Foydalanuvchi munozarasi:Yuldoshov G'ayrat

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Yuldoshov G'ayrat!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Mirshohid Ismatov (munozara) 15:14, 20-May 2022 (UTC)[javob berish]

Kishi ismlari[manbasini tahrirlash]

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Avvalambor, qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur! Sizdan iltimos qilardimki, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang (VP:Maqolalarni nomlash sahifasi bilan tanishib chiqing). Masalan, Albert Eynshteyn emas, Albert Einstein. Malikxan munozara 11:38, 4-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Rahmat Chunarli Oldin bu haqda ma'lumotga ega emasdim. Yuldoshov G'ayrat (munozara) 11:54, 4-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Aynan qaysi maqolamdaxatolik bo'ldi shuni hamaytvoring. Boshqa xato qilmaslik uchun kerakda. Yuldoshov G'ayrat (munozara) 11:57, 4-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Bloklandingiz[manbasini tahrirlash]

Stop icon with clock
Siz maqolalarga reklama qoʻshganligingiz sababli 3 kun muddatga bloklandingiz. Blok muddati nihoyasiga yetganidan soʻng, siz bemalol foydali hissa qoʻshishingiz mumkin.
Agar blokni ochish uchun yaxshi sabablar bor deb oʻylasangiz, mana bu sahifani oʻqing, keyin quyidagi matnni munozara sahifangizga qoʻshing:
{{blokdan chiqarish|sabab=Bu yerda sizning sababingiz ~~~~}}.  Malikxan munozara 13:13, 4-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Bu chetlashtirilgan foydalanuvchining oʻziga qoʻyilgan toʻsiqni olib tashlash boʻyicha soʻrovi administrator tomonidan koʻrib chiqildi va oxirida soʻrov qanoatlantirilmadi. Boshqa administratorlar ham mazkur soʻrovni koʻrib chiqishlari mumkin, ammo tayinli sababsiz allaqachon chiqarilgan qaror bekor qilinmasligi lozim (qarang: chetlashtirish qoidalari).

Yuldoshov G'ayrat (chetlashtirish qaydlarifaol chetlashtirishlarglobal chetlashtirishlarhissasioʻchirlgan hissasifiltr qaydlarifoydalanuvchini roʻyxatga olish qaydlaritoʻsiqni oʻzgartirishtoʻsiqni olib tashlashfoydalanuvchini tekshirish (qaydlari))


Soʻrov sababi:

wikistependiya tanloviga qatnashayotgandim. 10 ga yaqin maqolani avtomat tarjima qilib o'zimga zaynt qildim boshqa odam meni mavzuimni olmasin deb. Zaynt qilganimni sababi 2 haftaga toqqa ketyapmiz amaliyotga. U yerda internet yuq. Shu sababli o'zbekchadagi avtomat tarjimalarni olib tayyor kodlarini va rus tilidagi variantni pdf qilib olib tog'da tarjima qilmoqni reja qildim. Menimcha shu sababli blok qilgansz. Iltimos dushanba kuni amaliyotga ketganimcha maqolalarni joylashim kerak.Blokdan chiqaring iltimos. Ham ishlab ham wikipediyada qatnashish oson bo'lmayaptida Yuldoshov G'ayrat (munozara) 13:42, 4-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Soʻrov nima sababdan qanoatlantirilmadi?:

Blokdan chiqarish boʻyicha siz tomoningizdan keltirilgan sabablar asosli emas. Shu sababli blok olib tashlanmaydi. Shuni ham yodda tutingki, yuqorida aytganimdek, blok muddati uzoq emas, 3 kun. Blok muddati nihoyalanganidan soʻng, yana bemalol yangi maqolalar yaratishingiz va ularni tahrirlashingiz mumkin. Malikxan munozara 08:42, 5-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]


Sizga (foydalanuvchi nomingizga/IP-manzilingizga) qoʻyilgan toʻsiq boʻyicha yana soʻrov qoldirmoqchi boʻlsangiz, iltimos, {{blokdan chiqarish}} andozasidan foydalaning. Shuni ham yodda tutingki, qayta-qayta asossiz soʻrov qoldirishingiz, munozara sahifangizni ham tahrir qilish huquqidan mahrum etilishingizga olib kelishi mumkin.

green card haqida drgan narsa reklama maqsadida yoki boshqa maqsadda emas shunchaki avtomat tarjimani chop etish va tarjima maqolani boshqa odam o'ziga olib qo'ymasligi uchun shu ishni qildim. Agar dushanbagacha hal qil to'g'irla desangiz mayli to'g'irlayman. Tahrirlab blokdan chiqaring iltimos Malikxon Yuldoshov G'ayrat (munozara) 14:12, 4-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Bloklanishingiz sababi maqolani mashina tarjimasi yordamida tarjima qilib qoʻyganingiz emas. Siz yaratgan maqolalaringizning koʻpida Green Card bilan bogʻliq reklama matnini joylashtirgansiz. Misol uchun, Peroz maqolasini olaylik, maqola tarixiga koʻz yugurturib chiqing. Birinchidan, siz rekalam emas deyayotganingiz, aslida reklama (mana bu yerga qarang). Keyin, Green Card bilan bogʻliq reklama matnini joylashtirsangiz, maqolani boshqa bir foydalanuvchi tahrirlamaydi, degan fikr qayerdan xayolingizga keldi? Malikxan munozara 05:45, 5-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
@Malikxan Yuq Malikxon reklama maqsadida qilganim yuq. hozir chuntiraman. maqolalarni avtomat bn tarjima qilib keyin chop etish tugmasini bossam muommolar bor shuning uchun chop etib bo'lmaydi dedi. shunga nima qilishni bilmay googlega gren card deb yozdim. qaysidr saytni tanladimda usha saytni green car degan matnni kopiravat qilib muommo bor bo'lgan bo'limga vstavit qildim. muommo yuqoldi va chop qilib quydim. asl holat shu. buncha muommo bo'lishini bilganimda qilmasdimeyYuldoshov G'ayrat (munozara) 06:47, 5-Iyun 2022 (UTC). Yuldoshov G'ayrat (munozara) 06:47, 5-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Maqolangiz chop etilmaganligi sababi — siz mashina tarjimasi orqali oʻgirilgan matnga birorta ham oʻzgartirish kiritmagansiz. Chop etish yoʻlini topa olmay, yechim oʻlaroq reklama matnini maqolaga qoʻshib chiqish toʻgʻri emas. Siz buni birgina emas, balki koʻplab maqolalarda amalga oshirgansiz. Blok muddati 3 kun, uzoq muddat emas. 7-iyun 2022-yil soat 13:42 da blokdan avtomatik tarzda chiqarilasiz. Undan keyin, bemalol tahrirlashingiz mumkin. Malikxan munozara 07:46, 5-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
@Malikxan 1-marta bo'lyaptiku. bunaqa narsaga duch kelmaganman. hich bo'lmasa dushanba kunigacha qisqartiring rtaga hammasini tahrirlab chiqay Yuldoshov G'ayrat (munozara) 07:49, 5-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
@Malikxan Internet zur bo'lgandayam maylidi. xullas ayb mendan o'tdi. ataylab qilganim yuq. tahrirlab to'g'irlab quysa bo'ladi deb o'ylabman. 1 kunga kamaytitib bering blokni. iltimos Yuldoshov G'ayrat (munozara) 07:52, 5-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
@Malikxan wikistependiyada orqada qolib ketaman. shunga achinyapman. bo'lmasa shuncha tashvish iltimos qilib boshizdiyam og'ritmasdim Yuldoshov G'ayrat (munozara) 07:57, 5-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Kishi ismlari[manbasini tahrirlash]

Avval aytganimdek, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang. Faqatgina maqolaning nomini emas, balki maqola ichidagi barcha asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilgansiz. Meghan Trainor maqolasidagi shu kabi xatolarni tuzatib chiqing. Menimcha, shunchaki mashina tarjimasi bilan yaratib, umuman koʻrib chiqmayabsiz maqolani. Albom nomlari tarjima qilmang. Lekin, istasangiz qavs ichida tarjimasini keltirib oʻtishingiz mumkin (msl, Mechanical Animals („Mexanik hayvonlar“)). Keyin, juda koʻp joylarda keraksiz boʻshliqlar tashlagansiz. Va yana, prodyuser emas, produser boʻlishi kerak. Malikxan munozara 12:46, 10-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Assalomaleykum Hop tushundim Yuldoshov G'ayrat (munozara) 12:52, 10-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Ha shoshib etibor bermabman Rahmat Yuldoshov G'ayrat (munozara) 13:07, 10-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Iltimos, maqola yaratganingizda shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, disambig qoʻshmang. Misol uchun, Shinovka (qishloq) emas, Shinovka deb nomlashning oʻzi kifoya. Malikxan munozara 19:15, 10-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

@Malikxan hop. lekin tarjimani originalida yani rus tilida disambig bor edida. ushanga qarab quydimda. sizni chundim disambig qarab quyaman endi Yuldoshov G'ayrat (munozara) 19:26, 10-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Vanessa Chantal Paradis[manbasini tahrirlash]

Yana bir bor salom! Faqatgina maqola nomida emas, balki uning ichida kelgan barcha asli lotin yozuvida boʻlgan kishi ismlarini aslidek qilib yozing. Yillarni yozishda orasiga chiziqcha qoʻying, yaʼni 1990 yil emas, 1990-yil, deb yozing. Havolalar boʻlimi shundayligicha qoldirmang, tarjima qiling. Официальный сайт emas, Rasmiy sayti, deb yozing. Malikxan munozara 10:53, 11-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Assalomaleykum ......... ortidan quvib ko'p xato qiletganimizni sezmayapmiz. Rahmat sizga yana bir bor Yuldoshov G'ayrat (munozara) 11:48, 11-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Vikipediyada maqola yozishni hobbi oʻlaroq koʻring, marafondan keyin ham faol boʻlib qolasiz, deb umid qilaman. Va shu yerda, Michael B. Jordan maqolangizdagi ayrim xatoliklarni yozib oʻtishimga izn bergaysiz. Maqolani mana bu gao bilan boshlagansiz: Maykl Bakari Jordan (inglizcha: Michael Bakari Jordan) — amerikalik aktyor. {{Talaffuz}} andozasidan foydalaning: Michael Bakari Jordan (talaffuzi: Maykl Bakari Jordan) — amerikalik aktyor. Keyin, nega maqoladagi barcha Michael B. Jordan, deb kelgan qismlarni qalin qilgansiz? Malikxan munozara 16:08, 11-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Rahmat etibor uchun. Qalin qilib yozishni o'zimga xos odat qilib olsammikan deb o'ylagandim. Uzim biron nimani yozsam muhim narsani tagiga chizib quyish odatim bor. Yuldoshov G'ayrat (munozara) 16:14, 11-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Menimcha maqola yozish aytganizday hobbiyga ayalanadi. ....... haqida gapirganim sababi ........ bor edi shu musobaqada yutsam .................. Bu musobaqa men uchun juda muhum. Xatolarimni aytib turganiz uchun rahmat sizga Yuldoshov G'ayrat (munozara) 16:17, 11-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Maqolani yozib boʻlgandan keyin, tahrir oynasi pastida joylashgan vikifikator tugmasini bosish yoddan chiqmasin. Vikifikator tegishli apostroflarni okinalarga aylantirib beradi. Va yana, munozara sahifangizni istalgan kishi oʻqishi mumkin, shaxsiy maʼlumotlaringiz, kimdandir qarzingiz bor yoki yoʻqligini ochiqlamasligingizni maslahat beraman. Yoqimli tahrirlar tilayman! PS. Tushunmagan joylaringiz boʻlsa, bemalol soʻrashingiz mumkin. Malikxan munozara 16:32, 11-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Hop chudim rahmat. Savollarim bor albatta. Rus tilidan tarjima qilganda vikifikator qanday ishlaydi. Bazida ishlamydiganday ko'rinadi. Yuldoshov G'ayrat (munozara) 03:52, 12-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
ContentTranslation bilan tarjima qilganda, bu tugma boʻlmaydi. Maqolani yaratib boʻlgandan keyin, Tahrirlash tugmasini bossangiz, tahrir oynasi ochiladi. Uning tagida Vikifikator tugmasi ham bor. Malikxan munozara 06:17, 12-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Ruth Roland maqolasida yana nega hamma Ruth Rolandʼlarni qalin qilib chiqqansiz? Tepada unday qilmang, deb yozdim-ku. Keyin, maqoladagi mana jumlani olaylik: "Ruth Rolandtalaffuzi: Rut Roland (1892-yil 26-avgust - 1937-yil 22-sentabr)". Talaffuzini keltirsangiz, qavs ichiga oling: "Ruth Roland (talaffuzi: Rut Roland; 1892-yil 26-avgust - 1937-yil 22-sentabr)". Va yana, Sidney Olkott emas, Sidney Olcott boʻladi. Malikxan munozara 15:47, 13-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
@Malikxan assalomaleykum hop to'g'irlayaman. rahmat yana bir bor Yuldoshov G'ayrat (munozara) 17:21, 13-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Forumda ishtirok eting![manbasini tahrirlash]

Salom, Yuldoshov G'ayrat! Vikipediyada faol va tajribali foydalanuvchilardan biri boʻlganingiz uchun sizni ushbu forumda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman! MaxiMillian (talk) 16:54, 14-Oktabr 2022 (UTC)

Salom! Mana shu maqola vaqtida siz tomoningizdan avtomat tarjima qilib yaratilgan ekan. Uni yaxshi holatga keltira olsangiz yaxshi ish boʻlardi. Aks holda mashina tarjimali sahifani oʻchirishga majburmiz. — Kagansky (munozarasi) 15:48, 22-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]