Grammy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grammy Mukofoti
Mukofot sohasi Musiqa sohasida 108 kategoriyada 30 janr boʻyicha
Tashkilotchi  Amerika Ovoz yozish Akademiyasi
Mamlakat AQSh
Birinchi berilgan yili 1959
Rasmiy vebsayti

Grammy (talaffuzi: Gremmi) — Amerika ovoz yozish akademiyasining musiqiy mukofoti, 1958-yildan beri mavjud. Zamonaviy musiqadagi eng nufuzli taqdimotlaridan biri hisoblanadi, uning nufuzini kinematografdagi Oscar mukofoti bilan solishtirish mumkin.

Grammy har yili 108 kategoriyada 30 musiqiy janr boʻyicha "Recording Academy" ("Ovoz yozish akademiyasi") vakillarining ovoz berishi natijasida taqdim etiladi. Muvaffaqiyatli va tan olingan artistlar va musiqiy muhandislar ovoz berishda qatnashish huquqiga egadirlar. Bon Jovi, Prince, Paul Simon, Beyonce kabi musiqachi va qoʻshiqchilar shular jumlasidandir.

Katta toʻrtlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta toʻrtlik (inglizcha: The Big Four) — eng nufuzli hisoblanadigan toʻrtta Grammy mukofoti:

  • Yil yozuvi / Record of the Year
  • Yil albomi / Album of the Year
  • Yil qoʻshigʻi / Song of the Year
  • Eng yaxshi yangi artist (yoki musiqiy kollektiv) / Best New Artist

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]