Kontent qismiga oʻtish

101-reys

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
101 reys
Rejissyor(lar) Akrom Shahnazarov
Prodyuser(lar) Firdavs Abduholiqov
Goʻzal Yusupova
Aziz Qurbonov
Ssenariynavis(lar) Akrom Shohnazarov
Shohsanam Sufiyeva
Rollarda Hoshim Arslonov
Umid Iskandarov
Oleg Galahov
Lola Eltoyeva
Hurshid Toʻxtayev
Bahora Arslonova
Erkin Bozorov
Farhod Abdullayev
Nigina Anorboyeva
Samiddin Lutfullayev
Sharhlovchi(lar) Hasan Otoboyev
Dilmurod Toʻrdiboyev
Husan Atoboyev
Bahtiyor Otoboyev
Kinematografiya Erkin Aʼzam
Aziz Qurbonov
Muharrir(lar) Alisher Toʻlaboyev
Shahnoza Abdullajonova
Studiya(lar) Yoshlik (kinostudiya)
Chiqarilgan sanasi Oʻzbekistonda 1-iyun 2022-yil
Davomiyligi 120 daqiqa
Byudjeti 450 000 $

101 reys — Yoshlik kinostudiyasi va Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan oʻzbek filmi. Oʻzbekistonda film birinchi marotaba 1-iyun 2022-yilda namoyish etilgan va filmning premyerasi Toshkentda „Kinematografiya Uyi“da boʻlib oʻtgan. Bu Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida suratga olingan film hisoblanadi.

Film haqiqiy voqeaga asoslangan. 2001-yil 11-sentabr kuni erta tongda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga tegishli Boeing 757 samolyoti Toshkentdan havoga koʻtarildi. Manzil Nyu-York shahri boʻlgan edi. Tajribali uchuvchi Zarif Saidazimov nafaqaga chiqishdan oldingi oxirgi parvoz uning faoliyatidagi eng qiyin parvoz boʻlishini hozircha bilmaydi[1].

John Kennedy nomidagi xalqaro aeroportga yaqinlashib kelayotgan samolyot komandiri Zarif Saidazimov toʻsatdan dispetcherdan Bostondagi boshqa aeroportga qoʻnishi kerakligi haqida buyruq oladi. Tinchlikni saqlash talabiga qaramay, yoʻlovchilar orasida vahima boshlanadi[2].

Filmni tushirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning tushirilishi 2019-yilda boshlandi va 2020-yilning oktabr oyida yakunlandi. Birinchi marotaba film 2021-yilning 28-sentabridan 3-oktabrigacha “Ipak yoʻli gavhari” Toshkent xalqaro kinofestivalida koʻrsatilgan edi. “Ipak yoʻli gavhari” xalqaro kinofestivali 50 yildan ortiq tarixga ega mashhur “Sharq yulduzi” Toshkent xalqaro kinofestivalining davomi hisoblanadi[3].

101-reys filmida Oʻzbekistonning eng taniqli aktyor va aktrisalari oʻynashdi. Ularning orasida bosh rollarni Hoshim Arslonov, Umid Iskandarov, Oleg Galahov, Lola Eltoyeva, Hurshid Toʻxtayev, Bahora Arslonova, Farhod Abdullayev va Nigina Anorboyeva va Samiddin Lutfullayev ijro etgan.