ kabi taxalluslar Xrushchyov davrida ham Sovet Ittifoqida keng qoʻllanila boshlandi. Shu sababli, yangi paydo boʻlgan destalinizatsiya siyosati sovet xalqini hayratda qoldirdi[6].

Gruziyadagi reaksiyalar

Partiya gruzin millatchiligini tiyib turishiga qaramay, Xrushchyovning Stalin siyosatini bekor qilish harakati sovet gruzinlari gʻururiga berilgan zarba boʻldi[7]. Ayniqsa, gruzin yoshlari Stalindan juda hayratda qoldirdi va undan oʻrnak olishdi[8]. Stalinning „daholigi“ni doimo olqishlar, „Rossiyani boshqargan gruzin“ degan afsona gruzinlarda milliy gʻururini yuzaga keltirgan. Stalin gʻoyalarini inkor etish gruzin ongida rus/sovet hukmdorlari tomonidan ularga nisbatan yomon munosabatda boʻlishining ramzi sifatida koʻrindi[8][7]. Siyosiy norozilik bilan yuzaga kelgan vatanparvarlik tuygʻusi, Xrushchyovning eski davrdagi barcha „yomonliklarni“ Stalinga bogʻlashi va gruzin millatini bilvosita haqorat qilishi gruzinlarning gʻururiga tegdi[9]. Kutaisidagi oʻsha paytdagi komsomol rahbari va Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Gruziya prezidenti boʻlgan Eduard Shevardnadze keyinchalik Xrushchyovning nutqi oxirida gruzinlar haqidagi kinoyali bayonoti gruzin yoshlari gʻururiga yerga urilganini aytdi[10].

Stalin davridagi Gruziya voqealari va 1956-yilgi Gruziya namoyishlari turlicha talqin qilinadi. Biroq, bu voqealar stalinizm qayta tiklanishi va bu 1924-yil avgust qoʻzgʻolonidan keyin gruzin millatchiligining birinchi aniq ifodasi boʻlganligi koʻplab manbalarda taʼkidlangan[11]. Gruziyadagi voqealar Sovet matbuotida deyarli yoritilmadi va bu mavzu bir necha oʻn yillar davomida taqiqlangan mavzuga aylandi. Koʻpincha bir-biriga qarama-qarshi boʻlsa-da, ushbu voqealar paytida sodir boʻlgan hodisalar bir nechta zamonaviy hisobotlar, guvohlarning soʻzlari va bir nechta saqlanib qolgan sovet maxfiy hujjatlarini tahlil qilish orqali ommaga yetkazilgan[12].

1956-yil martdagi namoyishlar Gruziya Kommunistik partiyasi ichidagi yoriqlarni kengaytirganligi sababli baʼzi amaldorlar ochiqchasiga xalq bilan birdamligini bildirishdi. 1956-yil iyul oyida Moskva Markaziy Qoʻmitasi Gruziya kommunistik rahbariyatini tanqid qiluvchi qarorni qabul qildi va avgust oyida Tbilisidagi partiyaning ikkinchi kotibi rossiyalik bilan almashtirildi. Ammo Mjavanadze intervyularda gruzinlarni tinchlantirdi va qurbonlar sonini kamaytirdi hamda partiyaning yangi qarashlarni muhokama qilish uchun konferensiya dasturi borligini eʼlon qildi. Hukumat uchun muvaffaqiyatli boʻlgan bu pozitsiyasi uchun Mjavanadze 1957-yil iyun oyida Markaziy Qoʻmita Prezidentligiga nomzod nomzod sifatida taklif etildi[13]. 1978-yilning apreligacha Gruziyada sovet hokimiyatiga qarshilik koʻrsatishga aniq urinish boʻlmagan boʻlsa-da, sovet hukumatiga qarshi toʻxtovsiz gina davom etdi. Gruziyada koʻp odamlar armiyaga namoyishchilarni oʻqqa tutishni buyurgani uchun shaxsan Xrushchyovni aybdor deb hisoblashdi. Tbilisi voqealari Gruziyaning Sovet Ittifoqi mustaqilligi haqidagi talablarining keng tarqalishiga olib keldi. Gruzinlar uchun Sovet Ittifoqiga sodiqlik jiddiy tarzda buzilgan va antisovet kayfiyati gruzin millatchiligining qayta tiklanishining muhim xususiyatiga aylangan[14][15]. Norozilik namoyishlari bostirilganiga qaramay, 1956-yil voqealari oxiriga kelib Gruziya xalqining Sovet Ittifoqiga sodiqligi jiddiy shubha ostiga qola boshladi[15]. Tarixchi Ronald Grigor Suny shunday yozgan: „Sovet hukumatining tezkor va shafqatsiz munosabati Sovet tuzumining qanchalik oʻzgarishi va Stalin avtoritarizmining qanchalik saqlanib qolishi haqidagi dilemmani hal qila olmaganini yaqqol koʻrsatdi. Hukumatning Tbilisidagi sarosimaga tushishi oqibatida amalga oshirilgan islohot partiyaning hokimiyatdagi asosiy monopoliyasini saqlab qolish qatʼiyati bilan cheklanishining qonli belgisi edi“[14].1956-yilgi voqeadan soʻng darhol Sovet Ittifoqidan ajralib chiqishga ochiq chaqirgan birinchi Gruziya maxfiy guruhlari paydo boʻldi. Ular koʻpincha kichik va zaif boʻlib, Sovet hukumati ularni tezda zararsizlantirishga muvaffaq boʻldi. Biroq, ular 1956-yil martdagi mitingning yosh ishtirokchilari va 1980-yillarda Gruziyani mustaqillik uchun kurashga olib boradigan Merab Kostava va Zviad Gamsaxurdiya kabi dissidentlarning yangi avlodini oʻzlariga qoʻshib oldilar[16].

  1. Lurye, Lev (2007), 1956 god. Seredina veka, p. 134. ISBN 5-7654-4961-1.
  2. Nahaylo, Bohdan; Swoboda, Victor (1990), Soviet disunion: a history of the nationalities problem in the USSR, s. 120. Free Press, ISBN 0-02-922401-2
  3. Kozlov, Vladimir A (çeviri MacKinnon, Elaine McClarnand; 2002), Mass Uprisings in the USSR: Protest and Rebellion in the Post-Stalin Years, s. 112–136. M. E. Sharpe, ISBN 0-7656-0668-2
  4. Suny, Ronald Grigor (1994), The Making of the Georgian Nation, s. 303–305. Indiana University Press, ISBN 0-253-20915-3
  5. Cornell, Svante E. (2002), Autonomy and Conflict: Ethnoterritoriality and Separatism in the South Caucasus: Cases in Georgia, s. 146–149. Uppsala University, Department of Peace and Conflict Research, ISBN 91-506-1600-5
  6. Kozlov, Vladimir A (çeviri MacKinnon, Elaine McClarnand; 2002), Mass Uprisings in the USSR: Protest and Rebellion in the Post-Stalin Years, s. 112–136. M. E. Sharpe, ISBN 0-7656-0668-2
  7. 7,0 7,1 Tarkhan-Mouravi, George, From Independence to Independence: 70 Years of Soviet Georgia, Bölüm: Awde, Nicholas; Wright, John (ed., 1998), The Georgians: A Handbook. Curzon Press, ISBN 0-7007-0640-2 (metin Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.)
  8. 8,0 8,1 Suny, Ronald Grigor (1994), The Making of the Georgian Nation, s. 303–305. Indiana University Press, ISBN 0-253-20915-3
  9. Lang, David Marshall (1962), A Modern History of Georgia, s. 264–265. London: Weidenfeld and Nicolson.
  10. 1956 год: середина века. ОЛМА Медиа Групп, 2007 — 135-bet. ISBN 978-5-7654-4961-5. Qaraldi: 2 nisan 2020. 
  11. Suny, Ronald Grigor (1994), The Making of the Georgian Nation, s. 303–305. Indiana University Press, ISBN 0-253-20915-3
  12. Kozlov, Vladimir A (çeviri MacKinnon, Elaine McClarnand; 2002), Mass Uprisings in the USSR: Protest and Rebellion in the Post-Stalin Years, s. 112–136. M. E. Sharpe, ISBN 0-7656-0668-2
  13. Suny, Ronald Grigor (1994), The Making of the Georgian Nation, s. 303–305. Indiana University Press, ISBN 0-253-20915-3
  14. 14,0 14,1 Suny, Ronald Grigor (1994), The Making of the Georgian Nation, s. 303–305. Indiana University Press, ISBN 0-253-20915-3
  15. 15,0 15,1 Cornell, Svante E. (2002), Autonomy and Conflict: Ethnoterritoriality and Separatism in the South Caucasus: Cases in Georgia, s. 146–149. Uppsala University, Department of Peace and Conflict Research, ISBN 91-506-1600-5
  16. Cornell, Svante E. (2002), Autonomy and Conflict: Ethnoterritoriality and Separatism in the South Caucasus: Cases in Georgia, s. 146–149. Uppsala University, Department of Peace and Conflict Research, ISBN 91-506-1600-5