The Weeknd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Weeknd

The Weeknd 2021-yilda fotograf Bryan Ziffning obyektivida.
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Abel Makkonen Tesfaye
16-fevral, 1990-yil (34 yil avval) (1990-02-16)
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Kasbi qoʻshiqchi, qoʻshiqlar muallifi, musiqiy produser va aktyor
Leybl XO va Republic Records
Janr alternativ R&B, pop
Faoliyat yillari 2009 — hozirgacha
Mukofotlari Yil kashfiyoti uchun „Juno“ mukofoti (2013)
Yilning eng yaxshi R&B/Soul yozuvi uchun „Juno“ mukofoti (2013)
Eng yaxshi zamonaviy Urban albomi uchun „Grammy“ mukofoti (2016)
"Kanada shon-shuhrat xiyoboni"ning Allan Slate mukofoti (2014)
American Music Awards (2015)
Peopleʼs Choice Awards
MTV Europe Music Awards (2016)
Billboard Music Awards
Yilning eng yaxshi ijrochisi uchun „Juno“ mukofoti (2015, 2016)
Veb-sayt theweeknd.com
Imzosi

Abel Makkonen Tesfaye (talaffuzi: Eybel Makkonen Tesfaye) (1990-yil 16-fevralda tugʻilgan) – kelib chiqishi efiopiyalik boʻlgan kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va musiqiy prodyuser[1][2]. The Weeknd (talaffuzi: Uiknd) nomi bilan tanilgan. Uning mukofotlari orasida 4 ta Grammy Awards, 20 ta Billboard Music Awards, 22 ta Juno Awards, 6 ta American Music Awards, 2 ta MTV Video Music Awards, 1 ta Latin Grammy Award mukofotlari mavjud hamda Oscar va Primetime Emmy mukofotlariga nomzod sifatida qoʻyilgan.

Torontoda tugʻilib oʻsgan Tesfaye oʻz faoliyatini 2009-yilda YouTubeʼga anonim tarzda musiqalar joylashtirishdan boshlagan. Ikki yil oʻtgach, u XO leybliga asos soldi va oʻzining contemporary va alternativ R&B uslubi hamda shaxsiyatidagi sirlilikni tanitgan House of Balloons, Thursday va Echoes of Silence miksteyplarini chiqardi[3]. 2012-yilda The Weeknd Republic Records bilan shartnoma tuzdi va Trilogy toʻplam albomida miksteyplarni qayta chiqardi. U AQSh Billboard 200 chartiga ikkinchi oʻrinda kirib kelgan Kiss Land (2013) studiyaviy albomida dark waveni oʻzi uchun kashf qildi. Albom chiqqanidan soʻng, Tesfaye film saundtreklariga ham oʻz hissasini qoʻshishni boshladi: uning „Earned It“ singli Fifty Shades of Grey (2015) ning „Eng yaxshi R&B ijrosi“ uchun Grammy mukofotiga sazovor boʻldi, shu bilan birga „Eng yaxshi original qoʻshiq“ uchun Oscar mukofotiga nomzod boʻldi[4].

Tesfaye AQSh da birinchi oʻrinni egallagan Beauty Behind the Madness (2015) nomli ikkinchi albomi bilan tanqidiy va tijoriy muvaffaqiyatlarga erishdi, tarkibida AQSh ning Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan „Canʼt Feel My Face“ va „The Hills“ treklari bor, „Eng yaxshi urban contemporary albom“ uchun Grammy mukofotini qoʻlga kiritdi va „Yil albomi“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi[5]. Uning trep yoʻnalishidagi uchinchi albomi Starboy (2016) ham xuddi shunday tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va xuddi shu nomdagi hamda „Die for You“ nomli AQSh dagi birinchi raqamli singllarni oʻz ichiga oladi va „Eng yaxshi urban contemporary albom“ uchun Grammy mukofotiga sazovor boʻldi. Tesfaye oʻzining tanqidiy eʼtiroflarga sazovor boʻlgan After Hours (2020) toʻrtinchi studiyaviy albomi orqali new wave va dream popni kashf qildi, uning tarkibida ketma-ket rekordlar oʻrnatgan „Blinding Lights“ singli va AQShda birinchi raqamli „Heartless“ va „Save Your Tears“ singllari mavjud[6]. Dance-pop The Weekndning beshinchi Dawn FM (2022) albomi yaratilishiga ilhomlantirgan boʻlib, unda AQShning eng yaxshi oʻntaligiga kirgan „Take My Breath“ singli mavjud. 2023-yilda u The Idol dramatik serialini yaratdi va bosh rolni ijro etdi, serial esa tanqidlarga uchradi.

75 milliondan ortiq treklari sotilgan dunyodagi eng koʻp sotilgan musiqa sanʼatkorlari qatorida turuvchi Tesfaye[7] bir qancha striming va Billboard chartlari rekordlariga ega[8][9]. U Amerika Yozuv Sanoati Assotsiatsiyasidan (RIAA) toʻrtta olmos bilan sertifikatlangan singlga ega birinchi kanadalik qoʻshiqchi, shuningdek, Hot R&B/Hip-Hop chartda bir vaqtning oʻzida eng yaxshi uch oʻrinni egallagan birinchi xonandadir[10][11]. „Blinding Lights“ Spotify tarixidagi eng koʻp tinglangan va Billboard Hot 100 tarixidagi eng yaxshi, shuningdek, Billboard Hot 100’da yakkaxon ijrochining eng uzoq vaqt davomida chartni boshqargan qoʻshigʻiga aylandi[12][13]. Tesfaye Time jurnali tomonidan 2020-yilda dunyoning eng nufuzli odamlari roʻyxatiga kiritilgan va 2023-yilda Ginnesning rekordlar kitobiga koʻra „dunyoning eng mashhur xonandasi“ deb nomlangan[14][15]. Irqiy tenglik va oziq-ovqat xavfsizligi tarafdori, 2021-yilda Jahon oziq-ovqat dasturining Yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan[16][17].

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel Makkonen Tesfaye 1990-yil 16-fevralda Torontoda tugʻilgan.[18].U efiopiyalik muhojirlar Makkonen Tesfaye va Samravit Xayluning yagona farzandi boʻlib, u tugʻilganidan koʻp oʻtmay ajrashgan. U Skarboro tumanida onasi va buvisi tomonidan tarbiyalangan. Abel otasi bilan munosabatlari yoʻqligini aytadi va 2015-yilda Rolling Stone nashriga bergan intervyusida quyidagilarni maʼlum qiladi: „Men uni olti yoshimda, keyin yana 11 yoki 12 yoshimda noaniq koʻrdim va uning yangi oilasi va bolalari bor edi. Men hatto uni qayerda yashashini ham bilmasdim — men uni faqat kechki paytda koʻrardim. Ishonchim komilki, u yaxshi inson. Men uni hech qachon aybdor hisoblamaganman. U zoʻravonlik qilmasdi, ichkilikboz ham emas edi, u ahmoq ham emas edi. U shunchaki yonimda emas edi“.

Tesfaye efiopiyalik pravoslav sifatida tarbiyalangan. U hali ham dindormi yoki yoʻqmi, degan savolga 2020-yilda Varietyga shunday degan: „Bilmayman … hamma narsa sinov, agar siz eʼtiqodli yoki maʼnaviyatli boʻlsangiz, koʻp narsani boshdan kechirishingiz kerak“. Uning ona tili amxar tili boʻlib, uni buvisi orqali oʻrgangan. Keyinchalik u fransuz-immersion maktabida oʻqish orqali fransuz tilini oʻrgandi. Keyinchalik West Hill va Birchmount Park institutida tahsil olgan.

17 yoshida Tesfaye maktabni tashlab, ikki doʻsti, shu jumladan, eng yaxshi doʻsti va hozirda ijodiy direktori La Mar Taylor bilan Parkdeyl hududidagi kvartiraga koʻchib oʻtdi. U bu davrni 1995-yilda suratga olingan „OITSsiz bolalar“ filmiga oʻxshash deb taʼriflagan, chunki ular gedonistik hayot kechirgan. U uysizlikka ham duch keldi va bu vaqt ichida bir necha marta qamalgan, bu esa uni „aqlli boʻlishga, diqqatini jamlashga“ undagan.

Tesfaye tez-tez giyohvand moddalarni hamda ketamin, kokain, MDMA, sehrli qoʻziqorinlar va yoʻtal siropi kabi noqonuniy moddalarni juda koʻp isteʼmol qilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Weekndning logotipi

2010—2011: faoliyatining boshi, miksteyplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel The Weekend nomli R&B loyihasi uchun gʻoyaga ega boʻlgan prodyuser Jeremy Rose bilan uchrashadi. Musiqachi Curtis Santiagoga gʻoyani taklif qilishga urinib koʻrgach, ular albom ustida ishlashni boshladilar. U uchta qoʻshiq — „What You Need“, „Loft Music“ va „The Morning“ni yaratdi. Rose Tesfayega oʻzi ishlab chiqargan treklarni saqlab qolishga ruxsat berdi, lekin oxir-oqibat uning qoʻshiqlarga qoʻshgan hissasi koʻrsatilishi sharti bilan. Biroq, uning shaxsi dastlab nomaʼlum boʻlishiga qaramay 2010-yil dekabr oyida Tesfaye „What You Need“, „Loft Music“ va „The Morning“ni YouTubega „The Weeknd“[19] nomi bilan yukladi[20][21]. Qoʻshiqlar onlayn platformalarda eʼtiborni qozondi, jumladan, reper Drake[22] tomonidan ochillgan blogda ham, u ham The Weekendga qiziqib qoldi[23]. Keyinchalik ular Pitchfork Media va The New York Times kabi manbalarda yoritildi.

2011-yil 21-martda Tesfaye oʻz veb-saytida[24] bepul yuklab olish imkoniyati bilan 9 trekli „House of Balloons“ miksteypini chiqardi. Unda Illangelo va Doc McKinney tomonidan chiqarilgan treklar mavjud edi, ammo Rosening treklari roʻyxatga kiritilmagan. House of Balloons tanqidchilar tomonidan olqishlandi[25] va va miksteyp 2011 Polaris Music Prizening nomzodlaridan biri deb topildi.

Iyul oyida Abel gastrol safariga joʻnaydi va Torontodagi Mod klubida oʻzining birinchi chiqishlarini oʻtkazadi. Bir yarim soatlik performans u haqida mish-mishlarga sabab boʻladi[26]. Uning navbatdagi spektakli Torontodagi Molson Canadian Amphitheatreda boʻldi. U reper Drake bilan yaqindan hamkorlik qilib, Drakening multi-platina albomi Take Caredagi bir nechta qoʻshiqlarga vokal bergan va 2011-yil 31-iyulda Drakening ikkinchi OVO festivalida maxsus mehmonlardan biri sifatida ishtirok etgan[27]. Butun yoz davomida matbuot The Weeknd intervyu berishdan bosh tortganini va faqat Twitter orqali muloqot qilishni afzal koʻrganini taʼkidladi. Uning ikkinchi miksteypi Thursday 2011-yil 18-avgustda Abelning veb-saytida bepul tarqatish uchun chiqarildi, miksteyp tanqidchilar olqishiga sazovor boʻldi[28]. The Weekndning uchinchi miksteypi Echoes of Silence 2011-yil 21-dekabrda chiqdi[28][29]. Chiqarilganidan soʻng, 2011-yildagi uchta miksteyp birgalikda Balloons Trilogy[30] nomi bilan tanildi va ularning har biri tanqidiy olqishlarga sazovor boʻldi va Tesfayening oʻsib borayotgan muxlislar bazasini koʻpaytirdi[31].

2012-2014: Trilogy va Kiss Land[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel 2012-yilgi Coachellada.

2012-yil aprel oyida Tesfaye AQSh boʻylab gastrollarini Coachella festivalidagi chiqish bilan boshladi[32]. U va uning guruhi turli yirik shaharlarda konsert berdi[32], gastrol ikkita shousi Rolling Stone tomonidan ijobiy baholangan Nyu-Yorkda yakuniga etdi. Tesfaye va uning gastrol guruhi sayohatini Yevropaning yirik festivallari, jumladan, Ispaniya va Portugaliyadagi Primavera Sound Festival[33], Londondagi Wireless Festival[34], shuningdek, Parij va Bryusseldagi konsertlar bilan davom ettirdi. Londondagi Buyuk Britaniyadagi debyut konsertida u Katy Perry va Florence Welchning muxlislarini oʻz ichiga olgan tomoshabinlar oldida Michael Jacksonning „Dirty Diana“ qoʻshigʻining kaver variantini kuylagan. Iyun oyida Balloons Trilogy 8 million marta yuklab olingani va yil oxirida rasman chiqishi haqida xabar berilgan[35].

Tesfaye 2013-yil oktyabr oyida Massey Hallda chiqish qilmoqda.

2012-yil sentyabr oyida Abel oʻzining XO leybli bilan birgalikda Republic Records bilan shartnoma imzoladi. Trilogy noyabr oyida chiqarilgan va miksteyplarning remaster qilingan versiyalari va uchta qoʻshimcha qoʻshiqlardan iborat edi[36]. Shuningdek, u Roseni House of Balloonsdagi uchta qoʻshiqning produseri va muallifi sifatida rasman belgilagan. Trilogy birinchi haftasda 86 000 nusxada sotilgan. Kanada albomlari chartida 5-oʻrinni va AQSh Billboard 200 roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi. Koʻp oʻtmay, dekabr oyida BBC The Weekend Sound of 2013da nomzod boʻlganini eʼlon qildi[37]. 2013-yil may oyida Trilogy Recording Industry Association of America tomonidan bitta va Music Canada tomonidan ikkita platina sertifikatiga ega boʻldi[38][39].

2013-yil 16-may kuni Abel oʻzining birinchi studiyaviy albomi Kiss Land albomidan Kiss Land singlini taqdim etdi[40], uning soʻzlariga koʻra, u 10-sentyabrda[41] chiqishi kerak edi. Albomni qoʻllab-quvvatlash uchun Drake ishtirokidagi „Belong to the World“, „Live For“ singllari chiqdi va The Fall Tour[42][43] sentyabr oyida boshlanib ketdi. Kiss Land musiqa tanqidchilaridan asosan ijobiy baholarni oldi[44]. Kiss Land AQSH Billboard 200da 2-oʻrinda debyut qilib, 96 000 nusxada (oʻsha hafta 1-oʻrinni egallagan Keith Urbanning Fuse albomidan ikki mingta kam) sotilgan.

Tesfaye, shuningdek, „The Hunger Games: Catching Fire“ filmining saundtrekida paydo boʻldi, film uchun „Devil May Cry“ qoʻshigʻini taqdim etdi va Sianing „Elastic Heart“ning ikkinchi singli[45]da mehmon ijrochi sifatida ishtirok etgan[46]. 2013-yil oxirida Abel Justin Timberlake bilan The 20/20 Experience World Tourning oltita seansida ishtirok etdi[47]. 2014-yil fevral oyida u BeyonceningDrunk in Love“ singlini remiks qildi. Remiks shunchaki kaver emas edi: The Weeknd qoʻshiqning erkak nuqtai nazaridan yaratilgandek qilish uchun ritmni sozladi[48].

2014-yil 26-iyun kuni Tesfaye 2014-yil sentyabr oktyabr oylarida Amerika boʻylab mini-gastrol — King of the Fall Tourga boshchilik qilishini eʼlon qildi. Schoolboy Q va Jhene Aiko qoʻshimcha artistlar sifatida tasdiqlandi[49]. Bu eʼlon SoundCloudda Abelning „Often“ qoʻshigʻi chiqarilganidan va Jhene Aiko Souled Out nomli birinchi studiyaviy albomining „To Love & Die“ nomli asosiy singli chiqqanidan bir kun oʻtib paydo boʻldi va bu turda yangi narsalarni ochib beradi degan taxminlarga sabab boʻldi[50]. 2014-yil 20-iyulda Tesfaye sentyabr oyida boshlanadigan boʻlajak turneni targʻib qilish uchun „King Of The Fall“ nomli trekni chiqardi[51]. 2014-yil 30-sentyabrda Ariana Grande bilan duet sifatida ijro etilgan „Love Me Harder“ chiqarildi[52]; qoʻshiq Billboard Hot 100 chartida 7-oʻrinni egalladi. 2014-yil 23-dekabrda u „Earned It“ qoʻshigʻini chiqardi: qoʻshiq 2015-yilda „Fifty Shades of Grey“ filmidagi singl sifatida chiqdi va Billboard Hot 100 roʻyxatida uchinchi oʻringacha koʻtarildi. The Weeknd qoʻshiqni 2015 BET Awardsda Alicia Keys bian yonma-yon turib ijro etdi[53].

2015: Beauty Behind the Madness[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel 2015-yilgi Bumbershootda.

2015-yil 27-may kuni Tesfaye „The Hills“[54] qoʻshigʻi uchun klipni chiqaradi. Keyinchalik qoʻshiq The Weeknd „Beauty Behind the Madness“ nomli ikkinchi studiyaviy albomining birinchi singli sifatida raqamli yuklab olish uchun chiqarildi. „The Hills“ Billboard Hot 100 roʻyxatida 20-oʻrinda debyut qilib, haftaning „Hot Shot“ debyutiga aylandi; singl keyinchalik chartning teparogʻiga ham chiqdi[55]. Singlning rasmiy chiqarilishidan tashqari, tegishli sanalarda yana uchta qoʻshiq Internetda tarqaldi[56]. 8-iyun kuni sizib chiqqan treklardan biri boʻlgan „Canʼt Feel My Face“, xuddi shu kuni Apple's Worldwide Developers Conferenceda Abelning ijrosidan soʻng rasman ikkinchi singl sifatida taqdim etildi[57]. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 24-oʻrinda debyut qildi va Hot 100 roʻyxatida 1-oʻrinni egallab, The Weekndning uchinchi top-10 ga kirgan qoʻshigʻiga va AQShda birinchi marta 1-oʻrinni egallagan qoʻshigʻiga aylandi[58][59].

Haftalik Billboard Hot R&B Songs chartida 2015-yil 25-iyul kuni The Weekend uchta eng yaxshi oʻrinni egalladi: „Canʼt Feel My Face“ — 1-oʻrin, „The Hills“ — 2-oʻrin va „Earned It“ — 3-oʻrin ― bu uni chart tarixida bu natijaga erishgan birinchi ijodkorga aylantirdi.

Apple kompaniyasining yangi striming xizmati Apple Music ishga tushirilishi eʼlon qilingandan soʻng, Abel oʻzining doimiy hamkori boʻlgan Drake[60] bilan birga musiqiy yuzlardan biri sifatida ishtirok etishi maʼlum boʻldi. 2015 MTV Video Music Awards davomida Apple Tesfaye va John Travolta ishtirokidagi ikki qismli reklama taqdim etdi[61].

2015-yil 28-avgustda Abelning ikkinchi studiyaviy albomi Beauty Behind the Madness chiqarildi va Billboard 200 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi, birinchi haftada 412 000 ekvivalent birlik sotilgan (sof albom sotuvi 326 000 tadan koʻproq)[62]. U chartda birinchi oʻrinda uch haftani oʻtkazdi[63]. Albom 10 dan ortiq mamlakatlarda eng yaxshi 10 talikka kirdi va Kanada, Avstraliya, Norvegiya va Buyuk Britaniya[64][65] chartlarda birinchi oʻrinni egalladi. Tesfaye albomni Chikagodagi Lollapalooza, Pomonadagi Hard Summer Music Festival, Somersetdagi Summer Set Music va Camping Festival, Filadelfiyadagi Made in America, Ostindagi Austin City Limits va Sietldagi Bumbershoot Festival kabi yozgi musiqa festivallari orqali reklama qildi[66]. The Madness Fall Tour 2015 — noyabrda boshlanuvchi Abelning yangi albomni targʻib qilish uchun Shimoliy Amerika safari 2015-yil 20-avgustda eʼlon qilindi[67]. Turni Travis Scott, Banks va Halsey[68] kabilar ochdi. 2015-yil 24-avgustda Abel Kanye West[69] produserlik qilgan albomdagi qoʻshigʻi — „Tell Your Friends“ning klipini chiqardi.

2015-yil 8-sentyabr haftasida The Weeknd taxminan yetti yil ichida bir hafta ichida ikkita qoʻshiqni Hot 100 ning top-3 taligiga kiritgan birinchi erkak qoʻshiqchi boʻldi („Canʼt Feel My Face“ 2-oʻrinda va „The Hills“ 3-oʻrinda)[70]. Abel bu yil bir nechta hamkorlikda ishtirok etdi, jumladan Bellyning „Might Not[71], Meek Millning „Pullin Up[72] va Travis ScottningPray 4 Love“ida[73]. Tesfaye, shuningdek, hamkorlikda Disclosurening ikkinchi Caracal albomida ishtirok etdi[74]. 2015-yil 10-oktyabrda Abel Saturday Night Liveda aktrisa Amu Shcumerga musiqiy mehmon sifatida qoʻshildi[75].

2015-yil 1-dekabr holatiga koʻra Beauty Behind the Madness albomi 60 milliondan ortiq tinglovchi bilan 2015-yilda eng koʻp tinglangan albom boʻldi[76]. Shuningdek, u Rolling Stone jurnalining 2015-yildagi 50 ta eng yaxshi albomida beshinchi oʻrindan joy oldi[77]. 2015-yil 25-dekabrda Abel ikkita yangi qoʻshiqni, „Low Life“ va Jeremihning „Pass Dat“ qoʻshigʻining remiks versiyasini chiqardi[78].

2016: Starboy[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Tesfaye Kanye Westning 2016-yilgi The Life of Pablo[79] albomidagi „FML“da va Beyonsening Lemonade albomidagi „6 inch“ qoʻshigʻida ishtirok etdi.

2016-yil 26-avgustda Cashmere Cat oʻzining yangi albomidan „Wild Love“ singlini chiqardi; Tesfaye ushbu trekni yozishda ishtirok etdi.

2016-yil 21-sentyabrda Abel oʻzining uchinchi studiyaviy albomi „Starboy“ni eʼlon qildi. 18 qoʻshiqdan iborat albom XO va Republic Records[80] da chiqariladi. Ertasi kuni u Daft Punk ishtirokidagi „Starboy“ trekini chiqardi. „Starboy“ 25-noyabrda[81] chiqishi rejalashtirilgan.

2016-yil 1-oktyabr kuni Tesfaye Saturday Night Live dasturining musiqiy mehmoni boʻlib, „Starboy“ va „False Alarm“ qoʻshiqlarini ijro etdi.

2016-yil 17-noyabrda „Party Monster“ singli va fransuz guruh Daft Punk bilan „I Feel It Coming“ deb nomlangan yana bir hamkorlik ishi chiqarildi [82].

2016-yil 23-noyabrda The Weeknd albomni targʻib qilish maqsadida 12 daqiqalik qisqa metrajli filmni chiqardi. Filmga Abelning The Hills, Canʼt Feel My Face, Tell Your Friends va Starboy kliplari uchun rejissorlik qilgan Grant Singer rejissorlik qilgan.

2017-yilda Abel Futurening oltinchi studiyaviy albomi (Hndrxx) dagi „Comin Out Strong“ qoʻshigʻida, Navning „Some Way“ qoʻshigʻida va Lana Del Reyning „Lust For Life“ singlida ishtirok etdi.

2020: After Hours[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 27-29-noyabr kunlari The Weeknd ikkita yangi singl chiqardi — „Heartless“ va „Blinding Lights“. Amerikaning Hyperbeast veb-saytiga koʻra, bular Abelning toʻrtinchi yakkaxon albomiga kiritilgan. 19-fevral kuni Abel „After Hours“ albomi chiqishi oldidan yana bitta soʻnggi xuddi shu nomdagi singlni chiqardi. 2020-yil 24-martda „In Your Eyes“ singli chiqdi.

2019-yil 3-dekabrda Heartless singli uchun musiqiy video chiqarildi[83].

2020-yil 21-yanvarda Blinding Lights singli uchun musiqiy video chiqarildi[84].

2020-yil 13-fevralda Tesfaye 48 soniyalik tizerda albom nomini eʼlon qildi[85].

2020-yil 19-martda After Hours ushbu albomga Apple Music tarixidagi eng yirik global oldindan buyurtma boʻyicha rekord oʻrnatdi, 1,02 milliondan ortiq foydalanuvchilar uni buyurtmalar kutubxonalariga oldindan qoʻshishdi[86].

2020-yil 23-mart kuni In Your Eyes[87] singliga klip chiqdi.

2020-yil avgust oyida The Weeknd „Blinding Lights“ qoʻshigʻiga ishlangan klip uchun „Yil videosi“ nominatsiyasida MTV Video Music Awards mukofotini oldi. Shuningdek, kompozitsiya „Eng yaxshi R&B qoʻshigʻi“ nominatsiyasida ham mukofotga sazovor boʻldi[88].

22-noyabr kuni 48-yillik Amerika musiqa mukofotlari marosimi boʻlib oʻtdi, unda The Weeknd quyidagi mukofotlarini oldi: „Yil artisti“; „Eng yaxshi musiqiy video“ — Blinding Lights; „Eng yaxshi erkak ijrochi“; „Eng yaxshi qoʻshiq“ — Blinding Lights va Heartless, „Eng yaxshi albom“ — After Hours.

2021-yil 5-yanvarda Save Your Tears [89] singlining klipi chiqdi.

23-aprel kuni Ariana Grande bilan „Save Your Tears“ qoʻshigʻining remiksi chiqdi.

2022: Dawn FM[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 7-yanvarda synth-pop raqs uslubida yozilgan yangi „Dawn FM“ albomi chiqdi. U tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi va Amerika qitʼasida ikkinchi oʻrinni egallab, oʻnta mamlakatda birinchi oʻrinni egalladi[90].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel 2015-yil boshida Bella Hadid bilan uchrashishni boshladi; juftlikni birinchi marta aprel oyida Coachellada birga koʻrishgan[91][92]. Hadid 2015-yil dekabr oyida Abelning „In the Night“ klipida suratga tushgan. Ular, shuningdek, 2016-yil fevral oyida Grammy marosimida juftlik sifatida qizil gilamda paydo boʻldi[93]. 2016-yil 13-noyabrda bir yarim yillik munosabatlardan soʻng juftlik ajralishga qaror qilgani maʼlum boʻldi[94]. 2017-yil yanvar oyida Abel qoʻshiqchi Selena Gomez bilan ishqiy uchrashuvda koʻrindi[95]. U qoʻshiqchi bilan 2017-yilning noyabrigacha munosabatda boʻlgan, oʻsha vaqtda rasmiy manbalar juftlik ajralishganini eʼlon qilgan. Gomes bilan ajrashgandan soʻng, musiqachi Bella Hadid bilan munosabatlarni qayta tiklashga urinib koʻrdi. 2018-yil may oyidan Abel va Bella yana birga boʻlishdi. Ammo 2019-yil avgust oyida juftik band grafik tufayli yana ajralishdi.

Huquqiy masalalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil yanvar oyida Tesfaye Las-Vegas politsiyasi xodimi bilan mushtlashgani uchun hibsga olingan[96]. U aybiga eʼtiroz bildirmadi va 50 soatlik jamoat ishlariga hukm qilindi[97].

Xayriya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda professional mahorat uchun Bikila mukofoti bilan taqdirlanganidan so'ng, Tesfaye Toronto universitetiga Efiopiyaning klassik tili bo'lgan geez tili bo'yicha yangi kursni moliyalashtirish uchun taxminan 50 ming Kanada dollari xayriya qildi[98]. 2016-yil may oyida, pravoslav Pasxasi paytida, Tesfaye bolaligida qatnagan Torontodagi St. Mary Efiopiya pravoslav Tewahedo cherkoviga 50 ming Kanada dollari xayriya qildi[99][100]. 2016-yil avgust oyida u Toronto universitetidagi yangi Efiopiya ta'lim dasturini moliyalashtirdi[101].

2017-yil iyunda Tesfaye Ugandaning Budondo shahridagi Suubi tibbiy markaziga (homilador ayollar va bolalar klinikasi) $100,000 miqdoridagi mablagʻni xayriya qilgan. U French Montananing Suubi va Uganda xalqi haqidagi ma'lumotlar bilan bo'lishuvchi Global Citizen va Mama Hope bilan ishlashini bilganidan keyin bu ishni amalga oshirgan[102].

2020-yil aprel oyida Tesfaye yuz uchun notibbiy niqoblarni taqdim etdi, undan tushgan mablag'lar esa MusiCares – COVID-19 ga chalinganlarga yordam fondiga o'tkazilgan, fond Recording Academy tomonidan ochilgan bo'lib, u COVID-19ga chalingan musiqachilarga yordam berish bilan shug'ullangan[103]. Bundan tashqari, Abel MusiCares va Scarborough sog'liqni saqlash tarmog'i hisoblariga 500 ming Kanada dollaridan o'tkazib bergan[104].

2016-yil avgust oyida Tesfaye Qo'shma Shtatlardagi politsiya shafqatsizligi haqidagi ko'plab xabarlardan so'ng Black Lives Matter global fondiga 250 ming AQSH dollari xayriya qildi[105][101][106]. 2020-yil may oyida George Floydning o'ldirilishi va undan keyingi noroziliklardan so'ng Abel Black Lives Matter, National Bail Out va Colin Kaepernickning Know Your Rights Camp tashkilotlariga 500 ming AQSh dollari miqdorida xayriya qildi[107]. Shundan so'ng u boshqa musiqiy rahbarlar, yirik musiqa yozish leybllari va striming xizmatlarini xayriya qilishga chaqirdi[108][109].

2020-yil 7-avgustda Tesfaye TikTok ijtimoiy tarmog'ida interaktiv virtual "Weeknd Experience" konsertini o'tkazdi, uni jami 2 million odam tomosha qildi, bir vaqtda 275 ming kishi tingladi. Konsertdan ishlangan 350 ming AQSh dollari Equal Justice Initiativega o'tkazildi. Shuningdek, u Bayrutdagi portlashdan jabrlanganlarni qo'lab-quvvatlash maqsadida 300 ming dollar xayriya qildi[110][111]. 2-noyabr kuni Toronto universiteti o'zining yangi Efiopiya dasturi uchun yig'ilishi kerak bo'lgan 500 ming Kanada dollari yig'ilganini e'lon qildi, undan 30 ming dollari Abelga tegishli edi[112]. 2021-yil may oyida u 2021-yilgi Isroil-Falastin inqirozi chog‘ida halok bo‘lgan tinch aholiga chuqur hamdardlik bildirgan mashhurlar qatorida edi[113][114]. 23-sentabr kuni Tesfaye Black Music Action Coalition tomonidan o'tkazilgan ilk Music in Action Awardsda Quincy Jones gumanitar mukofoti bilan taqdirlandi[115].

2024-yil 9-yanvar kuni Tesfaye School on Wheels Inc. notijorat tashkiloti bilan ming nafar uysiz o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha kelishuvga erishdi[116].

Jahon oziq-ovqat dasturi elchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 4-aprel kuni Abel BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi orqali Efiopiyadagi Tigray urushi ortidan jabr ko'rgan aholiga yordam uchun 1 million AQSh dollari miqdorida xayriya qilganini e'lon qildi[117]. 9-iyunda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ma'muri Samantha Power bilan uchrashib, Tigray urushidan kelib chiqqan gumanitar inqirozni muhokama qildi[118]. 7-oktyabr kuni Tesfaye BMTning Jahon oziq-ovqat dasturidagi yaxshi niyat elchisi etib tayinlandi[119][120]. 2022-yil 3-martda u WFP bilan hamkorlikda XO gumanitar fondini ishga tushirdi. Ushbu fond orqali Tesfaye 500 000 AQSH dollari miqdoridagi xayriyadan tashqari, “After Hours til Dawn Tour”da sotilgan har bir chiptadan 1 AQSh dollari oziq-ovqat dasturiga xayriya qilindi[121]. XO gumanitar jamg'armasidan 2,5 million AQSh dollari oziq-ovqat dasturining Gʻazo sektoridagi gumanitar yordam harakatlariga ajratildi, 2023-yilgi Isroil va Hamas o'rtasidagi urushdan jabrlanganlar to'rt million shoshilinch ovqat bilan ta'minlandi[122][123].

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomi

  • Kiss Land (2013)
  • Beauty Behind the Madness (2015)
  • Starboy (2016)
  • After Hours (2020)
  • Dawn FM (2022)

Konsert turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tur egasi sifatida

  • The Fall Tour (2012)
  • The Kiss Land Fall Tour (2013)
  • King of the Fall Tour (2014)
  • The Madness Fall Tour (2015)
  • Starboy: Legend of the Fall Tour (2017)
  • The Weeknd Asia Tour (2018)
  • After Hours til Dawn Tour (2022–)

Mehmon sanʼatkor sifatida

  • Florence and the Machine – Ceremonials Tour (2012)
  • Justin Timberlake – The 20/20 Experience World Tour (2013)
  • Drake – Would You Like a Tour? (2014)

Tur aʼzolari

  • Patrick Greenaway – yetakchi gitarachi (2012–hozir), sintezator (2020-hozir)
  • Ledaris „LJ“ Jones – bass, klavishlar (2013–hozir)[lower-alpha 1]
  • Ricky Lewis – baraban (2011–hozir)

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jones After Hours til Dawn Tourning (2023) Yevropa va Lotin Amerikasi safarlarida qatnasha olmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Page 6 of Sex, Drugs and R&B: Inside The Weeknd's Dark Twisted Fantasy - Rolling Stone“. Rolling Stone (2015-yil 21-oktyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
  2. Sharf, Matt Donnelly,Zack; Donnelly, Matt; Sharf, Zack „'The Idol' Scandalizes Cannes With Five-Minute Standing Ovation for Lily-Rose Depp's Masturbating Pop Star, Explicit Nudity and the Weeknd's TV Acting Debut“ (en-US). Variety (2023-yil 22-may).
  3. „House of Balloons – The Weeknd“. Metacritic.
  4. Cox, Jamieson „Watch The Weeknd reenact the "Earned It" video on the Oscar stage“ (en). The Verge (2016-yil 28-fevral).
  5. „59th Annual GRAMMY Awards“. 59th Annual Grammy Awards (2017-yil 28-noyabr).
  6. McIntyre, Hugh „The Weeknd Scores The Largest Streaming Week Ever For An R&B Album“ (en). Forbes.
  7. Tyska, Jane. „Photos: The Weeknd plays Super Bowl LV halftime show“. The Mercury News (2021-yil 7-fevral).
  8. Lavin, Will. „Billie Eilish, The Weeknd and Bad Bunny among Spotify's most-streamed artists of 2020“. NME (2020-yil 1-dekabr).
  9. Aswad, Jem. „Bad Bunny, The Weeknd Top Spotify's Year-End 'Wrapped' Lists“. Variety (2020-yil 30-noyabr).
  10. Sadler, Armon „The Weeknd Becomes First Canadian Artist To Earn 4 Diamond Singles“ (en-US). VIBE (2022-yil 6-dekabr).
  11. Alston, Trey. „Soul Train Awards '20: Here's Why Each R&B/Soul Male Nominee Deserves The Top Spot – The Weeknd“. BET (2020-yil 19-noyabr).
  12. Trust, Gary. „Olivia Rodrigo's 'Drivers License' Leads Hot 100 for 8th Week, The Weeknd's 'Blinding Lights' Marks a Year in Top 10“ (2021-yil 8-mart).
  13. „The Weeknd's "Blinding Lights" Is Now the Longest-Charting Billboard Hot 100 Song of All Time“ (en). Complex.
  14. John, Elton (September 22, 2020). „THE 100 MOST INFLUENTIAL PEOPLE OF 2020 – The Weeknd“. Time.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  15. „The Weeknd is officially the world's most popular artist“ (2023-yil 20-mart).
  16. „U.N. World Food Programme Announces The Weeknd as Global Goodwill Ambassador“ (en). www.wfp.org (2021-yil 7-oktyabr).
  17. „WFP Goodwill Ambassador The Weeknd Raises $5 Million to Fight Global Hunger“. Web3Wire (2022-yil 1-dekabr).
  18. Kellman, Andy „The Weeknd Biography“. AllMusic. 2015-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-oktyabr.
  19. Caramanica A-Train, Jon. „Screams That Charmed, and Other Overlooked Highlights“. The New York Times (2010-yil 26-dekabr). 2021-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-mart.
  20. Fitzmaurice, Larry „The Playlist – The Weeknd – What You Need. Pitchfork Media (2011-yil 4-mart). 2011-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-mart.
  21. Stewart, Allison „Singles File: Da Phuture, The Weeknd, Fever Ray“. The Washington Post (2011-yil 14-mart). 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-mart.
  22. {{{заглавие}}}.
  23. Escobedo Shepherd, Julianne „Love and Other Drugs: The Weeknd’s Altered-State R&B“ (2011-yil 23-mart). 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-yanvar.
  24. Ramirez, Erika „Say Hello to The Weeknd, Drake Co-Signs“. MTV (2011-yil 21-mart). 2015-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-mart.
  25. „House of Balloons Reviews“. Metacritic. 2020-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-mart.
  26. Ritchie, Kevin (25-iyul 2011). The Weeknd’s perfect premiere (NOW Toronto).
  27. Fitzmaurice, Larry „The Weeknd to Play Drake's OVO Festival“. Pitchfork Media (2011-yil 3-iyul). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-mart.
  28. 28,0 28,1 Dunlevy, TʼCha (23-mart, 2012-yil). „365 days of Weeknd: We chart Abel Tesfayeʼs rise to fame a year after House of Balloons“. National Post.
  29. The Weeknd’s Official site Official Site.
  30. „Echoes Of Silence The Weeknd reveals final part of the Balloons Trilogy The Line Of Best Fit“. theLineofBestFit.com (2011-yil 22-dekabr). 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-oktyabr.
  31. Kellman, Andy „The Weeknd – Music Biography, Credits and Discography“. AllMusic. Andoza:Не переведено 4. 2012-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
  32. 32,0 32,1 Snapes, Laura. „Abel Tesfaye makes his U.S. debut“. Pitchfork Media (2012-yil 16-aprel). 2012-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-may.
  33. Tovar, Luis „The Weeknd announces first ever tour“. prettymuchamazing.com. 2019-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-mart.
  34. „Wireless line up 2012“. wirelessfestival.co.uk. 2012-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-mart.
  35. {{{заглавие}}}.
  36. „The Weeknd Shares 'Rolling Stone' Video, Trilogy Artwork“. Pitchfork Media. 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-dekabr.
  37. „Sound of 2013 Profiles: The Weeknd“. BBC (2012-yil 9-dekabr). 2012-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-dekabr.
  38. „Gold & Platinum Searchable Database“. Recording Industry Association of America. Qaraldi: 2012-yil 19-dekabr.
  39. „Gold and Platinum Search“. Music Canada. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  40. Nostro, Lauren „Listen: The Weeknd "Kiss Land"“ (2013-yil 16-may). 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-may.
  41. Williott, Carl „The Weeknd Unveils ‘Kiss Land’ Release Date & Cover Artwork“. Idolator (2013-yil 22-iyul). Qaraldi: 2013-yil 22-iyul.
  42. „The Weeknd’s ‘Kiss Land’ Arrives on August 27th, "Belong To The World" Snippet“. ThisGoesIn (2013-yil 13-iyul). 2013-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-iyul.
  43. „Amazon.com: Live For [feat. Drake [Clean]: The Weeknd: MP3 Downloads“]. 2020-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
  44. „Kiss Land Reviews“. Metacritic. 2013-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-sentyabr.
  45. Hakimian, Rob „Album Review: Various Artists – The Hunger Games: Catching Fire Soundtrack“. Consequence of Sound (2013-yil 19-noyabr). 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-dekabr.
  46. „Elastic Heart (From "The Hunger Games: Catching Fire" Soundtrack) [feat. The Weeknd, Diplo: Sia“]. Amazon.com. 2013-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-dekabr.
  47. Payne, Chris. „The Weeknd To Open For Justin Timberlake On '20/20 Experience' Tour“. Billboard. Prometheus Global Media (2013-yil 4-noyabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  48. Lee, Ashley „[AUDIO Beyonce's 'Drunk in Love': Kanye West, The Weeknd Release Remixes“]. The Hollywood Reporter. 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
  49. „The Weeknd touring w/ Schoolboy Q & Jhene Aiko, playing Barclays Center (dates); SBQ played Central Park“. 2014-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
  50. „Ida Maria Gets Exclamatory“. Music News, Reviews, and Gossip on Idolator.com. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  51. „The Weeknd заставляет девушек глотать“. Rap.ru (2014-yil 21-iyul). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  52. „Ariana Grande and The Weeknd Team Up In 'Love Me Harder' Video“. Rap-Up. 2014-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-oktyabr.
  53. Beauchemin, Molly „Janelle Monáe Performs "Yoga", The Weeknd Performs "Earned It" with Alicia Keys at the BET Awards“. Pitchfork. 2021-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-iyun.
  54. „The Weeknd Returns With 'The Hills,' Which Probably Isn’t About Lauren Conrad“. Vulture. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-may.
  55. „The Weeknd“. Billboard. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr. [sayt ishlamaydi]
  56. „The Weeknd, Lil Mama & Maroon 5: Real-Time Twitter Chart Rewind Ep. 52“. billboard.com. 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyun.
  57. „Hear The Weeknd's Funky New Song 'Can't Feel My Face'“. Rolling Stone (2015-yil 8-iyun). 2015-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-iyun.
  58. „Wiz Khalifa No. 1 on Hot 100 'Again,' Selena Gomez Debuts at No. 9“. Billboard (2015-yil 1-iyul). 2015-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  59. „The Weeknd Tops Hot 100 With 'Can't Feel My Face,' One Direction Debuts at No. 3“ (2015-yil 10-avgust). 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  60. „Apple's new musical faces - Drake and The Weeknd“. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
  61. „Latest Apple Music ads debut during MTV VMAs, feature The Weeknd & playlists“. 2015-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-avgust.
  62. „The Weeknd's 'Beauty Behind the Madness' Debuts at No. 1 on Billboard 200 Chart“. Billboard. 2017-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-sentyabr.
  63. „The Weeknd spends third week at No. 1 on Billboard 200“. Billboard.com. 2015-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
  64. „ARIA Albums : The Weeknd Takes Top Spot On Australian Chart“. Noise11. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-sentyabr.
  65. „Top 20 Albums“. usatoday.com. 2021-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
  66. „The Weeknd's new album is coming Aug. 28“. usatoday.com. 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyul.
  67. „The Weeknd announces The Madness Fall Tour“. Pitchfork. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  68. „The Weeknd Announces The Madness Fall Tour With Travi$ Scott, Halsey & Banks“. Billboard. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  69. „Watch The Weeknd Get Buried Alive in His 'Tell Your Friends' Video“. TIME. 2020-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-avgust.
  70. „The Weeknd Doubles Up in Hot 100's Top Three“. Billboard. 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-avgust.
  71. „Belly "Might Not" (ft. The Weeknd)“. Exclaim. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  72. „Meek Mill Reveals "Dreams Worth More Than Money" Features“. hiphopdx. 2019-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyun.
  73. „Demi Lovato & The Weeknd To Perform On ‘Saturday Night Live’ This Season“. Idolator. Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  74. „Justin Bieber, Kanye West, The Weeknd, & more featuring on Travi$ Scott's 'Rodeo" album“. Inquisitr. 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
  75. „The Weeknd & Demi Lovato Announced as 'SNL' Musical Guests“. Billboard. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  76. „Spotify's Year in Music: Drake Most Streamed Artist, Major Lazer & DJ Snake Had Top Song“. Billboard. 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  77. „The Weeknd, 'Beauty Behind the Madness'“. Rolling Stone. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  78. Staff. „LISTEN: The Weeknd Surprises Fans By Dropping Two New Songs!“. Kiss 92.5 (2015-yil 27-dekabr). 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
  79. „Archived copy“. 2016-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.
  80. music, editor. „Hear the Weeknd's new track with Daft Punk, Starboy“ (en). The Guardian (2016-yil 22-sentyabr). 2021-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  81. Zwilling, Eric „Listen to Daft Punk’s new collaboration with The Weeknd, 'Starboy'“. Dancing Astronaut (2016-yil 21-sentyabr). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  82. „The Weeknd Releases ‘Party Monster’ and Daft Punk–Featuring ‘I Feel It Coming’“ (en). Vulture. 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-may.
  83. The Weeknd. „The Weeknd - Heartless (Official Video)“ (inglizcha). YouTube (2019-yil 3-dekabr). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  84. The Weeknd. „The Weeknd - Blinding Lights (Official Music Video)“ (inglizcha). YouTube (2020-yil 21-yanvar). 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  85. The Weeknd. „Тизер альбома After Hours“ (Английский). YouTube (2020-yil 13-fevral). 2021-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  86. „CONFIRMED: THE WEEKND’S AFTER HOURS SURPASSED A MILLION PRE-ADDS ON APPLE MUSIC AHEAD OF RELEAS“ (Английский). 2020-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  87. The Weeknd. „The Weeknd - In Your Eyes (Official Video)“ (Английский). YouTube (2020-yil 23-mart). 2021-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  88. „Клип на песню The Weeknd стал лучшим видео года по версии MTV“ (ru). Коммерсантъ (2020-yil 31-avgust). 2020-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  89. The Weeknd. „The Weeknd - Save Your Tears (Official Music Video)“ (Английский). YouTube (2021-yil 5-yanvar). 2021-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  90. Rossignol, Derrick „The Weeknd gains third UK Number 1 album with Dawn FM“ (en). Official Charts Company (2022-yil 14-yanvar). 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
  91. Soraya Nadia McDonald. „Kylie Jenner and Bella Hadid are 18. Their boyfriends are 25. Why do their relationships elicit such different reactions?“. Washington Post (2015-yil 11-sentyabr). 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  92. Lindig, Sarah „Bella Hadid Spends Her Birthday Weekend With The Weeknd“. ELLE. 2015-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  93. Sisavat, Monica „The Weeknd and Bella Hadid Made Their Red Carpet Debut at the Grammys“ (en). POPSUGAR Celebrity. 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.
  94. „The Weeknd and Bella Hadid Have Split“ (en). PEOPLE.com (2016-yil 10-noyabr). 2021-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-may.
  95. „The Weeknd And Selena Gomez Weren't Shy With The PDA At Coachella“ (en). ELLE UK (2017-yil 17-aprel). 2017-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-may.
  96. „The Weeknd Arrested For Punching Las Vegas Police Officer“. Billboard. 2021-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  97. „THE WEEKND Pleads No Contest TO PUNCHING A COP“. TMZ. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  98. Carissimo, Justin. „The Weeknd donates $50,000 to language class at the University of Toronto“. The Independent (2016-yil 7-avgust). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  99. Min, Lilian. „The Weeknd donated $50,000 to a cause dear to his heart“. HelloGiggles (2016-yil 7-avgust).
  100. „The Weeknd Donates $50,000 to St. Mary Ethiopian Orthodox Church in Toronto“ (2016-yil 2-may). 2021-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  101. 101,0 101,1 Daly, Rhian. „The Weeknd has donated $250,000 to Black Lives Matter“ (2016-yil 14-avgust). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  102. Malkin, Marc. „The Weeknd Donates $100,000 to Health Center in Uganda“. E!. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  103. „The Weeknd Brings Back XO Face Mask For COVID-19 Relief“. HYPEBAE (2020-yil 23-aprel). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  104. Aswad, Jem „The Weeknd Donates $1 Million to MusiCares' and His Hometown's Coronavirus Relief“. Variety (2020-yil 29-iyun). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  105. Melas, Chloe. „The Weeknd donates $250,000 to Black Lives Matter“. CNN (2016-yil 11-avgust).
  106. „The Weeknd gives $250,000 to Black Lives Matter“. The Guardian (2016-yil 11-avgust). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  107. „The Weeknd Donated $500K to Racial Justice Initiatives: 'Please Give What You Can Even If It's a Small Amount'. Billboard. June 2, 2020. January 7, 2021da asl nusxadan arxivlandi.
  108. Aswad, Jem „The Weeknd Calls on Major Music Companies to 'Go Big and Public' With Blackout Tuesday Donations“ (en-US). Variety (2020-yil 2-iyun).
  109. Curto, Justin „WMG Creates Vague $100 Million Anti-Racism Fund Following the Weeknd's Criticism“ (en-us). Vulture (2020-yil 3-iyun).
  110. Spangler, Todd. „The Weeknd Virtual Concert on TikTok Drew Over 2M Viewers, Raised $350,000 for Equal Justice Initiative“. Variety (2020-yil 12-avgust). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  111. Mahadevan, Tara C.. „The Weeknd, TikTok Raise $350K for Equal Justice Initiative, Singer Also Donates $300K to Beirut Explosion Victims“. Complex Networks (2020-yil 12-avgust).
  112. „With support from The Weeknd, U of T's Ethiopic program soars past $500,000 endowment goal“. University of Toronto (2020-yil 2-noyabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  113. Nolan, Emma „Bella Hadid, Dua Lipa and the Other Celebs Supporting Palestine Over Israel“. Newsweek (2021-yil 11-may).
  114. „The Weeknd Shares Instagram Posts Protesting Sheikh Jarrah Eviction“. Haaretz (2021-yil 11-may).
  115. Halperin, Shirley; Tangcay, Jazz „The Weeknd, Motown's Ethiopia Habtemariam Highlight Emotional Night at Black Music Action Coalition Awards“ (en-US). Variety (2021-yil 24-sentyabr).
  116. Mamo, Heran (2024-01-09). „The Weeknd & School on Wheels Team Up to Provide Laptops, Tutoring & Mentorship for Homeless L.A. Students“. Billboard (ingliz (Amerika)).
  117. Shafer, Ellise „The Weeknd Donates $1 Million to Relief Efforts in Ethiopia“. Variety (2021-yil 4-aprel).
  118. „USAID Administrator Power Held Urgent Meetings on Famine and Atrocities in Tigray, Ethiopia, including Ministerial Convening with Nine Countries and Conversation with The Weeknd, And Announced $181 Million in New USAID Assistance“. usaid.gov (2021-yil 9-iyun).
  119. „It's The Weeknd! Superstar singer becomes World Food Programme Goodwill Ambassador“ (en). www.wfp.org (2021-yil 8-oktyabr).
  120. „The Weeknd Becomes U.N. Goodwill Ambassador for World Food Programme“ (en-US). World Food Program USA.
  121. Aswad, Jem „The Weeknd Unveils Stadium Tour Dates, Launches XO Humanitarian Fund With Combined $1.5 Million Donation“ (en-US). Variety (2022-yil 3-mart).
  122. Jones, Abby „The Weeknd Donates $2.5 Million to Gaza Food Deliveries“ (en-US). Consequence of Sound (2023-yil 1-dekabr).
  123. Cho, Regina „The Weeknd To Provide 4 Million Emergency Meals To Humanitarian Efforts In Gaza“ (en-US). Vibe (2023-yil 1-dekabr).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]