Ford motor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Ford Motor"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"FORD MOTOR" — jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalaridan biri. 1903 yilda AQSH avtomobil sanoati asoschilaridan biri, sanoatchi Genri Ford tomonidan tashkil etilgan. Boshkaruv idorasi Michigan shtatining Dirborn shahrida, eng katta zavodi Deytroyt shahrida joylashgan. Turli rusumdagi yengil, yuk avtomobillari, turli qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar) ishlab chiqaradi. "F.M." dastavval ishni arzon avtomobillarni ishlab chiqarishdan boshladi. "F.M." da jahonda birlamchi boʻlib avtomobillarni yigishda standartlashtirish va konveyer usuli qoʻllanildi. 8 soatlik ish vaqti joriy qilindi. "F.M." 20-asrning 90-yillari oxiriga kadar yangi zavodlar qurish, boshqa avtomobil kompaniyalarini sotib olish hisobiga kengaydi. "F.M."da avtomobillarning "Ford", "Lincoln", "Mercury", "Jaguar", "Aston Martin", "Mustang" kabi 70 dan ortiq modellari yaratildi va ishlab chiqarildi. 1996 yilga kelib "F.M." konveyeridan jami 250 million avtomobil chikdi. 1998 yilda kompaniya yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi boʻyicha jahrnda 2oʻrinni egalladi. "F.M." AQShdan tashqari dunyoning 30 mamlakatida oʻzining ishlab chiqarish, yigʻuv va savdo markazlariga, shuningdek, "Mazda Motor", "Kia Motors Corporation" kompaniyalari aksiyalarida ulushga ega.