Tarixi jahongusho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tarixi jahongusho
(Jahon fotihi tarixi)
Asl nomi تأریخ جهان‌گشاي جویني
Taʼrix-e jahāngushāy-e Juvayni
Muallif(lar) Aloudding Atomalik Juvayniy
Tarjimon(lar) Nazarbek Rahim tarjimasi
Mamlakat Hulokuiylar
Til forscha
Janr(lar)i tarixiy
Nashriyot Mumtoz soʻz
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 650/651 (1252-1253)[1]
Sahifalar soni 504
ISBN 978-9943-398-69-6

Tarixi jahongusho (Jahon fotihi tarixi) — Markaziy Osiyoning moʻgʻullar istilosi davrini yorituvchi sanoqli tarixiy manbalardan biridir. Ushbu tarixiy asar Nasaviyning „Siyrati Sulton Jaloliddin“, Rashiduddinning „Jome at-tavorix“ kabi tarixiy kitoblar qatori qimmatli manba hisoblanadi hamda shu asar keyingi davrda yaratilgan tarixiy asarlarga birlamchi manba sifatida murojaat etilgan.

Asar tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muallif ushbu asari orqali Markaziy Osiyo, Eron va Moʻgʻuliston va Xitoyning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini aks ettirgan.

Asar sodda tilda bayon etilgan va uch jilddan iborat boʻlib, birinchi jild moʻgʻullarning qadimiy anʼanalari, Chingizxonning davlat tepasiga kelishi va istilochilik yurishlaridan to Kuyukxon davri (1246-1248)gacha kechgan voqealar, shuningdek, Joʻjixon, Chigʻatoy va avlodlarining aks ettirgan[2]. Ikkinchi jild xorazmshohlar, gʻuriylar tarixi va Movarounnahr va Xurosondagi moʻgʻul hukmdorlari (1258-yilgacha) kechmishiiga bagʻishlangan. Uchinchi jildda mangʻitlar hukmronligi, 1256-1258-yillarda Hulokuxonning Eronni hamda ularning Bagʻdod xalifaligini zabt etishi, Ismoiliylar davlati tarixi batafsil bayon etilgan. Oʻrta Osiyo tarixi uchun asarning 1-2 qismlari alohida qimmatga ega.

Muallif uz asari xususida yozarkan, uning mavzu va materiali, nomlanishi hamda tarixiy obyekti haqida shunday deydi:

"Movarounnahr, Turkiston, Mochin (Janubiy Xitoy) kabi Chingizxon va uning oʻgʻillari tomonidan zabt etilgan joylarning hammasi kitobimga mavzu boʻldi. Hikoya qilgan baʼzi voqealarni oʻz koʻzim bilan koʻrdim, baʼzilarini esa gaplari ishonchli boʻlgan kishilardan tingladim. Bir qismini esa toʻgʻri ekanligiga qatʼiy ishonch bilan qaralgan tarixiy manbalardan oldim. Vafodor va uzoqni koʻra oladigan doʻstlarimning talabini rad etib, ushbu kitobni yozmaslikning imkoni boʻlmadi. Haqiqiy, asl xabarlarga tayangan holda qalamga olingan bu asar „Tarixi Jaxongushoi Juvayniy“ deb nomlandi"

.

Ushbu tarix asari tilga olgan oʻsha davr voqealari toʻgʻrisida bir nechta kitoblarga yozilgan[3].

Nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulton noma olmoqda

Asarning forscha nashri uch jilddan iborat boʻlib, uning birinchi jildi Muhammad binni Abdulvahhob Qazviniyning “Maxsus muqaddima”si bilan ochiladi. Muqaddima soʻngida mazkur asarning 7 ta qoʻlyozma nusxasi va ularning tavsiflari berilgan[4].

Asarning inglizcha nashri bevosita Jon Endryu Boyl tomonidan forscha nashridan tarjimani amalga oshirgan[5].

Manbaning ruscha tarjima nashri ham mavjud. Lekin uning nomi biroz oʻzgartirilgan holda chiqarilgan[6].

Muallifning ushbu asari bevosita Markaziy Osiyo tarixi bilan bogʻiq qismlari joy olgan birinchi va ikkinchi jildlari turk tilidan[7] Nazarbek Rahim tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan[8]. Turkcha tarjimada aniq ifodasini topmagan oʻrinlar forscha matn asosida tartibga solindi. Sheʼrlar matnda arab va fors tillarida berilgani uchun tarjimada uning nasriy bayonini berish bilan cheklanildi. Sahifa ostidagi izohlar, asosan, tarjimon Mursal Oʻzturkka tegishli boʻlib, ularning havola raqamlari saqlandi. Tarjimon asarni asliyatdan emas, balki vositachi til (turk tili)dan tarjima qilgani uchun uni Tehron nashri bilan solishtirib chiqqan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Средневековые исторические источники Востока и Запада
  2. Тарихи жаҳонгушо (Жаҳон фотиҳи тарихи) / Алоуддин Атомалик Жувайний; масъул муҳаррирлар Ҳ. Болтабоев, М. Маҳмудов. — Т.: Mumtoz soʻz, 2015. — Б. 4.
  3. Toshev N. Juvayniy va uning „Tarixi jaxongusho“ asari // Sharqshunoslik. 1995. 6-son. B.60-67; Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi (davri, madaniy hayot, manbalar). T.: Fan, 1999.
  4. تأریخ جهان‌گشاي جویني. عطاملک علأالدین بن بهاالدین محمد بن شمس‌الدین محمد جویني. جلد 2
  5. Ata-Malik Juvaini. The History of the World-Conqueror. Translated from the Persian by John Andrew Boyle. Cambridge, 1958.
  6. Ата-Мелик Джувейни. Чингисхан. История завоевателя мира. М.: Магистр-пресс, 2004.
  7. Alaaddin Ata Melik Cüveyni.Târih-i Cihan Güşa. Çevirmen: Prof. Dr. Mürsel Öztürk. Ankara: Kültür Bakanlığı, 1998.
  8. Тарихи жаҳонгушо (Жаҳон фотиҳи тарихи) / Алоуддин Атомалик Жувайний; масъул муҳаррирлар Ҳ. Болтабоев, М. Маҳмудов. — Т.: Mumtoz soʻz, 2015. — 504 б.