Absurdizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Absurdizm (absurd soʻzidan) insoniyatning hayot maʼnosini topish yoʻlidagi harakatlari zoe ketadi, chunki bunday maʼnoning oʻzi mavjud emas, deb taʼkidlovchi falsafiy oqimdir. Absurdizm ekzistensializm toifasiga kiradi.

Absurdizm gʻoyalari XIX asr faylasufi, daniyalik Søren Kierkegaard tomonidan shakllantirila boshlandi. Kierkegaard fikrlari ekzistensialist tizimga aylanishiga esa fransuz faylasufi va adibi Albert Camus yozgan Sizif Asotiri kitobi turtki boʻldi. Ikkinchi Jahon Urushidan soʻnggi vayronagarchiliklar va iqtisodiy tushkunlik absurdist qarashlarni kuchaytirdi.

Søren Kierkegaard[tahrir]

Camus'dan bir asr avval Søren Kierkegaard olam mavjudligining absurd ekanligi haqida koʻp yozgan. Kierkegaard'ga koʻra:

Hayotning maʼnosiz ekanligiga eng yaxshi isbot uning maʼnosi borligini isbot qilishga keltirilayotgan argumentlardir.


Albert Camus[tahrir]

Albert Camus "Sizif Asotiri"da odamlarni Sizif kabi choʻqqiga tosh itarib chiqayotgani, lekin bu tosh alal-oqibat yana pastga tushib ketgani uchun ketgan barcha samar bekor boʻlishini taʼkidlaydi. Odamlarning barcha hissiyotlari va amallari sukut saqlovchi, sovuq olam fonida absurd ekanligini koʻrsatadi.

Mavjudlikning absurd ekanligini anglab yetgan kishi oldida uchta yoʻl qoladi: xudkushlik, dinga berilish yoki absurdlikni qabul qilib, yashashda davom etish. Camus'ga koʻra xudkushlik hayot yashash uchun arzimaydi, degan qarorga kelishdir. Bu tanlov "hayot haddan tashqari uzundir", iborasini bildiradi. Diniy hayotga berilish esa absurdni oʻz-oʻzini aldash bilan almashtirish demaktir, degan fikr ilgari suriladi. Camus inson yashashda davom etish bilan birga hayotning absurd ekanligini qabul etsa, asl ozodlikka erishishini soʻylaydi.

Hayot maʼnosi[tahrir]

Absurdizmga koʻra inson hayotining maʼnosi yoʻq. Lekin agar olam xudo tomonidan yaratilib, maʼno unga xizmat va ibodat etishda boʻlsa-chi, degan iddaolarga Kierkegaard "xudoning mavjudligidan maʼno nima?" degan savol bilan javob qaytaradi. Kierkegaard xudo agar bor boʻlsa, uning mavjudligida ham hech qanday maʼno yoʻq, deydi va shunday qilib xudoga ishonish ham absurddir, fikriga keladi.

Tanqid[tahrir]

Ekzistensialist tanqidchilarga koʻra hayot maʼnosini odamlarning oʻzlari yarata olishlarini uqtirishadi. Kishi oʻz oldiga biror maqsadni qoʻyib, unga erishishga harakat qilishi hayot maʼnosi boʻla oladi, deyishadi. Biroq absurdistlar bu maʼno vaqtinchalik ekanligini, maqsadga erishilgandan keyin yana boʻshliq paydo boʻlishini aytishadi.

Shuningdek[tahrir]