Suroqa ibn Molik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suroqa ibn Molik ibn Ju'shum al-Kinoniy (arabcha: سراقة بن مالك بن جعشم الكناني) - Quraysh qabilasining bo'g'imlaridan biri va arablarning Adnon shajarasiga mansub bo'lgan Kinona qabilasi a'zosi. U mashhur chavandoz va Muhammad payg'ambar va Abu Bakrning Madina shahriga hijrati paytida, ularning boshi evaziga Quraysh belgilagan mukofot istagida, ularni sahroda topishga muvaffaq bo'lgan yagona inson.

Suroqaning Muhammad va Abu Bakrni ta'qib qilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad va Abu Bakr Makkani tark etgach, Quraysh ularni topa olgan kishiga 100 tuya miqdoridagi mukofotni e'lon qildi. Suroqa ibn Molik mahoratli ta'qibchi edi va ularni quvib, mukofotni qo'lga kiritishga harakat qildi.

U yo'lovchilarni topishga muvaffaq bo'ldi, lekin ular unga ko'rinishi bilanoq, Muhammad Allohga iltijo qildi: " Ey Alloh! Qanday yo'l bilan bo'lsa ham, bizni undan himoya qil"[1]. So'ngra, uning otining oyoqlari qumga cho'kdi. U Muhammad va Abu Bakrdan kamon o'q uzish bo'lgan masofada bo'lgani uchun, u o'q uzmoqchi bo'ldi, biroq uning qo'llari shol bo'lib qoldi. U qichqirdi: "Ey Muhammad! Otimni, bu qumdan chiqib olishi uchun duo qil.Men va'da beramanki,Men ortimga qaytib,ta'qibni to'xtataman".

U: "Ey Muhammad, bilaman, bu - sening ishing. Allohga duo qilginki, meni boshimga tushgan musibatdan qutqarsin. Allohga qasamki, men seni mendan keyin izlab kelganlarni qaytaraman. Mana, mening o'qdonimdan bitta o'q ol. Falon joyda mening tuyalarim, qo‘ylarimning yonidan o‘tasan, u yerdan nima kerak bo‘lsa, olib ket". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Menga buning hojati yo'q", dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zot uchun duo qildilar, u ozod qilindi va hamrohlari oldiga qaytib ketdi[2].

Muhammad yana duo qildi, ot qumdan chiqib oldi. So‘ngra Suroqa Muhammadning dini bir kun g‘alaba qozonishini e’lon qildi va Muhammad Islom davlatining boshlig‘i bo‘lganida u hurmatga sazovor bo‘lishi haqida yozma va’da berishini Muhammaddan so‘radi. Abu Bakr Muhammadning amri bilan va’dani suyakka yozib, Suroqaga topshirdi. Qayta boshlagach, Muhammad bir kun kelib Fors hukmdori Xusrav IIning bilakuzuklarini taqishini aytdi. Suroqa Muhammad Fors hukmdori Xusrav ibn Xurmuzning bilakuzuklarini nazarda tutganmi, deb hayron bo‘lib so‘radi. Muhammad bosh irg‘ab,tasdiqladi.

Suroqa Muhammadni qidirayotgan Qurayshlik bir necha ta'qibchilarga duch keldi va Madinaga ketayotgan yo'lda bu juftlikdan asar ham topmaganini bahona qilib, ularni Makkaga qaytishga ko'ndirdi. U uchrashganini aytgan yagona odam Abu Jahl edi, u uni qo'rqoqligi uchun haqorat qildi.

Makka fathidan so'ng[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madinaga hijratdan 8 yil so'ng, Muhammad Makkaga katta qo'shin boshchiligi kirdi va umumiy omonlik e'lon qildi. Suroqa Muhammad huzuriga kirdi va Shahodat kalimasini keltirdi (Imon kalimasi). Rivoyat qilinishicha, u doim Muhammadni ta'qib qilganidan afsuslangan. U Muhammad vafot etgan kuni g'amgin bo'ldi, lekin Muhammadning va'dasi - Fors hukmdori Xusravning bilakuzuklarini taqishini esladi.

Milodiy 643/ hijriy 22-yilda Suroqa kasal bo‘lib, o‘limi yaqinlashdi. Oilasi uning o'limiga tayyorgarlik ko'ra boshlashdi, ammo Suroqa uyg'onib, nima qilayotganlarini so'radi. Ular uni dafn etishga hozirlik ko'rayotganliklarini aytishdi, chunki ular Suroqani tirik qoladi deb o'ylamagan edilar. Suroqa u haqida tashvishlanmasliklarini va o'lmasligini aytdi. Oila a'zolari buni u qayerdan bilishini so'rashdi, u Muhammad uni Xusravning bilakuzuklarini taqishga ishontirganini va hali ularni taqmaganini aytdi.

Sosoniylar davlati ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob xalifaligi davrida fath etilgan. Umar Musulmonlarning Forsni fath qilish paytidagi qo'mondoni Sa'd ibn Abu Vaqqosdan xabar oldi. O‘ljaning beshdan bir qismi Madinaga Umarga yuborildi. Unda yoqutlar bilan bezatilgan Xusravning mashhur toji, marvaridlar bilan bezatilgan tilla kamari va tilla bilakuzuklari bor edi. Umar qo‘shinlar qo‘mondoni yuborgan har bir narsani ko‘zdan kechirardi. To'satdan Umar Suroqani oldiga chaqirib, boshiga toj kiydirib, unga tilla naqshli ko'ylak va tilla bilakuzuklarni kiyishga yordam berdi.


Suroqaga bu kiyimlarni kiyish noqulay edi, shuning uchun u qo'lini ko'tardi va "Ey Alloh, qanday qilib men unga Sening Payg'ambaring loyiqroq bo'lgan narsani kiyaman. Men jazo hidini sezyapman".

So'ngra u Umarga o'girildi va qirollik ziynatlarini musulmonlar orasida taqsimot qilishini so'radi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Musnad Ahmad, Book 1, Hadith 3“. sunnah.com. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  2. „Musnad Ahmad, Book 1, Hadith 3“. sunnah.com. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.