Millatchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Millatchilik deb millatni jamiyat birligining eng yuqori shakli va davlat shakllanishida birlamchi, deb qarovchi siyosiy yoki gʻoyaviy yoʻnalishga aytiladi. Millatchilikning keskin, mutaassib turlari ekstremizmgacha borishi mumkin, masalan maʼlum bir mamlakatda faqat bir millat vakillari istiqomat qilishi mumkin, boshqa millat vakillarining huquqlari cheklanishi lozim, kabi shiorlar (Fashistlar Germaniyasidagi yahudiylar va loʻlilarga boʻlgan munosabat, 2010-yil Qirgʻiziston voqealari kabi).


Millatchilik — millat ayirish; oʻz millatining haqhuquklarini boshqa millatlar haqhuquqidan yuqori qoʻyish, oʻz ehtiyojlari va manfaatlarini oʻylab, boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik. M. milliy biqiklik, millat-parastlikka asoslanib, milliy nizo, ixtiloflarga sababchi boʻladi, jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. "M." va "ta-jovuzkor M." tushunchalarini farqlash lozim. M. oʻz millatining manfaatlarini yuqori qoʻyishga intilish orqali bir millatni bilibbilmay ulugʻlab, bu bilan milliy totuvlikka xavf tugʻdirsa, tajovuzkor M. jamiyatdagi hamjihatlikka ochikdanochiq qarshi chiqadi. M. ayrim soxta millatparvarlik gʻoyalariga tayanib, milliy oʻzligini anglash bilan bogʻliq milliy til, milliy ruhiyat, milliy ong , milliy gʻurur, milliymaʼnaviy qadriyatlar va sh. k.ni qurol qilib oladi. Aslida M.da milliy oʻzligini anglash yotdir. Chunki milliy oʻzligini anglash oʻz milliy xususiyatlari va oʻziga xoslikni tan olish bilan birga boshqa millatlarga xos barcha fazilatlar va qadriyatlarni ham eʼtirof etish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. M.ning siyosiy tusda namoyon boʻlishi salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi, davlat va millatning xavfeizligigagina emas, ayni vaqtda mintaqaviy, keng koʻlamli xavfeizlikka tahdid soluvchi kuchga aylanadi. Tajovuzkor M. shovinizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, irqchilik, fashizm gʻoyalari bilan uzviy bogʻliqdir. Demokratik jamiyatda bunday M. koʻrinishlariga yul qoʻyilmaydi.

Koʻp millatli davlatlar jumlasiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasida oʻzbeklar bilan bir katorda uz madaniyati va anʼanalariga ega bulgan 100 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Ularning mamlakat aholisi umumiy tarkibidagi ulushi 20 foizdan ortiqrokdir. Bunday sharoitda bir xalqni boshqasiga qarama-qarshi qoʻyish, milliy ustunlik qilish yoʻlidagi har qanday urinishlarning oldini olish muhimdir. Shuning uchun ham mamlakat Konstitutsiyasida "Oʻzbekiston Respublikasi oʻz xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari xurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi", deb yozib qoʻyilgan.

Ibodulla Ergashev.[1]



Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil