Kandela

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kandela (lot. candela — sham) — Xalqaro birliklar tizimi SI da yettita asosiy birliklardan biri — yorugʻlik kuchi birligi; K. bilan belgilanadi. 1979 y. qabul qilingan. U 540-YU12 Gs chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan, yorugʻligining energetik kuchi kuzatilayotgan yoʻnalishda 1/683 Vt/sr ga teng boʻlgan manbaning yorugʻlik kuchi.

Yorugʻlik kuchi birligi turli davrlarda turlicha atalib kelingan. Mas, 1881 y.dan boshlab yorugʻlik kuchi birligi sham deb atalgan. Bir sham qotish t-rasidagi toza platinaning 1 sm2 yuzasidan nurlanayotgan yorugʻlik kuchiga teng .[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil