Qayin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qayinqayindoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxt va butalar turkumi. Oq Q., kareliya Q.i, yumshoq yoki tukli Q., dauriya Q.i. yoki qora Q., yapaloq bargli Q. kabi 100 ga yaqin turi maʼlum. Asosan, Shim. yarim sharning moʻtadil va sovuq iqlimli r-nlari hamda subtropik mamlakatlarida tarqalgan. Gʻarbiy Yevropaning 65° gacha shim. kengliklarida, Rossiya Yevropa qismining oʻrmon va oʻrmondasht zonasida, Gʻarbiy Sibir, Zabaykalye, Sayan, Oltoy va Kavkazda uchraydi. Ignabarglilar va bargli daraxtlar bilan aralash oʻsib, keng Q. oʻrmonlari hosil qiladi.

Oʻrta Osiyoda 2 turi: Turkiston va Tyanshan Q.lari tarqalgan. Toʻqayzorlarda, 5—6 ga maydonlarda alohida yoki aralash oʻrmonlar tashkil qilib, togʻ daryolari qirgʻoqlarida ingichka polosalar holida oʻsadi. Baʼzi joylarda yongʻoqzorlar, archazorlar, oqqaragʻayzorlarda tabiiy holda uchraydi. Turkiston Q.i (B. turkestanica) Tyanshan-Olay togʻ daryolari boʻylarida uchraydi. Boʻyi 8—17 m. Poʻstlogʻi oqsariq, tanasidan tez koʻchadi. Barglari ketmaket joylashgan tuxumsimon, tigʻsimon. Gullari ayrim jinsli, bir uyli oʻsimlik. Toʻpguli kuchala. Apr. oyida gullab, oktyabrda urugʻlaydi. Tyanshan Q.i yoki qizil Q. (B. tianschanica) Tyanshan togʻlari vo’diylarida yakka holda yoki toʻptoʻp boʻlib uchraydi. Daraxtining boʻyi 20 m gacha yetadi. Shoxshabbalari keng , qalin. Poʻstlogʻi qatlamqatlam. Barglari toʻq kulrangyashil, rombsimon. Yosh novdalarida smolali soʻgallari bor. 8—15 yoshidan gullay boshlaydi. Q. yorugʻsevar, sovuqqa chidamli, qurgʻoqchilikka bardoshli. Turli tuproqiqlim sharoitlarida oʻsa oladi. 40—120 (150) yil yashaydi. Q.dan shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda foydalaniladi, yogʻochidan parket, faner, changʻi va boshqalar, ayrim turlarining yogʻochidan qimmatbaho mebel tayyorlanadi. Poʻstlogʻidan qatron, barglaridan boʻyoq olinadi, kurtagi va kuchalasi qushlar uchun yaxshi ozuqa. Q. sharbati, kurtagining qaynatmasi va tindirmasi tibbiyotda qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Grozdova N.B., Beryoza, M., 1976. Abdushukur Xonazarov.