Gidrosfera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gidrosferada suvning aylanishi

Gidrosfera' — Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi — Dunyo okeani Yer qurrasi umumiy maydoni (510 mln. km2)ning 361 mln.km2 ni, yoki 71 % ni Gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6 % chasini egallab turadi[1]. Yer qurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 mln. km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4 % ini, quruqlik maydonining 14 % ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8 %, vodorod —1 0,8 %, xlor va natriy — 2,95 %. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi[2].

Gidrosfera toʻgʻrisida tushuncha[tahrir]

Gidrosfera erning su qobigʻi boʻlib, u yer poʻsti va atmosfera oʻrtasida joylashgan. Gidrosferadagi umumiy suv miqdori 13,859,846 ming km3. M.I.Lpvovich maolumotlariga koʻra bu iqdor 1,454,000,000 km3. Bu qobiqdagi suvlarni dunyo okeani, qurqlik va atmosfera suvlariga boʻlishadi. Dunyo okeanida gidrosferaning 96,5 foiz suvi toʻplangan. Quruqlik suvlari yuza va yer osti suvlariga boʻlinadi. Yuza suvlari gidrosfera suvlarining 1,97 % ni, yer, yer osti suvlari esa 1,70 % ni, atmosferadagi suv esa 0,001 % ni tashkil etadi[3]. Yer yuzasining 70,8 % ni suv qoplaydi. Uning maydoni 361 mln km2. Gidrosferaning tarkibiy qismlaridagi suv miqdori bir-biridan ancha farq qilsada, lekin ularning umumiy suv aylanishidagi faoligi ham bir hil emas. Masalan, daryo suvlarining aylanish davri 12 sutkaga, atm suvlariniki — 10 sutkaga, tuproq suvlariniki — 1 yilga, dunyo okeani suvlari — 2600 yilga, qutb muzliklari — 9700 yilga teng. gidrosfera okenas usvlari juda ko'p hisoblanadi.

Global suv aylanishi va erning yillik suv balansi[tahrir]

Gidrosferani dinamik sistema sifatida rivojlanishida troposfera va yer ostidagi suvlarning toʻxtovsiz harakati muhim rol oʻynaydi. Suvning geografik qobiqdagi global aylanishiga quyosh energiyasi, havoning gorizontal harakati va yerning tortish kuchi xizmat qiladi. Quyosh energiyasi tasirida okean va quruqlik yuzasidagi suvlar bugʻlanadi. Okean suvlarini bugʻlanishi quruqlik yuzasiga nisbatan 6,6 marta koʻp suvni bugʻlatadi. Global suv aylanishiga gidrosferaning 525,1 km3 miqdoridagi suvi qatnashadi. Bu suv miqdori har yili 1 km2 yer yuzasidan bugʻlangan suv miqdori — 1030 mm ga teng. Shu miqdordagi teng. Shu miqdordagi suv yana yogʻin tarzida yer yuzasiga qaytib tushadi[4].

Dengiz suvi tarkibining xususiyatlari[tahrir]

Dengiz suvining xususiyati — uning shoʻrligi. Ochiq okeanda suvlaring oʻrtacha shoʻrligi 35 promilga teng. Dengiz suvining tuz tarkibi quyidagicha: natriy xlorid — 77,7 %, magniy xlorid — 10,87 %, magniy sulfat — 4,7 %, kalpciy sulpfat — 3,6 %, kaliy sulpfat — 2,5 %, kalpciy karbonat — 0,3 % ni tashkil etadi. Daryo suvlarining shoʻrligi oʻrtacha 0,146 promillega teng. Dengiz suvida osh tuzi eng koʻp boʻlsa, daryo suvida karbornatlar koʻp miqdorda tashkil etadi. Okean suvlarining shoʻrligi oʻzgaruvchan miqdordadir. U joyning iqlimiga, muzlash yoki muzlarni erishiga, okean oqimlariga, daryo suvlarining miqdoriga va boshqa omillarga bogʻliq. Ochiq okean suvlarida shoʻrlik 32-38 promilga boradi. Oʻrta dengizlarda esa shoʻrlik ancha ortadi[5]. Masalan, Qizil dengizi suvining shoʻrligi 41 promilga teng.

Okean suvlarining termik va gaz rejimi[tahrir]

Okean suvlari katta issiqlik sigʻimiga ega. Okeanning 10 m lik suv qatlamini issiqlik sigʻimi butun atmosferaning issiqlik sigʻimidan toʻrt marta koʻpdir. Shuning uchun okean suvlari sekin isib, sekin soviydi. U oʻz issiqligi bilan havo massalarini ilitadi. Okean issiqlik balansidagi kirimda — quyosh energiyasi, chiqimida bugʻlanishga sarf boʻlgan issiqlik va atmosfera bilan boʻlgan turbulent issiqlik almashinishi kuzatiladi. Turbulent issiqlik almashinining miqdori unchalik katta boʻlmasada, bu issiqlik atmosfera boʻyicha taqsimlanib butun yer shari boʻyicha tarqaydi. Okean suvlarinng harorati va shoʻrligi taosirida suvlarning gaz rejimi shakllanadi. Harorat va shoʻrlik qancha koʻp boʻlsa, bu suvlarda erigan gazlar miqdori shunchalik kam boʻladi.

Okean suvlarining harakati va suv massalari[tahrir]

Okean suvlari doimo harakatda boʻladi. Bu harakat toʻlqinlanish, suv qalqishi, ichki toʻlqinlar, dengiz oqimlari, sinoptik girdoplar koʻrinishida boʻladi. Suvning harakatiga shamol, yer qimirlashlar va vulkanlar otilishlari, Yer-Oy tortilishi, harorat, shoʻrlikni turlicha boʻlishi taʼsir koʻrsatadi. Okean suvlarini vertikal yoʻnalishda toʻrt zonaga ajratiladi. Yuza suvlar — dunyo okeanining suv hajmini 5,1 % ni tashkil etadi. Oraliq suvlar — 31 %, suqurlik suvlar — 50,7 %, suv osti yaqinidagi suvlar — 13,2 ni tashkil etadi. Okean suvlarini harorati shoʻrligi, tiniqligi, organik hayot xususiyatlariga koʻra suv massalari ajratiladi. Yuza suvlarida quyidagi suv massalari ajratiladi:

  1. Ekvatorial-tropik
  2. Tropik
  3. Shimoliy subtropik
  4. Janubiy subtropik
  5. Shimoliy atlantika
  6. Janubiy hind okeani
  7. Subarktika
  8. Subantarkttika
  9. Arktika
  10. Antarktika.

Dunyo okeanidan oqilona foydalanish, chuchuk suv tanqisligi, gidrosferani muhofaza qilish muammolari hozirgi kunda yildan yilga keskinlashib bormoqda. 1982-yil 30-aprelda BMT dengiz huquqi boʻyicha Konvenciya qabul qildi. Bu dunyo okeanidan foydalanishni boshqarib turishda muhim rol oʻynaydi.

Manbalar[tahrir]

  1. σφαῖρα, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus
  2. ὕδωρ, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus
  3. World Water Resources: A New Appraisal and Assessment for the 21st Century (Report). UNESCO. 1998. http://webworld.unesco.org/water/ihp/publications/waterway/webpc/world_water_resources.html. Qaraldi: 13 June 2013. 
  4. Kennish, Michael J. (2001). Practical handbook of marine science, 3rd, Marine science series, CRC Press, 35. ISBN 0-8493-2391-6. 
  5. Marq de Villiers (2003). Water: The Fate of Our Most Precious Resource, 2, Toronto, Ontario: McClelland & Stewart, 453. ISBN 978-0-7710-2641-6. OCLC 43365804. , revised 2003|Governor General's Award (1999)