Qoraqum eshon madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Qoraqum eshon madrasasi
qoraqalpoqcha: Qaraqum iyshan medresesi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qoraqalpogʻiston
Maktab yoʻnalishi Sunniy
Binokorlik tashabbuschisi Qutli xoja
Homiylar Qutli xoja
Asosiy sana:
1854-yil
Maqomi Saqlanib qolmagan

Qoraqum eshon madrasasi (qoraqalpoqcha: Qaraqum iyshan medresesi) — Qoraqalpogʻistonda saqlanib qolmagan madrasa. Muhammad Aminxon davrida (1845—1855) Xiva xonligining choʻl hududida (hozirda Boʻzatov tumanida) Qutli xojaning mablagʻlari evaziga 1854-yilda bunyod etilgan[1].

Madrasa 30 ta hujra, kutubxona, darsxona va boshqa xonalarni oʻz ichiga olgan. Unda Qoraqalpoq ovullaridan tashqari hozirgi Turkmaniston va Qozogʻiston hududlaridan kelgan talabalar tahsil olishgan. Madrasa juda boy kutubxonaga ega boʻlib, oʻz davrida undagi kitoblarni saqlab qolish uchun N. A. Baskakov, P. P. Ivanov va boshqa taniqli ilm ahli bong urishgan. Lekin, ularni saqlab qolishning iloji boʻlmagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Карлыбаев 2002, s. 37—41.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Карлыбаев М.. Медресе в Каракалпакии XIX — начала XX вв.. Нукус: Билим, 2002 — 84 bet.