Haqqulobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Haqqulobod
shahar
40°54′22″N 72°07′10″E / 40.90611°N 72.11944°E / 40.90611; 72.11944 G OKoordinatalari: 40°54′22″N 72°07′10″E / 40.90611°N 72.11944°E / 40.90611; 72.11944 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Norin tumani (Oʻzbekiston)
Asos solingan 1926-yil 26-sentabr
Aholisi
27 500 (2 005-yilgi holat)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 998 69 61
Pochta indeks(lar)i 160400
Haqqulobod xaritada

Haqqulobod — Namangan viloyati Norin tumanidagi shahar (1974-yildan), tuman markazi. Viloyatning sharqida. Temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi (Namangan shahri) gacha 40 km. Aholisi 27,5 ming kishidan ziyod (2005). Pochta indeksi — 160400. Xalqaro tel. kodi — 998 69 61. Tuman hokimi Sultonov Aʼzamjom Mahmudovich (2012-yildan h.k)

„Norin paxta tozalash“ A/J, non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik fabrikalari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Toʻqimachilikka ixtisoslashgan OʻzbekistonLitva „Klayna-Tekstil“, „Haqqulobod-PIK“ (2009), „NORIN MECHANIKAL PLANT“ qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. Milliy hunarmandchilikning kosibchilik, zardoʻzlik va boshqa sohalari rivojlangan.

Shaharda 6 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, aniq fanlar va ingliz tiliga ixtisoslashgan internat maktabi, 1 kasb-hunar kolleji 1 Akademik litsey faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi (madaniyat va sanʼat binosida joylashgan) va uning 4 shoxobchasi, bolalar kutubxonasi, klub muassasalari, „Shodlik“ stadioni mavjud.

H.shahriga koʻrk bagʻishlab turuvchi binolar 'Yoshlar markazi' binosi, 'Osiyoʻ tantanalar majmuasi, 'Bek-otalar choyhonasi', 'Ziyod' toyhonasi xamshaxarlarimiz xursandchilik kunlarida el hizmatida.

Tuman markaziy kasalxonasi, bolalar kasalxonasi, kattalar va bolalar poliklinikalari, oʻsmirlar stomatologiya poliklinikasi, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Shahar hududidan Andijon — Toshkent transport yoʻli oʻtadi. H.dan Toshkent, Namangan, Andijon, Chinobod, Uchqoʻrgʻon va viloyatning b. yirik shaharlariga marshrutli taksilar qatnaydi. Norin tumani Namangan viloyatning janubiy sharqiy qismida joylashgan boʻlib. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan 1962-1973-yillarda va 1988-89 yillarda Uchqoʻrgʻon tumani tarkibida boʻlgan. Tuman gʻarbdan viloyatning Namangan va Uychi, shimoldan Uchqoʻrgʻon tumanlari, janub va sharqdan Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan tumanlari bilan chegaradosh. Mydoni 207.1 kv.km.

Norin tumanida Xaqqulobod shahar, 8 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Paxtaqishloq, Toshloq, Xoʻjaobod. Toʻda, Margʻizor, Norinkapa, Uchtepa, Kurgontepa) va 55 ta maxalla fuqorolar yigʻinlari mavjud. Norin tumani viloyatning sharqiy qismida Fargʻona tizmasini etaklarida joylashgan. Gʻarbiy chegaralari boʻylab Qoradaryo oqib oʻtadi, relefi past-baland tekisliklardan iborat (ball 600-800) metr togʻ etaklari paleogen davrining gil, oxaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan Norin xavzasi yoppasiga kondomeratdan iborat. Qoradaryo xavzasida kondomerat ustuni oʻnlab metr qalinlikda qoplab oʻtgan qiyosiy katta maydonda tekislik xosil qilgan. Norinning qayr tekisligi Uchqoʻrgʻon qishlogʻidan boshlab 2-3 km kengaydi: bu yerda qumoq xamda qumloq jinslar keng tarqalgan. Tuman xududining shimolidan janubga tomon katta Andijon kanali kesib oʻtadi. Tumanning janubiy gʻarbiy tomonidan Qoradaryoning eski uzanidan oʻtadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarini yigʻib Qoradaryoga quyiladi. Tuprogʻi janubiy qismida botqoq torfli, Shimolda boʻz tuproq. Norin Qoradaryoga qoʻshiladigan yerda oʻtloqli botqoq, oʻtloqli tuproqlar uchraydi. Iqlimi quruq. Kontinental yozi issiq. Qishi sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 6 gradus iyulniki 27, Yillik yogʻin 190-215 mm . Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman xududi xaydaladigan yerlardan iborat.