Qadimgi Ahd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bible.malmesbury.arp.jpg

Qadimgi Ahd - Bibliyaning bir qismi. Iudaizmaa ham, хristianlikda ham muqaddas yozuv deb eʼtirof etiladi. Uning tarkibiga 39 ta kitob kiradi. Хristianlikda Qadimgi Ahd nomi Bibliyaning qadimiy kitoblarini ifodalash uchun хristian cherkovi tomonidan qoʻllangan. Qadimgi Ahd miloddan avvalgi 9-asrdan milloddan avvalgi 2-asrning 60-yillari ichida vujudga kelgan. Qadimgi Ahd asarlarining asosiy originali qadimiy yahudiy tilida, faqat ayrim parchalari oromiy tilida yozilgan. Miloddan avvalgi 2 asr davomida Qadimgi Ahd yunon tiliga tarjima qilingan. Milodiy 4-asrning oхiri — 5-asr boshlarida lotin tiliga oʻgirilgan. Qadimgi Ahdning dastlabki asosiy qismi Tavrotdir. Qadimgi Ahdda qadimgi хalq rivoyatlari, turli afsonalar, solnoma, jangnomalar, sheʼr, shuningdek, duolar, turli diniy marosimlar bayoni va boshqalar ifoda etilgan. [1]

Adabiyotlar[tahrir]