Erkin Aʼzam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Erkin Aʼzam 1950-yil 10-avgustda togʻli Boysunda tugʻildi. 1972-yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va Sanʼat nashriyotida tahririyat mudiri boʻldi. 1992–1994-yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari. 1995-yildan „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri, I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati.

„Chiroqlar oʻchmagan kecha“ (1977), „Otoyining tug'ilgan yili“ (1981), „Olam yam-yashil“ (1984), „Javob“ (1986), „Bayramdan boshqa kunlar“ (1988), „Mir v tsvetax“ (1999), „Pakananing oshiq koʻngli“ (2001), „Kechikayotgan odam“ (2002) toʻplamlari muallifi. Yozuvchi asarlari asosida „Chantrimore“, „Piyoda“, „Dilxiroj“ filmlari suratga olingan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat — insoniy erk, har qanday zoʻravonlikka munosabat masalasidir.[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. Aʼzamov Erkin. Otoyining tugʻilgan yili. Toshkent Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1981-yil, 8,0 b.t.
  2. OʻzLib kutubxonasi