Avril Lavigne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avril Lavigne
Avril Lavigne, Today Show, 2013.jpg
Kelib chiqishi Belvill, Ontario
Mamlakat Kanada bayrogʻi Kanada
Faoliyat 2002-bugun
Janr pop rock, rock
Leybl Sony BMG/Arista, RCA
Veb-sahifa www.avrillavigne.com

Avril Lavigne (27-sentabr 1984-y. t.) — kanadalik qoʻshiqchi va aktrisa.

Uning oilasi franko-kanad kelib chiqishga ega; fransuzchasiga uning ismi Avril Lavin deb, inglizchasiga - Evril (yoki Avril) Lavin, deb talaffuz qilinadi. Avril soʻzi fransuzchadan "aprel" deb tarjima qilinadi, la vigne - "uzum boshogʻi" degan maʻnoni anglatadi.

Bolaligi va yoshligi[tahrir]

Avril Lavin Belvill shahri, Kanadaning Ontario provintsiyasida franko-kanad katoliklar Jon va Judi Lavinlarning oilasida dunyoga keladi. Besh yoshidan Lavin Napanee shaharchasida oʻsadi. U yerda cherkov horida qatnashadi, gitara chalishni oʻrganadi va kantri stilida qoʻshiq aytadi. Avrilning birinchi professional menejeri Kliff Fabri u bilan Kingstondagi Chapters nomli kitob doʻkonida Avril kantri qoʻshiqlarining kaverini aytayotganida tanishadi. "Lennox Community" teatridagi spektaklda Avrilni kantri qoʻshiqchi Stiv Med koʻrib qoladi va uni oʻzining 1999-yilgi "Quinte Spirit" albomi uchun "Touch The Sky" (Osmonga tegmoq) ashulasini ijro etish uchun taklif qiladi. Uning iste'dodidan taʻsirlanib, uni yana 2000-yilda chiqqan keyingi albomi "My Window To You" uchun "Temple Of Life" (Hayot xrami) va "Two Rivers" (Ikki daryo) qoʻshiqlarini aytishga chaqiradi. Oʻn olti yoshida Avrilga Ken Krongard, Arista Records'ning vakilining nazari tushadi. U oʻzining boshligʻi Antonio Reyd (Antonio Reid)ga Avrilni Nyu-Yorkdagi studiyasida eshitib koʻrishni tavsiya etadi…

2002—2003[tahrir]

Ravshanki, Avril uchun qoʻshiq yozishning dastlabki harakatlari unga hursandchilik keltirmaydi va Lavin ohir-oqibat Los-Anjeles, Kaliforniyaga ketadi va oʻzining birinchi albomini Kliff Magness va "The Matrix" kompaniyasi bilan yozishga kirishadi. Bu kompaniyaning avvalgi ishlari orasida Shina Iston (Sheena Easton) va Kristina Agilera (Christina Aguilera)ning qoʻshiqlari boʻladi.

Oqibatda, rok va pop musiqali "Let Go" albomi paydo boʻladi. Avril kelajakda koʻproq rokka moʻljallangan taronalarni yozish hohlashini aytdi. "Let Go" 2002-yil 4-iyunda chiqadi va qisqa vaqt ichida AQSH reytingida 2-oʻrinni, Avstraliya, Kanada va Buyuk Britaniya reytinglarida esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritadi. Albom olti oydan kamroq vaqt ichida 4 marotaba platinaviylik unvoniga sazovor boʻladi. 2004-yil dekabrigacha butun dunyo boʻylab uning oʻn besh million nushasi sotilgan.

"Let Go"da 4ta singl bor, va ularning hammasi hayratga soladi. "Complicated" Avstraliyada birinchi raqam ostida boʻladi va AQSHning qaynoq yuztaligida ikkinchi oʻringacha yetib boradi. "Sk8er Boi" taronasi AQSH va Avstraliyaning oʻntaligi ichiga kiradi, Kanadada esa birinchi oʻrinni egallaydi. "I’m With You" AQSH eng yaxshi beshtalikka kiradi. "Losing Grip" Kanadada birinchi raqamga yetib boradi, Tayvanda kuchli oʻntalikka, Chilida yigirmatalik ichiga kiradi.

Avril Lavigne 2002-yil oʻtkazilgan MTVning VMA (Video Music Awards) taqdimotida "Eng yaxshi yangilik" unvonini qoʻlga kiritadi, 2003-yilda Juno Awards'ning 6 nominatsiyasidan 4tasida gʻoliblik nashidasini suradi, World Music Awards'da World’s Best-Selling Canadian Singer unvoniga sazovor boʻladi va ohir-oqibat Gremmining (Grammy Awards) 8ta nominatsiyasiga tavsiya etiladi.

2004—2007[tahrir]

Avrilning ikkinchi albomi "Under My Skin" 2004-yil 25-mayda chiqadi. Bu albom birinchisiga hech qaysi taraflardan yutkazmaydi va qator mamlakatlar, shu jumladan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada birinchi o?ringa chiqadi. Bu albomning asosiy qismini Avrilning o?zi yozgan.

Yetakchi singl, "Don’t Tell Me" Argentinada birinchi o'rinni egallaydi, Buyuk Britaniya va Kanadada beshlik ichiga kiradi, Avstraliya va Braziliyada esa eng yaxshi oʻnlik tarkibiga kirgan. "My Happy Ending" AQSHning kuchli oʻntaligiga kiradi. "Nobody’s Home" va yakuniy singl "He Wasn’t" Kanadada birinchi raqam ostida hukm suradi.

Avril 2004-yili World Music Awards'da ikki marotaba World’s Best Pop/Rock Artist va World’s Best Selling Canadian Artist nominatsiyalarida gʻolib bo'lgan. U 2005-yilda Juno Award'ning besh nominatsiyasini qoʻlga kiritadi, ulardan uchtasi Fan Choice Award, Artist of the Year va Pop Album of the Year'lar boʻladi. Shuningdek, u 18-har yilgi Nickelodeon Kids' Choice Awards'da Favourite Female Singer unvoni bilan taqdirlanadi.

"Over the Hedge" bu Avrilning multfilmlarga ovoz berishda debyutidir. U yerda u Uilyam Shatner, Bryus Uillis va Geri Shandling bilan birga ishlaydi. U Richard Girning "The Flock" filmida ishtirok etadi, va uning uchinchi proyekti sevimli kitobiga asoslangan "Fast Food Nation" deb nomlanadi. U yerda u bosh rollardan birini ijro etadi.

2006-yil yanvarida Avril "Ford Models" modellar agentligi bilan shartnoma tuzadi. Va fevralda u "Harpers Bazaar" jurnalida chiqadi. Shuningdek, u 2006-yil Qishki Olimpiya Oʻyinlarining (Turin, Italiya) yopilishida 8 daqiqa davomida qoʻshiq kuylagan.

2007-yil aprelida Avrilning "The Best Damn Thing" nomli uchinchi albomi chiqadi."Girlfriend" debyut singli uning karyerasi davomida ilk marotaba Billboard Hot 100ni birinchi oʻrniga chiqadi (bu 26-aprelda sodir boʻladi).

Mukofotlarning toʻliq roʻyhati[tahrir]

2002[tahrir]

MTV Music Video Award: New Artist, Video Complicated.

MTV Music Video Award Latin: Best International New Artist.

World Music Awards: Best Canadian Pop/Rock Artist.

Grammy Awards: Song of the Year: Complicated — nominatsiya, Best Female Pop Vocal Performance: Complicated — nominatsiya, Best Pop Vocal Album: Let Go Nominated, Best Rock Vocal Performance — Female: Sk8er Boi — nominatsiya, Best New Artist - nominatsiya.

2003[tahrir]

Juno Awards: Best Single: Complicated, Best New Artist, Best Pop Album: Let Go, Best Album of the Year: Let Go, Songwriter of the Year — nominatsiya, Fan-Choice Award — nominatsiya.

Ivor Novello Award: International Hit Of The Year: Complicated.

Radio Music Awards: Song of the Year (Modern Adult Contemporary Radio): Complicated.

Grammy Awards: Best Female Pop Vocal Performance - nominatsiya, Song of the Year — Songwriter: I’m With You (with The Matrix) — nominatsiya, Best Rock Vocal Performance Female: Losing Grip — nominatsiya.

American Music Awards: Favorite Pop/Rock Female Artist — nominatsiya.

2004[tahrir]

World Music Awards: Best Pop/Rock Artist, World’s Best Selling Canadian Artist,

MTV Video Music Awards Latin America, Best International Pop Artist.

Nickelodeon Kids' Choice Awards: Favourite Female Singer.

Much Music Video Awards: People’s Choice Favourite Canadian Artist.

NRJ Music Awards: Best International Female Artist.

MTV Video Music Awards: Best Pop Video: Don’t Tell Me — nominatsiya.

American Music Awards: Favorite Pop/Rock Female Artist — nominatsiya.

Juno Awards: Music DVD of the Year — nominatsiya, Juno Fan Choice Award — nominatsiya.

2005[tahrir]

Juno Awards: Artist of the Year, Pop Album of the Year: Under My Skin, Fan’s Choice Award, Songwriter of the Year — nominatsiya, Album of the Year — nominatsiya.

Avrilga bagʻishlangan saytlar[tahrir]