Katy Perry
| Katy Perry | |
| Tugʻilgan paytidagi ismi: | Katheryn Elizabeth Hudson |
| Tavalludi sanasi: | 25-oktabr, 1984 (28 yoshda) |
| Tavalludi joyi: | Santa Barbara, California, California, AQSh |
| Faoliyat yillari: | 2005–bugun |
| Janr: | Pop, rock, disco, gospel, electronic |
| KatyPerry.com | |
Katheryn Elizabeth Hudson[1] (talaffuzi: Ketrin Elizabet Hadson; 25-oktabr, 1984), taxallusi — Katy Perry (talaffuzi: Keyti Perri), amerikalik qoʻshiqchi, shoira va aktrisadir. Perry Kaliforniyaning Santa Barbara shahrida tugʻilib oʻsgan. Konservator ota-onasi unga ommabop pop musiqa tinglashni taqiqlashar edi. Yoshligidan gospel musiqaga qiziqqan, Katy Hudson nomli albom ham chiqargan. 2007-yili u Capitol Records studiyasidan shartnoma imzolab, Katy Perry degan taxallus olgan.
Perry tijoriy muvaffaqiyatga 2008-yili One of the Boys nomli ilk studiya albomini chiqarib erishdi. Keyin olamshumul hit boʻlgan „I Kissed a Girl“ ashulasini chiqardi. Bundan soʻng u „Hot n Cold“ va „Waking Up in Vegas“ kabi qoʻshiqlar yozib, faoliyatini davom ettirdi. Perry albomiga bagʻishlangan Hello Katy Tour turnesini boshladi. Ikkinchi studiya albomi Teenage Dream koʻp mamlakatlarda chartlar tepasiga koʻtarildi. Undan Billboard Hot 100 hit-paradiga kirgan beshta singl — „California Gurls“, „Teenage Dream“, „Firework“, „E.T.“ va „Last Friday Night (T.G.I.F.)“ joy olgan. Perry birdaniga beshta ashulasi bilan Hot 100 ga kirgan birinchi ayol qoʻshiqchi boʻldi (ungacha faqat Michael Jackson Bad albomi (1987) bunga muvaffaq boʻlgan edi). Shu albomini dastaklash uchun Perry California Dreams Tour turnesini boshladi.[2] Teenage Dream albomidan soʻng Katy Perry „Part of Me“ nomli yana bir hit qoʻshiq yozdi.
Katy Perry shaxsiy hayoti ommaviy axborot vositalari eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Artist Travie McCoy bilan boʻlgan omadsiz munosabatlaridan keyin u 2010-yili britaniyalik qiziqchi Russell Brandga turmushga chiqdi. 2011-yil dekabrida Brand ajrashishini eʼlon qildi. Perry shuningdek 2012-yili Part of Me nomli musiqiy-biografik filmda suratga tushdi.
Mundarija |
Diskografiyasi [tahrir]
- Katy Hudson (2001)
- One of the Boys (2008)
- Teenage Dream (2010)
Filmografiyasi [tahrir]
| Yil | Nom | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 2011 | The Smurfs | Smurfette (ovoz) | |
| 2011 | How I Met Your Mother | Honey | Teleserial (bir qism) |
| 2012 | Raising Hope | Rikki Hargrove | Teleserial (bir qism) |
| 2012 | Katy Perry: Part of Me | Oʻzi | Ham-produser |
| 2013 | The Smurfs 2 | Smurfette (ovoz) |
Manbalar [tahrir]
- ↑ Russell Brand files for divorce, TMZ.com, December 30, 2011.
- ↑ Top 25 Worldwide Tours (01/01/2011 – 12/31/2011). Pollstar. Pollstar, Inc. (December 28, 2011). December 28, 2011.
Havolalar [tahrir]
- Rasmiy sayti
- Katy Perry Twitter sahifasi
- Katy Perry Facebook sahifasi
- Katy Perry YouTube sahifasi
- Katy Perry MySpace sahifasi
|
|
VikiOmborda Katy Perry haqida turkum mavjud. |