Aleksandr Averyanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Averyanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Nikolayevich Averyanov
Tavallud sanasi 1-oktyabr 1948-yil
Tavallud joyi Vladivostok
Vafot sanasi 15-iyun 2021-yil(2021-06-15)
(72 yoshda)
Boʻyi 1.63 m[1]
Ampluasi Yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1966-1969 Chernomorets Odessa 9 (0)
1969-1971 Sudostroitel Nikolayev 114 (7)
1972 Zvezda Tiraspol (8)
1973-1974 Sudostroitel Nikolayev 41 (14)
1975 Zarya Voroshilovgrad 25 (4)
1976 Lokomotiv Moscow 5 (0)
1976 Sudostroitel Nikolayev 8 (2)
1976-1981 Lokomotiv Moscow 161 (22)
Boshqargan klublari
1984 Tekstilchi-Andijon
1985 Shahrixon
1986-1987 Paxtakor-Andijon
1988 AGMK
1989-1993 Okean Naxodka
1994 Spartak Anapa
1994-1998 Krilya Sovetov-Samara
1999 Shinnik Yaroslavl
1999-2000 Uralan Elista
2000-2001 Alania Vladikavkaz
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Nikolayevich Averyanov (ruscha: Александр Николаевич Аверьянов; 1948-yil 1-oktyabr — 2021-yil 15-iyun) — sovet va rus professional futbolchisi va murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Averyanov futbolchi sifatida oʻz faoliyatini 1966-yilda SSSR oliy ligasida „Chernomorets-Odessa“ jamoasi safida boshlagan. 1966—1967-yillarda UEFA yoshlar oʻrtasidagi koʻplab turnirlar gʻolibi boʻlgan.

„Sudostroitel“ klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Averyanov „Sudostroitel“ klubi safida 1969—1971, 1973—1974, 1976-yillarda uch marta maydonga tushadi. SSSR chempionatlarida futbolchi 163 ta oʻyin oʻtkazib, jami 23 ta gol urgan. 1969-yilgi SSSR kubogi chorak finalida Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga qarshi oʻyinda raqib darvozasiga 1 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Lvovning „Karpati“ jamoasi bilan kechgan yarim final bahslarida uning jamoasi magʻlubiyatga uchraydi. „Sudostroitel“ klubi tarkibida 1974-yilda boʻlib oʻtgan Ukraina SSR chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi, xuddi shu musobaqaning 1971-yilgi bahslarida kumush medalni va 1973-yilgi oʻyinlarida esa bronza medallarini qoʻlga kiritadi. 1974- yilda Averyanov „Ikkinchi liga oʻyinlarining eng yaxshi 22 futbolchisi“ roʻyxatiga „oʻng qanot yarim himoyachisi“ sifatida kiritiladi.

„Lokomotiv“ klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Averyanov futbolchilik faoliyati davomida, shuningdek, Moskvaning „Lokomotiv“ klubi tarkibida bir nechta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Averyanov oʻzining murabbiylik faoliyatini O‘zbekiston SSRda boshlagan va 5 yil davomida Oʻzbekistonning turli klublarida murabbiy sifatida faoliyat koʻrsatgan.

„Okean“ klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989—1993-yillarda Averyanov „Okean“ klubiga murabbiylik qilgan. Jamoa bilan birgalikda 1989-yilda RSFSR kubogini qoʻlga kiritgan, 1991-yilda esa klubni SSSR chempionatining birinchi ligasiga olib chiqqan. 1992—1993-yillarda klub Rossiya chempionatining oliy liga bahslarida munosib ishtirok etgan.

„Atirau“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Averyanov 2006-yilda (iyul oyiga qadar) Qozogʻistonning „Atirau“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan.

„Gazovik“ klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil 27-iyulda Averyanov ''Gazovik" klubiga murabbiylik qilib kelayotgan Boris Sinitsyn oʻrniga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Uning qoʻl ostida jamoa uch marta (2006, 2007, 2008) Ikkinchi liga (Ural-Volga zonasi) kumush medali sohibiga aylanadi. 2008-yilda Rossiya kubogining 1/16 finaliga chiqishga erishadi, bu esa jamoaning futbol tarixidagi eng katta yutugʻi boʻlgan.

„Andijon“ klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etuvchi Andijonning „Andijon“ klubiga murabbiylik qiladi. U, shuningdek, bundan oldin ham ushbu jamoa safida 1984 va 1986—1987-yillarda murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2012-yilning 22-avgust kuni „Sho‘rtan“ klubidan yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan so‘ng Averyanov jamoani tark etadi, biroq klubning yangi murabbiyi „Andijon“ni oliy liga bahslarida ishtirok etish imkoniyatini saqlab qola olmaydi.

„Dinamo“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 23-dekabrdan — Sankt-Peterburgning „Dinamo“ klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Biroq klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar tufayli Averyanov ushbu jamoada uzoq ishlamaydi va 2010-yil 15-aprelida oʻz xohishi bilan klubni tark etadi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SSSR chempionati oliy ligasida 178 ta oʻyinda 25 ta gol muallifi;
  • 1966, 1967-yillarda yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni;
  • 1975-yilgi SSSR kubogi finalchisi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Averyanovning katta oʻgʻli Aleksandr Averyanov ham futbol sohasida faoliyat olib boradi. U, asosan, otasi murabbiylik qiladigan jamoalar tarkibida oʻyinlarda maydonga tushadi. Jumladan, futbolchi:

  • 1986—1987-yillar — „Paxtakor“ (Andijon);
  • 1988-yil iyuligacha — „Metallurg“ (Olmaliq);
  • 1990—1994-yillar — „Okean“ (Naxodka);
  • 1994—1998-yillar — „Sovetlar qanotlari“ (Samara) klublari safida toʻp surgan.

Kichik oʻgʻli Nikolay[2] ham futbol bilan shugʻullanadi va maydonda yarim himoyachi sifatida oʻyin olib boradi. Futbolchi otasi murabbiylik qiluvchi Orenburgning „Gazovik“, „Dinamo“ Sankt-Peterburgning „Oryol“ va „Znamya Truda“ klublarida faoliyat koʻrsatgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Averyanovga jigar kistasi tashxisi qoʻyiladi[3][4]. 2021-yilning 15-iyun kuni 72 yoshida vafot etadi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]