Oqil Salimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqil Salimov
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Mansab davri
1994-yil – 1998-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Abdulhoshim Mutalov
Oʻtkir Sultonov
Oʻtmishdoshi Joʻra Abdullayev
Vorisi Saidahror Gʻulomov
 OʻzSSR Oliy Soveti prezidiumi raisi
Mansab davri
1984-yil – 1987-yilgacha
Oʻtmishdoshi Inomjon Usmonxoʻjayev
Vorisi Rafiq Nishonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Taʼlim Oʻrta Osiyo industrial instituti (1950)
Kasbi muhandis-texnolog
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari

Oqil Umrzoqovich Salimov (1928-yil 24-dekabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — texnika sohasidagi olim, davlat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi Fanlari Akademiyasi akademik (1990), texnika fanlari doktori (1978), professor (1978).

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan (1950),
  • Moskva avtomobil zavodi (ZIL) da muhandis-texnolog (1950—53).
  • Toshkent universitetida assistent, dotsent, kafedra mudiri, dekan, prorektor (1953— 65), rektor (1992—94).
  • Oʻzbekiston KP Markaziy Komiteti fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri oʻrinbosari, mudiri (1966—70),
  • MK kotibi (1971 — 84),
  • Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1984—87),
  • Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida rektor (1987—92),
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1994—98).

Ilmiy ishlari avtomobilsozlikka doir. S. tadqiqotlari avtomobil dvigatelining quvvatini oshirib borish, yuqori foydalanish koeffitsiyentiga ega boʻlgan yangi generatorni ishlab chiqish, mashina detallarining koʻp yilga chidamliligini oshirish va boshqalarda muxim rol oʻynadi. Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini rivojlantirishga taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga malakali kadrlar yetishtirishga S. muayyan qissa qoʻshdi. S. „Doʻstlik“ (1996), „El-yurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]