José Santamaría

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xose Emilio Santamariya Iglesias
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Emilio Santamaría Iglesias
Tavallud sanasi 31-iyul, 1929 (1929-07-31)(84 yosh)
Tavvalud joyi    Montevideo, Urugvay bayrogʻi Urugvay , Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 178 sm
Ampluasi himoyachi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Faoliyatini tugatgan
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
1947 — 1957
1957 — 1966
Flag of Uruguay.svg Nasyonal
Flag of Spain.svg Real Madrid

227 (2)   
Milliy terma jamoa
1952 — 1957
1958 — 1962
Urugvay
Ispaniya
20 (0)
16 (0)
Boshqargan klublari
1961 — 1971
1971 — 1978
1980 — 1982
Ispaniya (olimp.)
Espanyol
Ispaniya

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)


Xose Emilio Santamariya Iglesias (isp. José Emilio Santamaría Iglesias; 31-iyul 1929, Montevideo, Urugvay) — urugvaylik i ispaniyalik futbolchi, himoyachi. Ikki jamoa va ikki terma jamoada toʻp surgan jahon futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri. „Real Madrid“ning afsonaviy oʻyinchilaridan biri. Ispaniya terma jamoasi sobiq murabbiyi. Hozirda „Real Madrid“ faxriylari assosiyatsiyasi faol aʼzosi.

Biografiya[tahrir]

Xose Emilio Santamariya 1929-yil 31-iyulda ispaniyalik emigrantlar oilasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi oʻz shahri Ribadavia shahridan Urugvayga ishlash maqsadida borishgan. Birinchi yillarda oila moliyaviy muammolarga duch keladi, keyinchalik otasi bu qiyinchilikni bartaraf qilib, Montevideo shahri yaqinidagi villaga koʻchib oʻtishadi va u yerda Santamariya dunyoga keladi. Oilaning villa Sentenario futbol maydoniga yaqin joylashgan boʻlib, Santamariyaning yoshligi oʻsha yerda oʻtgan.

Santamariya oʻz faoliyatini „Atletiko Posito“ jamoasining yoshlar tarkibida boshlaydi. Jamoa juda ham iqtisodiy nochor ahvolda ekanligi sababli koʻpincha oʻyinchilarga jamoa libosiga puli boʻlmasdi. „Posito“ har doimgi oʻyinlarini tomosha qilish uchun galisiy emigrantlari istiqomat qiluvchi hududdagi bir magazin egasi ham kelardi. Ushbu inson „Nasyonal“ jamoasining amaldorlari bilan munosabati yaxshiligi sababli uning saʼy-harakatlari evaziga 1944-yil noyabr oyida Santamariyani koʻrik oʻtkazish uchun „Nasyonal“ jamoasi chaqiradi va natijada jamoa aʼzosiga aylanadi.
„Nasyonal“ning yoshlar tarkibida oʻynash bilan bir vaqtda Santamariya Franko-italiya bankida ishlaydi va 17 yoshida asosiy jamoa tarkibiga qoʻshilganidan soʻng, ikki kasbda faoliyat yuritishni tugatadi. 1947-yil 26-aprelda Santamariya „Nasyonal“ning asosiy tarkibida oʻz debyutini oʻtkazdi. Avvaliga Santamariya chap himoyachi yoki markaziy yarim himoyachi chizigʻida oʻynadi[1], lekin 1949-yili u markaziy himoyaga koʻchirildi, bu chiziqda u faoliyatini soʻnggigacha oʻynab keldi. „Nasyonal“ tarkibida Santamariya 1957-yilgacha oʻynadi, shu vaqt mobaynida u 5 marta Urugvay chempioni nomiga sazovor boʻldi.

Santamariyaning oʻyinlari 1954-yildagi jahon chempionatida nazarga tushgandi. Madridning „Real“ jamoasi prezidenti Santiago Bernabeu oʻsha vaqtlarda iqtidorli himoyachini sotib olishni xohlagan edi, ammo „Qirollik klubi“da yetarli mablagʻ boʻlmaganligi, bir yil oldin Alfredo Di Stefanoni sotib olishga koʻp mablagʻ ketganligi bois transferni bir muddatga qoldirishga toʻgʻri keldi. Ungacha markaziy himoya chizigʻini Torres yordamida yopib turildi.

1957-yilning bahorida 28 yoshli Santamariya „Real“ safiga qoʻshildi va oʻsha ondayoq asosiy tarkibga kiritildi. Santamariya „Real“ safida 446 ta oʻyinda maydonga tushdi[2], 6 karra Ispaniya chempioni, 4 karra Yevropa chempionlari kubogi sohibi, Qit'alararo kubok gʻolibi va Ispaniya kubogi sohibi boʻldi. Faoliyatidagi eng soʻnggi uchrashuvi 1966-yil 15-sentabrda „Gamburg“ jamoasiga qarshi kechdi, ushbu uchrashuvda nemislar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Erishgan natijalari[tahrir]

Izohlar[tahrir]

  1. Profil na nacionaldigital.com
  2. 227 ta Ispaniya chempionatida, 50 ta Chempionlari kubogida, 58 ta Ispaniya kubogida, 2 Qitʼalararo kubokda va 108 ta oʻrtoqlik uchrashuvlarda maydonga tushgan.

Havolalar[tahrir]