Valeriy Gladilin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valeriy Gladilin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Valeriy Pavlovich Gladilin
Tavallud sanasi 19-oktyabr 1951-yil (1951-10-19) (72 yosh)
Tavallud joyi Salaryevo, Moskva, Rossiya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Yarim himoyachi/Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FK Dnepr Smolensk (prezident)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1970—1972 FK Metallurg Krasnoyarsk 81 (12)
1974—1978 FK Spartak Moskva 131 (16)
1979—1982 FK Kairat 118 (31)
1983—1984 FK Spartak Moskva 38 (12)
1985—1987 FK Lokomotiv Moskva 81 (27)
1988 FK Meliorator Chimkent 24 (13)
1989 FK Uralmash Sverdlovsk 4 (0)
1989 Navbahor Namangan 9 (2)
Boshqargan klublari
1989 Navbahor Namangan
1997—1998 FK Spartak Moskva (yordamchi)
1998—1999 FK Dynamo Moskva (yordamchi)
2000—2001 Rossiya U-21
2002 FK MIKA
2002 FK Dynamo-SPb St. Petersburg
2009— FK Dnepr Smolensk (prezident)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

 

Valeriy Pavlovich Gladilin — (1951-yil 19-oktyabrda Moskva viloyati, Rossiya SFSR, Salaryevo qishlogʻida tugʻilgan) — rossiyalik futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi, futbol murabbiyi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1951-yil 19-oktyabrda Moskva viloyati Salaryevo shahrida tugʻilgan.

1983-yilda Qozog‘iston jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

1990-yilda Gladilin Polshaning „Kempno“ klubi safida 16 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan[1].

2007—2011-yillarda u „Yagona Rossiya“ partiyasidan V chaqiriq Davlat Dumasi deputati boʻlgan.

Futboldagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gladilin Komieta Łytkarino klubining bitiruvchisi. 1968-yilda u oʻz futbolchilik faoliyatini Moskva yaqinidagi „Komieta“ jamoasida boshladi va 1970-yilda „Avtomobilist“ klubiga Krasnoyarskga koʻchib oʻtdi. 1974-yilda u Moskvaning „Spartak“ jamoasiga qoʻshildi. 1979-yilda "Qayrat Olmaota" ga taklif qilindi[2]. 1983-yilda u Moskvaning „Spartak“ klubiga qaytdi va 1985-yilda Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi. 1987—1989-yillarda uchinchi ligadagi Qaragʻandaning „Shaxtyor“, „Meliorator Chimkent“, „Uralmash Sverdlovsk“, Namanganning „Navbahor“ klublarida toʻp surgan. 1989—90-yilgi mavsumda u Polshaning Lignomat Yankovi klubi futbolchisi boʻlgan. 1991-yilda FK Moskva havaskorlar jamoasi va Moskvaning „Dina“ futzal jamoasida oʻynagan, shundan soʻng u futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

1975-yilda SSSR Olimpiya terma jamoasi safida 4 ta oʻyin oʻtkazdi. 1979-yilda u SSSR xalqlari Spartakiadasida Qozogʻiston SSR jamoasida boʻldi. 1991-yilda u futzal boʻyicha SSSR terma jamoasida oʻynadi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gladilin futbolchi boʻlganidayoq murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1987—1988-yillarda Chimkentning „Meliorator“, 1989-yilda Namanganning „Navbahor“ klubida murabbiy va futbolchi vazifalarini birlashtirgan. 1992-yildan 1996-yilgacha „Starko“ estrada yulduzlaridan iborat futbol jamoasida oʻynagan va shugʻullangan, „Sport yulduzlari“ sanʼatkorlar sport klubi prezidenti boʻlgan. 1997-1998-yillarda Moskvaning „Spartak“, 1998—199-yillarda esa Moskvaning „Dinamo“ jamoasini boshqargan. Keyin u Rossiya yoshlar terma jamoasini boshqargan. 2001-yil dekabr oyida Armanistonning „Mika Yerevan“ klubi bosh murabbiyi lavozimini egalladi, Gladilin ushbu klubni 2002-yil maygacha boshqargan. Murabbiy Armaniston yoshlar terma jamoasini ham boshqargan. 2002-yilning 25-iyulidan to yil oxirigacha u Sankt-Peterburgning Dinamo klubini boshqargan. 2003-yilda Gladilin yana Rossiya yoshlar terma jamoasini boshqargan. 2004-yil aprel oyidan sportchi siyosiy hayotga aralashdi, hukumat va Davlat Dumasida turli lavozimlarda ishladi. 2009-yildan 2012-yilning 10-apreliga qadar Gladilin Dnepr Smolensk klubi[3] prezidenti lavozimida ham ishlagan.

Muvaffaqiyatlar va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbol muvaffaqiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spartak Moskva

Unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni
  • Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]