Italyan tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Italyanchadan yoʻnaltirildi)
Italyan tili
Milliy nomi italiano, lingua italiana
Mamlakatlar Italiya, San Marino, Malta, Shveysariya, Vatikan, Sloveniya, Xorvatiya, Argentina, Braziliya
Rasmiylik holati

Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi
Italiya bayrogʻi Italiya
Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya
San Marino bayrogʻi San Marino
Vatikan shahri bayrogʻi Vatikan
Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya
Sloveniya bayrogʻi Sloveniya
Mintaqalar Somali, Eritreya, Liviya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 59 million (ona tili; 2007)[1]
85 million (umuman)[2]
Tartiblovchi tashkilot Accademia della Crusca (norasmiy)
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiya tillari
Til oilasi

Hind-yevropa tillari

Italiy tillari
Roman tillari
Italo-dalmatian ostguruhi
Alifbosi Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 it
ISO 639-2 ita
ISO 639-3 ita

Italyan tili (italyancha: italiano — „italyancha“ yoki italyancha: lingua italiana — „italyan tili“) roman tillaridan biri boʻlib, unda asosan Italiya, Shveysariya, San Marino, Vatikanda gaplashishadi; bundan tashqari Malta, Monako, Xorvatiya, Sloveniya, Fransiya, Liviya, Eritreya va Somali kabi mamlakatlarning ayrim viloyatlarida italyancha gaplashadigan aholi istiqomat qiladi. Amerika va Avstraliya qitʼalarida ham baʼzi immigrantlar italyan tilini ona tili deb hisoblaydi.[3]

Italyan tili shevalari 3 katta guruhga boʻlinadi: shim., markaziy va jan. Jonli lotin tili asosida yuzaga kelgan. Lotin tilining asta-sekin Italyan tili sifatida qayta tarkib topishi 6— 10-asrlarga toʻgʻri keladi. 13-asrdan boshlab, ijtimoiy-iqti-sodiy va siyosiy taraqqiyot bilan Italiya shevalari ichida Florensiya (Toskan) shevasi alohida oʻrin egalladi va shu asosda italyan adabiy tili shakllandi. Italyan tilidagi soʻzlar deyarli qoʻsh undoshli boʻlib, unli tovushlar bilan tugaydi. Urgu soʻzning oxiridan ikkinchi boʻgʻiniga tushadi. Egalik olmoshi artikl bilan keladi. Gapda soʻz tartibi erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida.[4] Yevropa Ittifoqi statistikasiga binoan italyancha 59 million nafar aholi uchun ona tilidir, yana 14 million kishi undan ikkinchi til sifatida foydalanadi.[2][5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nationalencyklopedin "Världens 100 största språk 2007" The World's 100 Largest Languages in 2007
  2. 2,0 2,1 Eurobarometer – Europeans and their languages PDF (485 KB), February 2006
  3. Ethnologue report for language code:ita (Italy) – Gordon, Raymond G., Jr. (ed.), 2005. Ethnologue: Languages of the World, Fifteenth edition. Dallas, Tex.: SIL International. Online version
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. thebigbook

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydali havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://www.initalia.uz (Wayback Machine saytida 2022-10-22 sanasida arxivlangan) - Italiya va italyan tili hamda grammatikasi haqidagi sayt

Vikipediya logotipi
Vikipediya logotipi

Vikipediya italyan tilida
boʻlimga ega:
«Pagina principale»