Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi (FIFA tomonidan Eron IR nomi ostida tan olingan) butun dunyo boʻylab xalqaro ayollar futbolida Eron sharafini himoya qiladi. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi (FFIRI) tomonidan nazorat qilinadi. Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi (FFIRI)ning ayollar futboli boʻyicha mas’ul xodimi Seyyide Shohreh Musaviy hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eronning birinchi ayollar terma jamoasi Toj Tehron futbol klubi tomonidan tashkil etilgan[1][2][3]. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi uzoq tarixga ega, xususan, Perspolis FC ayollar terma jamoasi (Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining dastlabki koʻrinishi) 1976-yilda tashkil topgan[4][5]. 2005-yilda qayta tiklangan Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yil sentyabr va oktyabr oylarida Iordaniyaning Amman shahrida boʻlib oʻtgan Gʻarbiy Osiyo Futbol Federatsiyasi ayollar chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007 va 2011-yillarda Gʻarbiy Osiyo Futbol Federatsiyasining ayollar oʻrtasidagi chempionatida yana ikkinchi oʻrinni egalladi[6].

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilda hijob kiygani uchun FIFA tomonidan qisqa muddatga xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan edi. Bu Eronning 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olish huquqidan mahrum boʻlishiga sabab boʻldi[7][8]. Taqiq 2012-yilda bekor qilingan[9].

2015-yilda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining sakkiz nafar oʻyinchisi jinsini oʻzgartirish operatsiyalarini kutayotgan erkaklar ekanligi haqida xabarlar bor edi[10][11].

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichida Iordaniya ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, AFC ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ilk bor qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi[12]. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining ushbu turnirdagi tarixiy debyutida Eron Hindiston terma jamoasi bilan golsiz durang oʻynadi. Keyingi oʻyinlarda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy va Xitoy Taypeyiga 0:7 va 0:5 hisobida yutqazib qo‘ydi va eng yomon uchinchi oʻrinni egallagan jamoa sifatida turnirdan chiqarib yuborildi.

Jamoa tasviri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaning laqabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi „Melli Baanovaan team (Xonimlar milliy jamoasi)“ nomi bilan tanilgan.

Sport toʻplamlar homiylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda futbol boʻyicha Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun sport formalarini yetkazib beruvchi tashkilotlar tarixi koʻrsatilgan.

Toʻplam yetkazib beruvchi homiy Homiylik davri
Germaniya Uhlsport 2019 — 2022
Eron Merooj 2022 — hozirgi kungacha

Jamoaning uy stadioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini „ Ararat“ stadionida oʻtkazadi.

Futbol oʻyinlarida ayollarning ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

 2018-yilning 9-noyabr kuni Xalqaro Futbol Federatsiyasi FIFA bosh kotibi Fatma Samura Eron hukumatidan ayollarning sport stadionlariga kirishini taqiqlashni bekor qilishni so‘rashini aytdi[13].

2019-yil sentabr oyida eronlik „ko‘k qiz“ nomini olgan ayollar futboli yulduzi Sahar Hodayari oʻzining sobiq jamoasi oʻyinini tomosha qilish uchun stadionga futbolni tomosha qilishga uringani uchun ikki-yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligini bilgach, Tehrondagi sud oldida o‘zini yondirib vafot etgani xabar qilingandi[14].

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Statistika maʼlumotlari 2022-yil 22-iyul sanasi holatiga koʻra berilgan. Quyida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Ushbu roʻyxatni tuzishda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[15].
Raqib terma jamoalar Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Konfederatsiyasi
 Bahrayn 2 2 0 0 9 0 +9 AFC
 Bangladesh 2 2 0 0 12 0 +12 AFC
 Belarus 3 0 0 3 1 9 −8 UEFA
 Xitoy 1 0 0 1 0 7 −7 AFC
 Xitoy Taypeyi 4 1 0 3 4 12 −8 AFC
 Gonkong 1 0 1 0 1 1 0 AFC
 Hindiston 4 1 1 2 5 5 0 AFC
 Iordaniya 10 5 2 3 16 15 +1 AFC
 Qirgʻiziston 1 1 0 0 1 0 +1 AFC
 Laos 1 1 0 0 5 1 +4 AFC
 Livan 3 3 0 0 19 1 +18 AFC
 Myanma 3 0 0 3 1 6 −5 AFC
   Nepal 1 0 0 1 0 3 −3 AFC
 Falastin 3 3 0 0 20 0 +20 AFC
 Filippin 2 0 0 2 0 8 −8 AFC
 Singapur 1 1 0 0 6 0 +6 AFC
 Suriya 4 4 0 0 34 1 +33 AFC
 Tailand 3 0 0 3 2 16 −14 AFC
 Tojikiston 1 1 0 0 5 0 +5 AFC
 Turkmaniston 1 1 0 0 4 0 +4 AFC
 Birlashgan Arab Amirliklari 2 1 1 0 6 3 +3 AFC
 Ukraina 2 0 1 1 1 2 −2 UEFA
 Oʻzbekiston 8 0 2 6 2 17 −15 AFC
 Vyetnam 3 0 0 3 2 13 −11 AFC
Jami 65 27 7 31 156 120 +36

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lavozimi Ismi Man
Bosh murabbiy Shvetsiya Anna Signeul [16]
Yordamchi murabbiy Qoʻshma Shtatlar Kelly Lindsey
Texnik menejer Eron Nosrat Irandoost
Nazoratchi Eron Fotima Alipour

Bosh murabbiylar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi 22 nafar futbolchi 2022-yil 12-yanvarda bo‘lib o‘tadigan AFC ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan edi[19].

Raqami Pozitsiyasi Futbolchi Tavalludi (yoshi) Oʻtkazgan oʻyinlar Gollar Klubi
1 1Darvozabon Zohreh Koudaei (1989-11-24) 24-noyabr, 1989 (yosh 32) 30 0 Iran Zobahan
12 1Darvozabon Maryam Yektaei (1993-06-19) 19-iyun, 1993 (yosh 29) 6 0 Turkey Beşiktaş J.K.
22 1Darvozabon Arefeh Seyed Kazemi - 1 0 Iran Shahrdari Sirjan

2 2Himoyachi Fatemeh Amineh Borazjani (1997-06-03) 3-iyun, 1997 (yosh 25) 12 0 Iran Shahrdari Sirjan
4 2Himoyachi Melika Motevalli (1998-05-06) 6-may, 1998 (yosh 24) 15 2 Iran Shahrdari Sirjan
5 2Himoyachi Ghazaleh Bani Talebi (2002-01-14) 14-yanvar, 2002 (yosh 20) 5 0 Iran Vechan Kurdistan
8 2Himoyachi Behnaz Taherkhani (captain) (1995-05-22) 22-may, 1995 (yosh 27) 20 3 Iran Bam Khatoon F.C
18 2Himoyachi Melika Mohammadi (2000-03-28) 28-mart, 2000 (yosh 22) 6 0 Iran Bam Khatoon F.C

6 3Yarim himoyachi Zahra Sarbali (1993-08-13) 13-avgust, 1993 (yosh 29) 21 0 Iran Bam Khatoon F.C
10 3Yarim himoyachi Sara Zohrabi (1996-11-13) 13-noyabr, 1996 (yosh 25) 25 6 Iran Sepahan Isfahan
11 3Yarim himoyachi Samaneh Chahkandi (1989-03-28) 28-mart, 1989 (yosh 33) 21 3 Iran Bam Khatoon F.C
13 3Yarim himoyachi Yasaman Farmani (1995-02-12) 12-fevral, 1995 (yosh 27) 8 0 Belgium Charleroi
19 3Yarim himoyachi Fatemeh Adeli (1995-07-16) 16-iyul, 1995 (yosh 27) 22 0 Iran Sepahan Isfahan

9 4Hujumchi Zahra Ghanbari (1992-03-04) 4-mart, 1992 (yosh 30) 17 13 Iran Bam Khatoon F.C
20 4Hujumchi Hajar Dabbaghi (1999-03-22) 22-mart, 1999 (yosh 23) 8 5 Iran Sepahan Isfahan
7 4Hujumchi Afsaneh Chatrenoor (1998-04-14) 14-aprel, 1998 (yosh 24) 16 0 Iran Shahrdari Sirjan
17 4Hujumchi Negin Zandi (2004-01-20) 20-yanvar, 2004 (yosh 18) 4 1 Iran Bam Khatoon F.C

Jamoa sardori[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zahra Ghanbari (20xx — hozirgi)

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • WAFF ayollar chempionati
Ikkinchi oʻrin: 2005, 2007, 2011
  • CAFA ayollar chempionati
Chempion: 2018, 2022

Xalqaro musobaqalarda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Eron ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Lavozim Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1991-yildan



Xitoy 2007-yil
Kiritilmadi
Germaniya 2011-yil Saralashdan oʻta olmadi
Kanada 2015-yil
Fransiya 2019
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil
2027 Aniqlanmoqda
Jami 0/9 - - - - - - - -

Olimpiada oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Eron ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Qoʻshma Shtatlar 1996-yildanXitoy 2008-yil Kiritilmadi
Birlashgan Qirollik 2012-yil Saralashdan oʻta olmadi
Braziliya 2016-yil
Yaponiya 2020
Fransiya 2024-yil Aniqlanmoqda
Qoʻshma Shtatlar 2028
Avstraliya 2032
Jami 0/7 - - - - - - -

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Eron ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Gonkong 1975-yildan



Vietnam 2008-yil
Kiritilmadi
Xitoy 2010-yil Saralashdan oʻta olmadi
Vietnam 2014-yil
Iordaniya 2018
Hindiston 2022 Guruh bosqichi 2 0 0 2 0 12 −12
Jami 1/19 2 0 0 2 0 12 −12

Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo oʻyinlarida Eron ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1990-yildan
Hindiston 2018
Kiritilmadi
Xitoy 2022 Aniqlanmoqda
Yaponiya 2026
Qatar 2030
Saudiya Arabistoni 2034-yil
Jami 0/8 - - - - - - -

WAFF ayollar chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

WAFF ayollar chempionatida Eron ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Iordaniya 2005-yil Ikkinchi o‘rin 4 3 0 1 20 2
Iordaniya 2007-yil Ikkinchi o‘rin 3 2 0 1 17 2
Birlashgan Arab Amirliklari 2010-yil Guruh bosqichi 2 0 0 2 0 5
Birlashgan Arab Amirliklari 2011-yil Ikkinchi o‘rin 5 4 1 0 21 7
Iordaniya 2014-yil Kiritilmadi
2019 — oldinga WAFF aʼzosi emas
Jami 4/7 14 9 1 4 58 16

CAFA ayollar chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

CAFA ayollar chempionatida Eron ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Oʻzbekiston 2018 Ikkinchi o‘rin 4 3 0 1 16 3
Tojikiston 2022 Ikkinchi o‘rin 4 3 0 1 10 1
Jami 2/2 8 6 0 2 26 4

FIFA Jahon reytingida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA Jahon reytingida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻrni
Jahon reytingi Reyting Yil Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Magʻlubiyat Durang Oʻsish Tushish
Reyting Koʻchish Reyting Koʻchish
70 2022-yil 0 0 2 70 0 70 0
2021-yil 0 0 0 70 0 70 0

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „تاریخچه فوتبال زنان در ایران“. 2018-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-noyabr.
  2. „آشنایی با تاریخچه فوتبال زنان در ایران“ (2011-yil 12-iyul).
  3. „تاریخچه فوتبال زنان در ایران | سابقه بازی فوتبال در بین زنان“.
  4. „Best of IR football federation... – Page 9“.
  5. تیم دخترای پرسپولیس
  6. „UAE triumph in West Asian Women's Championship“ (2011-yil 13-oktyabr).
  7. „Iran women's soccer team thwarted by hijab ban“. CBS News. Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
  8. „Iran's women soccer team banned from Olympics, because of headscarves“. The Washington Post. Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
  9. „Lifting of hijab ban in world soccer welcomed“. CBC News (2012-yil 6-mart). Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  10. News.com.au. „Most players on Iran's women's team are men: official“ (en-US). New York Post (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
  11. „Eight of Iran women's football team are men, official claims“ (en). The Sydney Morning Herald (2015-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
  12. „Iran's Women's Football Team Makes History – Sports news“ (en). Tasnim News Agency (2021-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  13. FIFA To Engage With Iran To Lift Ban On Women In Stadiums
  14. „'Blue girl': Iran's football fan, denied stadium entry, dies“. www.aljazeera.com. Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
  15. „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
  16. „Maryam Irandoost takes charge of Iran's women's football team“. Tehran Times (2021-yil 4-may).
  17. 17,0 17,1 „Maryam Irandoost takes charge of Iran's women's football team“. Tehran Times (2021-yil 4-may).„Maryam Irandoost takes charge of Iranʼs womenʼs football team“.
  18. „Helena Costa has 'no fear' of coaching men's team“. BBC Sport (2014-yil 22-may). — „took charge of their Iranian counterparts side in 2012. She left Iran in September last year.“.
  19. „AFC Women's Asian Cup 2022 – Squad List“. The Asian Football Confederation. [sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]