Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Livan mamlakatining rasmiy ayollar futbol terma jamoasidir. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda tashkil etilgan va Livan Futbol Assotsiatsiyasi (LFA), Livandagi futbol boʻyicha boshqaruv organi, tomonidan nazorat qilinadi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi hali FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan. Lekin Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi WAFF ayollar chempionatida ikkinchi oʻrinni, 2007 va 2019-yillarda esa shu turnirda uchinchi oʻrinni egalladi.

Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining umumiy natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini 2006-yilda Jazoir ayollar milliy futbol termasiga qarshi Arabiston ayollar chempionatida oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda 12:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Biroq, Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi AFC ayollar chempionatiga saralash oʻyini sakkiz yil oʻtib, 2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi munosabati bilan boʻlib oʻtdi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi yakunda Osiyo kubogi turniriga chiqa olmagan boʻlsa-da, 2013-yil 9-iyun kuni Quvayt ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan 12-1 hisobida gʻalaba qozondi. Bu Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining bugungi kungacha eng yirik gʻalabasi hisoblanadi[1][2].

Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi ommaviy tilda „Lady Cedars“ (arabcha: صبايا الأرز) deb ataladi[3][4]. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamlari davlat milliy bayrogʻiga nisbta qilingan boʻlib, jamoaning uy liboslari asosan qizil, mehmondagi liboslari esa oq rangda boʻladi[5]. 2006-yildan beri Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA Jahon reytingidagi oʻrni nisbatan beqaror boʻlib, jamoaning eng yaxshi reytingi 2009-yilning dekabrida 92-oʻrinni, eng yomoni esa 2018-yilning sentyabrida 148-oʻrinni egallagani edi[6][7].

Wael Gharzeddine boshchiligidagi Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi yanvar oyida 2019-yilgi WAFF ayollar chempionatida ishtirok etdi. Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz ishtirokini mezbon Bahrayn terma jamoasiga 3:2 hisobida magʻlub boʻlish bilan boshladi[8]. Ikkinchi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi har bir boʻlimda kiritgan bittadan gol evaziga Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[9]. Keyin Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Iordaniya terma jamoasiga 3:1 hisobida magʻlub boʻlishdi[10] va Falastinni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruhda uchinchi oʻrinni egalladi[11].

Avgust oyida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Arabiston ayollar kubogida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Misr, Tunis va Sudan terma jamoalari bilan oʻynadi[12]. Tunis terma jamoasi bilan 0:0[13] hisobida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor durang oʻynadi[14]. Keyingi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi mezbon Misr ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻldi[15]. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Sudan ayollar terma jamoasini 5:1 hisobida magʻlub etdi va toʻrt ochko bilan oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egalladi[16].

Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashini 2021-yil oktabr oyida boshlagan va Myanma ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻlgan[17]. Keyingi oʻyinlarda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalaba[18] va Guam ayollar terma jamoasiga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba ularning tarixda ilk bor Osiyo kubogi turniri yoʻllanmasi uchun yetarli boʻlmadi va Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, musobaqadan chiqib ketdi[19].

2022-yilning avgust-sentyabr oylari orasida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Hagop Demirjian boshchiligida Iordaniyada boʻlib oʻtgan 2022-yilgi WAFF ayollar chempionatida ishtirok etdi[20]. Falastin ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi Suriyaga qarshi soʻnggi oʻyinda 5:2 hisobida gʻalaba qozonishdan oldin mezbon Iordaniya ayollar terma jamoasiga 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Natijada Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta WAFF chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Livanlik Lili Iskandar turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[21].

Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi shu vaqtga qadar oʻyinda toʻqnash kelgan raqib terma jamoalar xaritasi (2021-yil 24-oktyabr)

Quyida Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Livan ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Ushbu roʻyxatni tuzishda Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[22].
Raqib terma jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Gʻalaba koʻrsatkichi Konfederatsiyasi
 Jazoir 1 0 0 1 0 12 −12 0.00 CAF
 Armaniston 1 0 0 1 0 2 −2 0.00 UEFA
 Bahrayn 2 0 0 2 3 6 −3 0.00 AFC
 Misr 2 0 0 2 1 9 −8 0.00 CAF
 Guam 1 1 0 0 3 0 +3 100.00 AFC
 Yunoniston 1 0 0 1 0 14 −14 0.00 UEFA
 Gonkong 1 0 0 1 0 4 −4 0.00 AFC
 Eron 3 0 0 3 1 19 −18 0.00 AFC
 Iroq 1 1 0 0 9 0 +9 100.00 AFC
 Iordaniya 8 0 0 8 4 34 −30 0.00 AFC
 Kuvayt 1 1 0 0 12 1 +11 100.00 AFC
 Latviya 1 0 0 1 0 6 −6 0.00 UEFA
 Liviya 1 0 0 1 1 7 −6 0.00 UEFA
 Marokash 1 0 0 1 0 8 −8 0.00 CAF
 Myanma 1 0 0 1 0 4 −4 0.00 AFC
 Falastin 2 2 0 0 6 0 +6 100.00 AFC
 Tunis 1 0 1 0 0 0 +0 00.00 CAF
 Suriya 8 6 1 1 21 6 +15 75.00 AFC
 Sudan 1 1 0 0 5 1 +4 100.00 CAF
 Birlashgan Arab Amirliklari 4 2 0 2 3 8 −5 50.00 AFC
 Oʻzbekiston 1 0 0 1 0 4 −4 0.00 AFC
Total 43 14 2 27 69 145 −76 32.56

Oxirgi yangilangan: Livan — Suriya, 2022-yil, 4-sentabr[23]

Livan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan barcha oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-aprel, 2006 Arabiston ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 0–12 Jazoir bayrogʻi Jazoir Aleksandriya, Misr
23-aprel, 2006 Arabiston ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 0–8 Marokash bayrogʻi Marokash Aleksandriya, Misr

2007-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

30-mart, 2007 Oʻrtoqlik uchrashuvi Suriya bayrogʻi Suriya 2–0 Livan bayrogʻi Livan Damashq, Suriya
3-sentabr, 2007 WAFF ayollar chempionati Iordaniya bayrogʻi Iordaniya 3–0 Livan bayrogʻi Livan Amman, Iordaniya
5-sentabr, 2007 WAFF ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 0–3 Eron bayrogʻi Eron Amman, Iordaniya
7-sentabr, 2007 WAFF ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 7–0 Suriya bayrogʻi Suriya Amman, Iordaniya

2010-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-oktabr, 2010 Arabiston ayollar kubogi Misr bayrogʻi Misr 5–1 Livan bayrogʻi Livan Manama, Bahrayn
Stadion: Al Ahli stadioni
21-oktabr, 2010 Arabiston ayollar kubogi Iordaniya bayrogʻi Iordaniya 3–1 Livan bayrogʻi Livan Manama, Bahrayn
Stadion: Al Ahli stadioni
23-oktabr, 2010 Arabiston ayollar kubogi Livan bayrogʻi Livan 9–0 Iroq bayrogʻi Iroq Riffa, Bahrayn
Stadion: Bahrayn National stadioni

2011-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

15-sentabr, 2011 Oʻrtoqlik uchrashuvi Iordaniya bayrogʻi Iordaniya 10–1 Livan bayrogʻi Livan Amman, Iordaniya
4-oktabr, 2011 WAFF ayollar chempionati Eron bayrogʻi Eron 8–1 Livan bayrogʻi Livan Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari
Report
6-oktabr, 2011 WAFF ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 1–0 Suriya bayrogʻi Suriya Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari
Report
8-oktabr, 2011 WAFF ayollar chempionati BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 5–0 Livan bayrogʻi Livan Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari
Report

2013-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

5-iyun 2013-yil Iordaniya bayrogʻi Iordaniya 5–0 Livan bayrogʻi Livan Amman, Iordaniya
7-iyun 2013-yil Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 4–0 Livan bayrogʻi Livan Amman, Iordaniya
9-iyun 2013-yil Livan bayrogʻi Livan 12–1 Quvayt bayrogʻi Quvayt Amman, Iordaniya

2015-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

13-mart, 2015 Afrodita kubogi Latviya bayrogʻi Latviya 6–0 Livan bayrogʻi Livan Geroskipou, Kipr
18-mart, 2015 Afrodita kubogi Bahrayn bayrogʻi Bahrayn 3–1 Livan bayrogʻi Livan Peyia, Kipr

2017-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

21-mart, 2017 Oʻrtoqlik uchrashuvi Livan bayrogʻi Livan 4-0 Suriya bayrogʻi Suriya Bayrut, Livan

2018-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

8-noyabr, 2018 Eron bayrogʻi Eron 8-0 Livan bayrogʻi Livan Chonburi, Tailand
15:00
Report Stadion: IPE stadioni
Tomoshabin: 30
Hakam: Asaka Matsushita (Yaponiya)
11-noyabr, 2018 Gon Kong bayrogʻi Gonkong 4-0 Livan bayrogʻi Livan Chonburi, Tailand
15:00
Report Stadion: IPE stadioni
Tomoshabin: 104
Hakam: Công Thi Dựng (Vyetnam)

2019-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

7-yanvar, 2019 WAFF ayollar chempionati Bahrayn bayrogʻi Bahrayn 3–2 Livan bayrogʻi Livan Muharraq, Bahrayn
19:00
Report
Stadion: Shaikh Ali Bin Mohammed stadioni
9-yanvar, 2019 WAFF ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 2–0 BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari Muharraq, Bahrayn
19:00
Report Stadion: Shaikh Ali Bin Mohammed stadioni
11-yanvar, 2019 WAFF ayollar chempionati Iordaniya bayrogʻi Iordaniya 3–1 Livan bayrogʻi Livan Muharraq, Bahrayn
16:00
Report
Stadion: Shaikh Ali Bin Mohammed stadioni
15-yanvar, 2019 WAFF ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 3–0 Falastin bayrogʻi Falastin Muharraq, Bahrayn
16:00
Report Stadion: Shaikh Ali Bin Mohammed stadioni

2021-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

8-aprel, 2021 Armaniston o`rtoqlik turniri Armaniston 2–0 Livan bayrogʻi Livan Yerevan, Armaniston
Report Stadion: Pyunik Training Centre
10-aprel, 2021 Armaniston o`rtoqlik turniri Litva 7–1 Livan bayrogʻi Livan Yerevan, Armaniston
Report
Stadion: Pyunik Training Centre
12-aprel, 2021 Armaniston o`rtoqlik turniri Livan bayrogʻi Livan 0–6 Iordaniya bayrogʻi Iordaniya Charentsavan, Armaniston
Report
Stadion: Charentsavan City stadioni
24-avgust, 2021 Arabiston ayollar kubogi Tunis bayrogʻi Tunis 0-0 Livan bayrogʻi Livan Qohira, Misr
21:00 UTC+2 Report Stadion: Police Academy stadioni
Hakam: Bouchra Karboubi (Morocco)
27-avgust, 2021 Arabiston ayollar kubogi Livan bayrogʻi Livan 0-4 Misr bayrogʻi Misr Qohira, Misr
21:00 UTC+2 Report Stadion: Police Academy stadioni
Hakam: Lamia Athman (Jazoir)
30-avgust, 2021 Arabiston ayollar kubogi Livan bayrogʻi Livan 5-1 Sudan bayrogʻi Sudan Qohira, Misr
21:00 UTC+2
Report Stadion: Osman Ahmed Osman stadioni
18-oktabr, 2021 AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi Burma bayrogʻi Myanma 4-0 Livan bayrogʻi Livan Bishkek, Qirgʻiziston
12:00 UTC+6 Report Stadion: Dolen Omurzakov stadioni
Hakam: Wang Chieh (Xitoy Taypeyi)
21-oktabr, 2021 AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi Livan bayrogʻi Livan 1-0 BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari Bishkek, Qirgʻiziston
12:00 UTC+6
Report Stadion: Dolen Omurzakov stadioni
Tomoshabin: 0
Hakam: Park Se-jin
24-oktabr, 2021 AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi Guam bayrogʻi Guam 0-3 Livan bayrogʻi Livan Bishkek, Qirgʻiziston
17:00 UTC+6 Report
Stadion: Dolen Omurzakov stadioni
Tomoshabin: 0
Hakam: Wang Chieh (Xitoy Taypeyi)

2022-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

14-avgust, 2022 Oʻrtoqlik uchrashuvi Livan bayrogʻi Livan 2-1 Suriya bayrogʻi Suriya Bhamdoun, Lebanon
11:00 UTC+3
Report
Stadion: Amin AbdelNour stadioni
Hakam: Doumouh Al Bakkar (Livan)
29-avgust, 2022 WAFF ayollar chempionati Falastin bayrogʻi Falastin 0-3 Livan bayrogʻi Livan Amman, Iordaniya
17:00 UTC+3 Report
Stadion: Petra stadioni
Hakam: Alesar Baddour (Suriya)
1-sentabr, 2022 WAFF ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 1-2 Iordaniya bayrogʻi Iordaniya Amman, Iordaniya
21:00 UTC+3
Report
Stadion: Petra stadioni
29-avgust, 2022 WAFF ayollar chempionati Falastin bayrogʻi Falastin 0-3 Livan bayrogʻi Livan Amman, Iordaniya
17:00 UTC+3 Report
Stadion: Petra stadioni
Hakam: Alesar Baddour (Suriya)
1-sentabr, 2022 WAFF ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 1-2 Iordaniya bayrogʻi Iordaniya Amman, Iordaniya
21:00 UTC+3
Report
Stadion: Petra stadioni
Tomoshabin: 498
Hakam: Muath Owfi (Falastin)
4-sentabr, 2022 WAFF ayollar chempionati Livan bayrogʻi Livan 5-2 Suriya bayrogʻi Suriya Amman, Iordaniya
17:00 UTC+3
Report
Stadion: Petra stadioni
Tomoshabin: 100
Hakam: Esra'a Al Mbaidin (Iordaniya)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „West Asia Womens Championship 2007“. Goalzz. Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  2. „Manba“ (arabcha). West Asian Football Federation (5-sentabr 2022-yil). 2022-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  3. Saqr. „Manba“ (arabcha). Football Lebanon (24-oktabr 2018-yil). 2019-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  4. „Perfect Jordan retain West Asian title“. Asian Football Confederation (16-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  5. „Lebanon's women breaking new ground“. FIFA (2-iyun 2013-yil). 2021-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  6. „Perfect Jordan retain West Asian title“. Asian Football Confederation (16-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  7. „Arab Women's Football Cup – Egypt 2006“. Goalzz. Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  8. „Winning starts for Jordan, Bahrain in WAFF Women's Championship“. Asian Football Confederation (8-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  9. „Rampant Bahrain continue winning ways“. Asian Football Confederation (10-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  10. „Jordan stay perfect, Palestine, UAE remain winless“. Asian Football Confederation (12-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  11. „Perfect Jordan retain West Asian title“. Asian Football Confederation (16-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  12. Reda. „Manba“ (arabcha). youm7.com (24-avgust 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  13. „Manba“ (arabcha). ajwaapress.com (25-avgust 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  14. „Lebanon National Team Results – Women Official (Total)“. FA Lebanon. Qaraldi: 4-aprel 2021-yil.
  15. Mahmoud. „Manba“. darelhilal.com (27-avgust 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  16. „Manba“. UAFA (31-avgust 2021-yil). 2021-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  17. „Myanmar defeat Lebanon to take huge step towards India 2022“. Asian Football Confederation (18-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
  18. „Lebanon defeat UAE to revive qualification hopes“. Asian Football Confederation (21-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
  19. „Lebanon finish in style“. Asian Football Confederation (24-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
  20. „Manba“ (arabcha). Lebanese Football Association (27-avgust 2022-yil). 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  21. „Manba“ (arabcha). West Asian Football Federation (5-sentabr 2022-yil). 2022-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  22. „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
  23. „Lebanon National Team Results – Women Official (Total)“. FA Lebanon. Qaraldi: 4-sentabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]