Henry Ford

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Henry Ford
Henry Ford
Tadbirkor
Tavallud sanasi: 30-iyul, 1863-yil(1863-07-30)
Tavallud joyi: Detroyt, Michigan (shtat), AQSh
Vafot sanasi: 7-aprel, 1947-yil(1947-04-07)
(83 yoshda)
Vafot joyi: Dearborn, Michigan (shtat), AQSh
Ota-onasi: William Ford va Mary Ford
Bolalari: Edsel Ford

Henry Ford (30 iyul, 18637 aprel, 1947) — Ford Motor Company Amerika korxonasining asoschisi va ommaviy sanoatda qoʻllanadigan zamonaviy yigʻish chiziqlarining otasi.

FORD (Ford) Genri (1863.30.7, AQSH, Michigan shtati Dirborn yaqinida — 1947.7.4, Dirborn) — amerikalik sanoatchi, AQSH avtomobilsozlik sanoati asoschilaridan biri. 1879 yildan Deytroytda mexanik shogirdi. 1893 yildan "Edison ilyumineyting kompani", 1899—1902 yillarda "Deytroyt avtomobil kompani" bosh muhandisi. 1892—93 yillarda oʻzining birinchi 4 taktli ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan (4 o.k.) avtomobilini yaratdi. 1903 yilda "Ford Motor" kompaniyasiga asos soldi. Keyinchalik bu kompaniya jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalardan biriga aylandi. Oʻz zavodlarida standartlashtirish va konveyerpotok usulini keng qoʻlladi, mehnatni intensivlash orqali yuqori mehnat unumdorligini taʼminlashga erishdi. Keyinchalik mehnatni tashkil etishning F. qoʻllagan tizimi va uning qarashlari tarixga fordizm nomi bilan kirdi. Mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi oʻz qarashlari va tajribalarini "Mening hayotim va ishim" (1922); "Bugun va erta" (1926); "Olgʻa harakat" (1930) kitoblarida bayon etgan. Asarlari 20-yillarda rus tiliga tarjima qilingan. == Adabiyot ==

  • Lavrov N. S, Genri Ford i yego proizvodstvo, L., 1926.



Havolalar[tahrir]