Kontent qismiga oʻtish

Киган Кевин

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Киган Кевин 1951-yil 14-fevralda Angliyada tug'ilgan. Ingliz futbolchisi va murabbiyi bo'lgan. Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Kevin Angliya terma jamoasi futbolchisi va bosh murabbiyi bo'lgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kevin 1951-yil 14-fevralda Donkaster yaqinidagi Armtorp shahrida tug'ilgan. 1968-yilda u to'rtinchi divizionning "Skuntorp" klubida o'ynay boshlagan.

1971-yilda Kevin 39 000 funt sterling evaziga "Liverpul" jamoasiga o'tgan. Dastlab "qizillar" bosh murabbiyi Bill Shenkli Kiganga yarim himoyachi bo'lib o'ynagan, ammo tez orada Kevini hujumga o'tkazgan. Aynan shu pozitsiyada Kevin 1971-yilning 14 avgustida "Nottingem Forest" ga qarshi o'yinda "Liverpul" safida o'ynagan. Ushbu o'yinning 12-daqiqasida Kevin birinchi golni urgan. Umumiy hisobda "Liverpul"da o'ynagan yili Kigan o'zining 321-rasmiy o'yinida roppa-rosa 100 ta gol urgan, ko'plab sovrinlar va unvonlarni qo'lga kiritgan. Uch marotaba chempionatda, ikki marotaba UEFA kubogida,Angliya kubogida va Chempionlar kubogi unvonlarini qo'lga kiritgan. Kiganning "Liverpul" uchun so'nggi o'yini 1976-1977-yilgi mavsumda klubning birinchi Chempionlar Kubogi finalida bo'lib o'tgan, unda Kevin "Borussiya" Myonxengladbaxdan 3:1 hisobida g'alaba qozongan.

1977-yilda nemis Gamburgi Kevini 500 ming funt sterlingga sotib olgan. Bundesligada ular Angliyadagidan ko'ra ko'proq dinamik, tezkor va qattiqroq futbol o'ynashgan, shuning uchun Kiganga yangi muhitga moslashish oson bo'lmagan. Lekin Kigan buni uddalagan, shundan so'ng jamoa yetakchisi bo'lgan. 1978-1979-yilgi mavsumda 17 ta gol urib, "Oltin to'p"ni olgan.

1980-yilda Kigan Angliyaga, « Sautgempton» jamoasiga qaytgan. Uning tarkibida Kevin 1982-yilda ikkinchi marta Angliyaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan.

1982-yilda Kigan Nyukasl klubiga o'tgan. Ikki mavsum davomida Kigan 48 ta gol urgan va 1982-yil 2 oktyabrda Roterxem Yunaytedga qarshi o'yinda futbolchi "poker" bo'lib o'ynagan.

Milliy terma jamoa uchun chiqishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kigan terma jamoadagi o'yini 1972-yilning 15-noyabrida Kardiffda Uelsga qarshi o'yinda 1:0 hisobida yutgan. Shundan so‘ng uelsliklarga qarshi yana ikkita o‘yin bo‘lib o‘tgan. 1976-yilda ular bilan o'yinda Kigan inglizlar sardoriga aylangan. Inglizlar 1974-1978 yilgi jahon chempionatlarida qatnashmagan. Kigan ushbu jamoadagi so'nggi o'yinini 1982-yil 5 iyulda tugatgan. Kigan 1982-yilgi Jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi Madridda o'yinida durang natijaga erishgan. 1982-yilning kuzida Bobbi Robson Kiganni Daniyaga qarshi saralash bosqichidagi birinchi o'yini uchun tarkibdan chiqarib yuborilgan. Kigan bundan xafa bo'lib, xalqaro faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan.

Kigan "Nyukasl" bosh murabbiyi

Futbolchilik karerasi tugaganidan so'ng, Kigan televideniya va reklama sohasida ishlagan. 1992-yil fevral oyida Kigan murabbiy sifatida futbol hayotiga qaytishga qaror qilgan. 1992-yilda Kigan "Nyukasl"ni Premer-ligaga olib chiqgan. Kigan 1996-yilda g'alaba qozongan. 1997-yil boshida kutilmaganda jamoani tark etgan. O'sha yilning sentyabr oyida Muhammad Al-Fayedning taklifiga binoan Kigan "Fulxem"ning texnik direktori lavozimini egallagan. 1998-yilda Kigan jamoani boshqargan, va o'sha paytda klubning tiklanishi boshlangan. 1999-yilda Kigan bir vaqtning o'zida Angliya terma jamoasiga murabbiylik qila boshlagan. 2000-yilgi Yevropa chempionatiga chiqgan, Pley-off o'yinida shotlandlarni mag'lub etgan. Keyingi saralash turnirining birinchi o‘yinida nemislardan mag‘lubiyatga uchragan. 2001-yilda Kigan "Manchester Siti" ni boshqargan, ammo Premer-ligaga kirish va "Manchester Yunayted" ga qarshi 16 o'yindan g'alabaga erisha olmagan. 2005-yilda Kigan " Siti" ni boshqarishni to'xtatgan, va 2008-yilda yana "Nyukasl Yunayted" ni ham boshqargan. 2008-yil 4-sentyabrda 57 yoshli Kigan "Nyukasl" bosh murabbiyi lavozimidan bo'shagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]