Shaueshek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rus rassomi Vasiliy Vasilevich Vereshchaginning „Shaushekdagi teatr xarobalari“ kartinasi (1869—70).

Shaueshek (qozoqcha: شاۋەشەك uygʻurcha: Chöchek, چۆچەك, xitoycha: 塔城; Pinyin: Tǎchéng- Tachen) — Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayonidagi shahar. Shaushek tumani (xitoycha: 塔城地区, Tǎchéng Dìqū) — Ili Qozoq avtonom viloyatiga kiradi. Oʻtmishda bu shahar va uning tumani Rossiyada Tarbagʻatoy (uygʻurcha:Tarbaƣatay) deb atalgan.

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shinjonning shimoliy qismida, Tarbagʻatoy togʻ tizmasi etagida joylashgan.

Shaharning gʻarbida, uni Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan bogʻlovchi yoʻlning boʻyida, undan 17 kilometr uzoqlikda „Baktu“ (巴克图) chegara punkti joylashgan. Uning Qozog‘iston tomoni „Baqti“ deb ataladi.[1]

Xalqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butun Shoueshek tumanining maydoni 98 824 kvadrat kilometr tashkil qiladi, aholining soni 892 397 kishi (2000). 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga boʻyicha, tumanning milliy tarkibi quyidagicha edi:

Millat soni Viloyat aholisining ulushi
xitoylik 522.829 58,59%
qozoqlar 216.020 24,21%
dunganlar 66.458 7,45%
uygʻurlar 36.804 4,12%
moʻgʻullar 29.759 3,33%
Dungsilar 5500 0,62%
daurlar 4.533 0,51%
ruslar 2.948 0,33%
qirgʻiz 1.870 0,21%
sibe 1.536 0,17%
boshqalar 4.140 0,46%

Shaueshek shahrining oʻzida 1994-yil hisoblanganday 56,4 ming kishi yashagan.

Daurlar va Sibes Shaueshek tumaniga Uzoq Sharqdan 1764-yillari Xitoyning gʻarbiy chegarasin yopish maqsadi bilan koʻchirilgan.

Shaueshekdagi pravoslav cherkovi Madaniy inqilob davrida vayron qilingan, endi mahalliy rus jamoatchiligi vakillari uni qayta tiklashga mahalliy hokimiyatdan yordam soʻramoqda.[2]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrda bu shahar Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi muhim savdo markazi boʻlgan.

1865-yili dungan qoʻzgʻolonining paytida shahar qattiq vayron qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Suxoputniy (avtodorojniy) KPP „Baxti“
  2. XINJIANG: Security service investigation followed Orthodox priestʼs deportation (September 2004) (Inglizcha)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]