Igor Volchok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Igor Volchok
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Semyonovich Volchok
Tavallud sanasi 4-oktyabr 1931-yil
Tavallud joyi Moskva, RSFSR, SSSR
Vafot sanasi 20-aprel 2016-yil(2016-04-20)
(84 yoshda)
Vafot joyi Moskva, Rossiya
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1950 Torpedo Moskva
1951—1952 CSKA Moskva
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Igor Semyonovich Volchok (1931-yil 4-oktabr, Moskva — 2016-yil 19-aprel, Moskva) — sovet va rus futbol murabbiyi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1972).

Tugʻilgan familiyasi vaqtidagi Volchek deb yozilgan. Harbiy xizmatga borganidan soʻng hujjatlardagi chalkashliklar natijasida familiya Volchokga oʻzgartirildi[1]. Rossiyalik taniqlik aktrisa Galina Volchek ota tarafidan qarindoshi hisoblanadi[2].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor professional futbolchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. U Moskva terma jamoasining sardori boʻlgan, shuningdek, Moskvaning „Torpedo“ (1950) va SSKA (1951-52) klublarining asosan oʻrinbosarlar va havaskorlar jamoalarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yorqin oʻtmagan futbolchilik faoliyatidan soʻng 1958-yildan oʻzini murabbiy sinashni boshladi[3]. Murabbiylik faoliyatida Igor bilan birga ishlagan va unga yordamchilik qilgan juda koʻplab shogirdlari keyinchalik murabbiylik sohasida oʻzlarini muvaffaqiyatli isbotlaganlari bilan mashhur boʻldi: Aleksandr Averyanov, Qurbon Berdiyev, Valeriy Gazzayev, Valeriy Gladilin, Givi Nodia, Valeriy Petrakov, Yuriy Syomin, Vitaliy Shevchenko, Vladimir Shevchuk, Vladimir Eshtrekov kabi mashxur insonlar u bilan birga ishlagan va koʻplab darslar olgan edi.

Faoliyatini Ukraina jamoalarida boshlagan[4][5], bir qancha vaqt Qozogʻiston klublarida ham ishlagan edi. 1973—1978, 1983—1985-yillarda Moskvaning „Lokomotiv“ klubida[6][7], 1979—1981-yillarda „Qayrat“ klublarida bosh murabbiy vazifasida ishlagan. 1990—1991-yillar Oʻzbekiston jamoalaridan Namanganning „Navbahor“ klubi bosh murabbiyi boʻldi va jamoani tarixda ilk bor SSSR Birinchi ligasiga chiqishida muhim vazifani bajardi. Keyinchalik 2003-yilda klubga qaytib 5 yillik mavsumdan soʻng jamoani sovrindorlar qatoridan oʻrin olishini imkonini berdi va yakunda Oʻzbekiston Oliy ligasida „Navbahor“ jamoasi bronza medallari sohibi boʻldi. 2016-yil 16-aprelda Moskva shahrida vafot etdi[8].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ігор ВОЛЧОК: «НАВІЩО ТОБІ ІТАЛІЯ?» — СКАЗАВ Я ГАЗЗАЄВУ"“. 28 листопада 2012da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 грудня 2017.
  2. „Игорь ВОЛЧОК: «ЗАЧЕМ ТЕБЕ ИТАЛИЯ?» — СКАЗАЛ Я ГАЗЗАЕВУ"“. 2012-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-fevral.
  3. „Официальная история футбольного клуба "Локомотив" Москва 1923-2005"“. 29 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 грудня 2017.
  4. „Волчок Игорь Семёнович - tavriya-history.ru“. 4 вересня 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 грудня 2017.
  5. „Волчок Игорь Семёнович - tavriya-history.ru“. 4 вересня 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 грудня 2017.
  6. „Тренер Игорь Волчок © Журнал «Спорт-Экспресс» №10 (34), октябрь 1999“. 28 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 грудня 2017.
  7. „Игорь Волчок: «В «Локо» прошли мои лучшие годы»“. 12 жовтня 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 грудня 2017.
  8. „Помер колишній головний тренер «Локомотива» і «Рубіна» Ігор Волчок“. 19 вересня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 грудня 2017.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Murabbiy Igor Volchok“
  • Igor Semenovych Volchok Transfermarkt.com saytida
  • Igor Semenovych Volchok worldfootball.net saytida