Nickelback

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Nickelback
Bon Jovi'ni qizitib berishda (Dublin, 2006-yil, may).
Bon Jovi'ni qizitib berishda (Dublin, 2006-yil, may).

Kelib chiqishi Hanna, Alberta
Mamlakat Kanada
Faoliyat 1995-bugun
Janr post-granj, hard-rok, aternativ-rok
Leybl Roadrunner/Atlantic
Tarkib Chad Kroeger
Ryan Peake
Mike Kroeger
Daniel Adair
Veb-sahifa www.nickelback.com


Nickelback (ingl.dan: Here's your nickel back - Mana sizning qaytimingiz) — kanadalik rok-guruh, post-granj yoʻnalishida kuylaydi, 1996-yil Hanna shahrida tashkil topgan.

Mundarija

[tahrir] Guruh tarixi

[tahrir] Boshlanish

NICKELBACK guruhi 1996-yili Kanadaning kichik shaharchasi Hannada paydo boʻladi. U aka-uka Chad (vokal, gitara), Mayk (bas), ularning kuzeni Brendon (barabanlar) va Rayan Pike (gitara)dan iborat. Ammo Brendon Kryuger yaqin orada guruhni tark etadi. Musiqachilarga unga almashuvni qidirish toʻgʻri keladi. Rayan Vikdeyl topilishidan avval, guruhda olti barabanchi almashinadi. Uzoq vaqt davomida musiqachilar toʻgʻri keladigan nom topa olmaydilar va bir necha variantlarni koʻrib chiqadilar. NICKELBACK deb nom olishdan avval kanadalik kvartet BRICK deb, undan ham avvalroq - VILLAGE IDIOT deb nomlangan, kolletivning eng birinchi nomi esa POINT OF VIEW boʻlgan. "Nickelback" soʻzining maʻnosi - "qaytim". Bu soʻz guruh hayotida Mayk Kryuger kafeda ofitsiant boʻlib ishlayotgan paytda paydo boʻladi. Bir piyola qahvadan qaytim 5 sentni tashkil qilardi (slengda - "Nickel"). Mijoz bilan hisob-kitobda Mayk doimo bir gapni qaytarardi: "Here's your nickel back" (tarjimada - "Mana sizning qaytimingiz"). Ohir-oqibat musiqachilar aqlli, qiyin nomlardan voz kechib, oddiygina "nickelback"ni tanlashadi. Oʻzligining musiqiy yoʻnalishini ham guruh darrov belgilay olmadi. Avvaliga musiqachilar boshqa kollektivlarning kaver-versiyalarini ijro etishdi. Ammo, ular unchalik omadli emas edi. Bundan tashqari, guruh haqiqiy mashhurlikka erishishni hohlardi. Biroq, buning uchun oʻzining nimadirini yozish kerak edi. Bunday fikr Chad Kryugerga keladi, ammo proyektni finanslash uning ota-onasi zimmasiga tushadi. Oʻgʻillarining Vankuverdagi ovoz yozish studiyasi hizmatlarini qoplash uchun 4000$ toʻlashligiga toʻgʻri keldi. Bu birinchi qadam edi.

[tahrir] Birinchi muvaffaqiyat

1996-yilning oʻzidayoq yigitlar oʻzlarining "Hesher" nomli birinchi demo-albomligini yozadilar, va u bilan Kanadada konsertlar seriyasini beradilar. Uning ichiga unchalik koʻp qoʻshiqlar kirmaydi, ammo hammaning joniga tekkan kaverlar bilan tugatilgan edi. Proyektni ommaviylashtirish bilan Chad Kryuger shugʻullanardi. Bunda unga sport jurnalining reklama boʻlimida ishlab orttirilgan tajriba qoʻl keladi. Chizma oson edi: Chadning iltimosiga binoan uning doʻstlari radiostantsiyalarga qoʻngʻiroq qilib NICKELBACK'ning taronalarini soʻrasharsi. Bu bilan guruh oʻziga kerakli natijaga ega boʻladi, ammo unga yuqoriroq choʻqqini zabt etish oʻyi tinchlik bermaydi. Ammo moddiy yetishmovchilik va oʻz menejerlari tomonidan aldov guruhning yozilishiga yoʻl bermaydi.

1998-yili bir necha muhim qadamlar tashlanadi. Birinchidan, guruh mustaqil holda reklama va tashkiliy ishlar bilan shugʻullanishga qaror qiladi. Ikkinchidan, guruh Vankuverga koʻchib oʻtib, u yerda klublarda muvaffaqiyat bilan chiqishni boshlaydi. Bu yangi albom chiqarish uchun kerakli mablagʻni toʻplashga yordam beradi. Bundan tashqari, guruh Deyl Penner (Matthew Good Band'ning prodyusseri) va Gart Richardson (Rage Against The Machine'ning ovoz injeneri)ning diqqatiga sazovor boʻlib, qoʻllovini oladi.

1999-yilda NICKELBACK cheklangan adad bilan "Curb" nomli yangi albomini chiqaradilar. Albomning oʻzi muvaffaqiyatli boʻlmaydi, ammo "Leader Of Men" singlining mashhurligini inkor etib boʻlmaydi. Bu singl 2000-yili yarim millionlik adad bilan chiqarilgan "The State" albomi tarkibiga kiritiladi. Bu haqiqiy muvaffaqiyat edi! NICKELBACK qoʻshiqlari Kanadaning barcha radiostantsiyalarida jarang sochadi. "The State" albomi bilan musiqachilar CREED, FUEL va 3 DOORS DOWN kabi guruhlar bilan chiqib yuzlab konsertlarni oʻtkazishadi. Guruhni prodyusserlar kontrakt imzolash maqsadida tom maʻnoda hujum ostiga olishadi.

[tahrir] Umumjahon shuhrat

Ohir-oqibat NICKELBACK "Island" (AQSH) va "EMI" (Kanada)ning takliflarini rad etib, "Roadrunner Records" (AQSH) leyblini tanlaydilar. Oʻzlarining navbatdagi albomlarini NICKELBACK 2001-yil 11-sentyabrda yozadilar. Yangi albomda yigitlar abstrakt obrazlar va faylasuflik fikrlardan chetlanib, matlariga aniqroq va realroq syujetlarni qoʻshadilar. Bir nechta qoʻshiqning mavzusi boʻlib, Kryuger aka-ukalarining hayotidan yoqimsiz daqiqalar, shu jumladan oiladan otasining ketishi boʻladi. Chiqqan "Silver Side Up" avvalgi albomdan oʻzib ketib, atigi 4 oy ichida uning adadidan 6 marta oshadi. Bu albom oltin, platinaviy va multiplatinaviylik unvonlariga erishadi. "Silver Side Up" guruhga amerika efiriga kirishga imkon berib, "How You Remind Me" singli bilan muhlislar muhabbatini qozonadi. Muvaffaqiyat hamma kutilgan natijalarni oqlaydi. "How You Remind Me" singli faqatgina amerika radiostantsiyalarida mahkam oʻrnashmay, balki ulardan oltitasini hit-paradlarining birinchi oʻrniga chiqadi, eng muhimi esa - Billboard Hot 100'ni ham boshlaydi. Bundan tashqari, "How You Remind Me" radiostantsiyalar efirida bir hafta ichida 3000 martadan ortiq jarang sochib, efirga chiqish rekordini oʻrnatadi. Guruh shuningdek, Germaniya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Avstraliya va boshqa davlatlar radiostantsiyalarining diqqatini tortadi.

Kanadalik guruh uchun bu hayratlanarli natija. Ammo, albomning muvaffaqiyati haqida gapirganda, mikslash bilan shugʻullangan Rendi Staubni zikr etish darkor. U Metallica va U2 kabi guruhlar bilan hamkorligi bilan mashhur. Shuningdek, Pearl Jam va Temple of the dog'ni ommaviylashtirish bilan shugʻullangan prodyusser - Rik Parasher'ning yordami katta boʻlgan. Bu insonlarning ishtiroki guruhning yangi sifat choʻqqisiga chiqishiga yoʻl bergan, keyin esa ularni dunyo tan oladi. Navbatdagi albom 2003-yilda chiqadi. Chetdan mutaxxasislarning jalb qilinmaganligiga qaramay, NICKELBACK oʻz kuchligi bilan har tomonlama sifatli tovushga erishadilar. Guruh oʻz treklarining yozuviga professionalroq va jiddiyroq qaray boshlaydi.

[tahrir] Hozirgi kunlar

"The Long Road" albomi melodik-agressiv yoʻnalishda yozilgan. U hattoki, "Silver Side Up"'ga koʻra koʻproq ochiqroq boʻladi. Musiqachilar bu albob bilan gʻururlanib, ularning ijodi toʻgʻri yoʻnalish boʻylab evolyutsiyaga uchrab, tinglovchilar hissiyotlari bilan yaqinlashtiryapti, deb sanaydilar. Shuningdek, "The Long Road" albomi bilan guruh koʻproq konsert bergani NICKELBACK muhlislarini quvontirdi. Bu albob yana bir gʻalaba boʻlib, guruhni dunyo miqyosida yanada taniltiradi. 2005-yili guruh tarkibida kichik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Distantsiyadan barabanchi Rayan Vikdeyl tushib, uni 3 Doors Down guruhining sobiq ishtirokchisi Deniel Adair almashtiradi. Oʻsha yili yangi tarkib bilan NICKELBACK "All The Right Reasons" nomli albom yozishadi. Faoliyatligi davomida guruh juda koʻp narsaga erishadi. Umid qilamizki, NICKELBACK erishgan nuqtalarida toʻhtamaydilar va ijodiy oʻsishlarini davom ettiradilar.

[tahrir] Hozirgi tarkib

  • Chad Kryuger (vokal, gitara)
  • Rayan Pike (gitara, bek-vokal)
  • Mayk Kryuger (bas-gitara)
  • Daniel Adair (barabanlar)

[tahrir] Guruhning sobiq ishtirokchilari

  • Rayan Vikdeyl (barabanlar)
  • Brendon Kryuger (barabanlar)

[tahrir] Diskografiya

Yil Albom AQSH B.Br. Kan. Leybl AQSHda sotuvlar Umumjahon sotuvlar
1996/2002 Curb #182 - - Roadrunner Records
1999 The State #130 - - Roadrunner Records 500,000+ 600,000+
2001 Silver Side Up #2 #1 #1 Roadrunner Records 5,200,000+ 10,000,000+
2003 The Long Road #6 #5 #1 Roadrunner Records 3,200,000+ 5,000,000+
2005 All the Right Reasons #1 #13 #1 Roadrunner Records 5,743,287 (97 wks) 8,000,000+
2007/2008 Nickelback'ning oltinchi albomi Roadrunner Records

[tahrir] Singllar

Yil Singl Chart pogʻonalari
U.S. Hot 100 U.S. Main Rock U.S. Modern Rock Kanada
2001 "How You Remind Me" 1 1 1 1
2002 "Too Bad" 42 1 6 1
"Never Again" - 1 24 1
2003 "Someday" 7 2 4 1
2004 "Figured You Out" 65 1 4 1
2005 "Photograph" 2 1 3 1
2006 "Animals" 97 1 16 -
"Far Away" 8 - - 1
"Savin' Me" 19 11 29 1
2007 "RockStar" - - - -
Umumiy 1-raqam ostidagi hitlar 1 6 1 8

[tahrir] Mukofotlar

[tahrir] Grammy Awards

Yil Kategoriya Janr Nomi Natija[1]
2003 Yil qoʻshigʻi Rok "How You Remind Me" Nominatsiya
2004 Eng yaxshi rok tarona Rok "Someday" Nominatsiya
Eng yaxshi rok albom Rok The Long Road Nominatsiya
2005 Eng yaxshi hard-rok sahnaga chiqish Rok "Feelin' Way Too Damn Good" Nominatsiya

[tahrir] Billboard Music Awards

Yil Kategoriya Nomi Natija[2]
2006 Yil artisti Nickelback Nominatsiya
Yil rok albomi All the Right Reasons Gʻolib
Yil albomi All the Right Reasons Nominatsiya
Yil guruhi Nickelback Gʻolib

[tahrir] American Music Awards

Date Category Natija
Yanvar 2003 30th American Music Awards Eng sevimli pop/rok guruh Nominatsiya
Noyabr 2004 32nd American Music Awards Eng sevimli pop/rok guruh Nominatsiya
Noyabr 2006 34th American Music Awards Eng sevimli pop/rok guruh Nominatsiya
Eng sevimli alternativ artist Nominatsiya
Eng sevimli pop/rok albom (All the Right Reasons) Gʻolib

[tahrir] Juno Awards

Yil Kategoriya Nomi Natija[3]
2001 Eng yaxshi yangi guruh Nickelback Gʻolib
2002 Eng yaxshi albom Silver Side Up Nominatsiya
Eng yaxshi singl "How You Remind Me" Gʻolib
Eng yaxshi guruh Nickelback Gʻolib
Eng yaxshi rok albom Silver Side Up Gʻolib
2003 Yilning eng yaxshi qoʻshiqlar muallifi "Spiderman Soundtrack"/"Silver Side Up" Gʻolib
Juno Fan Choice Award Nickelback Nominatsiya
2004 Yilning albomi The Long Road Nominatsiya
Yilning guruhi Nickelback Gʻolib
Yilning rok-albomi The Long Road Nominatsiya
Yilning singli "Someday" Nominatsiya
Juno Fan Choice Award Nickelback Gʻolib
2005 Jack Richardson Producer of the Year Nickelback Nominatsiya
2006 Yilning albomi All the Right Reasons Nominatsiya
Yilning guruhi Nickelback Gʻolib
Yilning rok albomi All the Right Reasons Gʻolib
Jack Richardson Producer of the Year Nickelback Nominatsiya
Juno Fan Choice Award Nickelback Nominatsiya
Yilning singli "Photograph" Nominatsiya
2007 Juno Fan Choice Award Nickelback Nominatsiya
Yilning qoʻshiqlar muallifi Nickelback Nominatsiya

[tahrir] MuchMusic Video Awards

Yil Kategoriya Nomi Natija
2002 Eng yaxshi video "Too Bad" Gʻolib
Eng yaxshi rok video "Too Bad" Gʻolib
2006 Eng yaxshi rok video "Photograph" Gʻolib
2007 Eng yaxshi video "If Everyone Cared" Nominatsiya
Eng yaxshi rok video "If Everyone Cared" Nominatsiya
MuchMoreMusic Award "Far Away" Gʻolib
Kanadalik eng yaxshi internatsional video "Far Away" Nominatsiya
Odamlar tanlovi: Eng sevimli kanadalik guruh "Far Away" Nominated

[4] [5]

[tahrir] Havolalar

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар