Pessimizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Optimizmga teskari oʻlaroq, pessimizm idishning yarmi boʻsh, deydi

Pessimizm (lot. pessimus - "eng yomon") yoki badbinlik mavjud olam, tor maʼnoda hayot boʻlishi mumkin variantlar ichida eng yomonidir, deb qarovchi falsafiy oqimdir. Pessimistlar yomonlik badiiy asarlarda tasvirlanadigan hayotdagidan farqli oʻlaroq yaxshilik ustidan gʻalaba qilmaydi, deb fikrlashadi.

Pessimizm (lot. pessimum — eng yomon) — dunyoga, hayotga gʻamginlik, umidsizlik bilan qarash, kelajak yaxshi boʻlishiga ishonmaslik; hamma narsani qora rangda tasvirlash. P. optimizmttt qaramaqarshisi boʻlib, olamda avvalam bor uning salbiy tomonlarini koʻradi, olam umid qilib boʻlmaydigan darajada yomon, insonlarning yashashi — boshdan oxirigacha maʼnisizlikdan iborat deb hisoblaydi. P.ning di-niy ifodasi buddizmda, Qadimgi axdsa va xristianlikda aks etgan. Melanxoliya — P.ning patologik shakli. Falsafiy P. Shopengauer va Gartman asarlarida koʻzga tashlanadi. P.ga moyil odam pessimist deyiladi. [1]


Pessimizm tushunchasining falsafaga kirib kelishiga mashhur ekzistensialist Arthur Schopenhauer ishlari turtki boʻlgan. Schopenhauer'ning pessimizmi odamni ochlik, jinsiy mayl kabi instinktlar boshqaradi, inson shu instinktlarini qondirishga harakat qilib oʻlib ketaveradi, hayot tayinli maqsadsiz qolaveradi, qabilidagi fikrlarida namoyon boʻladi.

Olamimiz eng yaxshi ekanligini urgʻulovchi diniy argumentdan foydalanib falsafiy pessimizm foydasiga Schopenhauer keltirgan mantiqiy taʼkid quyidagichadir:

  1. Biz yashayotgan olam mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan olamlar diapazonida joylashgan boʻlsin. Olamimiz shu diapazonning qayerida ekanligini (eng yaxshi, eng yomon, oʻrta va hk.) aniqlash kerak.
  2. Olam yaxshi-yomonligi unda hayotning yuksak shakllari rivojlana bilishi va yashab qola olishi bilan belgilansin.
  3. Olamimizda mavjud yuksak hayot shakllari (masalan, primatlar) rivojlanishi va yashab qolishi oʻta mushkul ishdir. Zero, mavjud sharoitning oz boʻlsa-da yomonlashuvi shu hayot shakllarining butkul yoʻqolib ketishiga bemalol olib kela oladi.
  4. Demak, bizning olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar diapazoning eng tubida, hayot shakllarini oʻzida asray olmaydigan olamdan atigi bir pogʻona yuqorida ekan.
  5. Biz yashayotgan olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar ichida eng yomonidir.

Mashhur pessimistlar[tahrir]

Shuningdek[tahrir]

VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Pessimizm haqida sahifa mavjud.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil