Daft Punk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daft Punk
DaftAlive.jpeg
Daft Punk konsert vaqtida (2007)
Kelib chiqishi Parij
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Faoliyat 1993-bugun
Janr French house
Leybl Soma, Virgin, Sony/Columbia[1]
Tarkib
Veb-sahifa daftpunk.com

Daft Punk (talaffuzi: Daft Pank) fransiyalik elektron musiqa dueti boʻlib, Guy-Manuel de Homem-Christo va Thomas Bangalter'lardan tuzilgan.[2][3][4] Daft Punk 1990-yillar oxiriga kelib Fransiyada house musiqa janrining yirik namoyondalariga aylandi va keyinchalik ular synthpop yoʻnalishi bilan tajriba qilishga oʻtishdi.[2][3][5] Duet French house janrining yorqin namunalari yaratgan, deb hisoblanadi. Ijodining erta yillarida Daft Punk aʼzolari The Beach Boys va The Rolling Stones guruhlaridan ilhomlanishgan.[6]

Bangalter va de Homem-Christo avvaliga Darlin' guruhida ijro etishgan. Guruh tarqalib ketganidan soʻng ikkovlon Daft Punk duetini tuzib, 1997-yili Homework albomini chiqarishgan. 2001-yili chiqarilgan Discovery albomi yanada koʻproq muvaffaqiyatga erishib, undagi “One More Time”, “Digital Love” and “Harder, Better, Faster, Stronger” qoʻshiqlari keng tarqab ketdi. 2005-yilgi Human After All albomi esa nisbatan yomon qarshilandi. Biroq ikki yoʻl oʻtib omma eʼtiboriga havola etilgan Alive 2007 albomi Eng Yaxshi Elektronika/Dance Albomi sifatida Grammy mukofotiga loyiq topildi. Duet shuningdek Tron: Legacy filmi uchun soundtrack ham yozgan.

Daft Punk qiziqarli jonli konsertlari, xususan turli vizual unsur va samaralarni musiqaga monand ishlatishlari bilan diqqat qozongan. Duet aʼzolari shuningdek omma oldida ohanjamador robot kiyimlari kiyib ijro qilishlari bilan ham mashhur.

Diskografiyasi[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Daft Punk arrive chez Sony zik-zag.blog.leparisien.fr. Retrieved 26 January 2013.
  2. 2,0 2,1 McNulty, Bernadette (17 November 2007). "Daft Punk: Behind the robot masks". The Telegraph. http://www.telegraph.co.uk/culture/music/3669339/Daft-Punk-Behind-the-robot-masks.html. Qaraldi: 14 October 2012. 
  3. 3,0 3,1 Daft Punk Allmusic bio
  4. Daft Punk Musique Vol. 1 Official Website, arxivlangan.
  5. Suzanne Ely, "Return of the Cybermen" Mixmag, July 2006, pp. 94–98.
  6. Darlin'. biography. discogs. 20 February 2007.

Havolalar[tahrir]