Muhandis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhandis (arab.) yoki injener (ingl. engine) — texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis; muhandislik sohalaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotli kasb egasi.


Muhandis (arab), injener — texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis; texnika sohalaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotli kasb egasi. Ilgari Sharqda binokor, yer oʻlchovchi, bino va inshootlarni loyihalovchi, handasa (geometriya) bilan shugʻullanuvchi kishilar M. deb atalgan. Bagʻdod, Damashq, Buxoro, Xiva, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon va b. sha-harlarda hozirgacha saqlanib qolgan qad. bino va inshootlar qurilishida foydalanilgan murakkab handasaviy (geometrik) shakllar, arklar, gumbazlar, qubbalar; sugʻorish va suv chiqarish inshootlari (koriz, sardoba), charxpalak (chigʻir) M.lik qadimdan taraqqiy etganligini bildiradi. Xususan, Ashad al-Fargʻoniyning Nil daryosiga qurilgan suv mikdorini oʻlchash inshooti ham M.lik namunasi hisoblanadi.

Yevropada, dastlab, harbiy mashinalarni boshqargan kishilar injener (lot. ingenium — qobiliyat) deb nomlangan. Bu tushuncha 16-a.da Gollandiyada koʻprik va yoʻl quruvchilarga nisbatan ishlatilgan, soʻngra Angliya va b. Yevropa mamlakatlariga tarkalgan.

M.ninghozir mexanik-M., gidrotexnik -M., kon M.si, harbiy M., loyihalovchi M., fizik-M., texnolog-M., quruvchi- M., irrigator-M. va b. turlari bor. M. lar sanoat, transport, qurilish va xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida, i.t. muassasalarida ishlaydi, muhandislik akademiyalarida, texnika in-tlari va un-tlarida, oliy texnika bilim yurtlari va b. muassasalardatayyorlanadi. Oʻzbekistonda M.lar Toshkent texnika unti, Toshkent informatsiyalar texnologiyasi unti, respublika viloyatlaridagi oliy texnika oʻquv yurtlari, Toshkent arxitektura-qurilish in-ti, Toshkent kimyotexnologiya in-ti, Toshkent davlat aviatsiya in-ti, Toshkent avtomobil-yoʻllar in-ti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi in-ti, Toshkent t. y. transporta muhandislari inti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat in-ti va b. muassasalarda tayyorlanadi.[1]

Muhandislik yoʻnalishlari[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil