Esperanto
Esperánto — eng keng tarqalgan sun’iy til (loyihaviy, deb ham ataladi; turli manbalarga ko‘ra hozirda dunyoda 2 milliondan 20 milliongacha esperantistlar yashaydi). Varshavalik okulist Lazar (Lyudvig) Markovich Zamenhof tomonidan 1887 yili o‘n yillik mehnat natijasi o‘laroq yaratilgan. Nashr qilingan birinchi kitobi «D-ro Esperanto. Lingvo internacia. Antaŭparolo kaj plena lernolibro» («Doktor Umidvor. Xalqaro til. Muqaddima va to‘liq darslik»), deb atalgan. Zamenhofning taxallusi — Esperanto — tez orada shu tilning nomiga aylandi.
Mundarija |
[tahrir] Til
Esperanto har qanday ziyoli kishi uchun ikkinchi (ona tilidan so‘ng) til bo‘lib, universal xalqaro til bo‘lishi maqsadida yaratilgan (Istisno: bugungi kunda esperantoni o‘z ona tili, deb tan oluvchilar (denaskuloj) ham mavjud, ularning soni 200 dan 2 minggachadir). Esperanto tilini o‘rganish nisbatan osonligi hamda uning neytralligi, etnik emasligi tillararo to‘siqni bemalol yengib o‘tishga yordam qiladi.
[tahrir] Alifbo va talaffuz
Alifbo: A, B, C, Ĉ, D, E, F, G, Ĝ, H, Ĥ, I, J, Ĵ, K, L, M, N, O, P, R, S, Ŝ, T, U, Ŭ, V, Z.
Har bir harfga bitta tovush mos keladi (fonetik xat). Xarf o‘qilishi uning so‘zdagi joylashishiga bog‘liq emas (xususan, so‘z oxiridagi jarangli undoshlar o‘qilmaydi).
Urg‘u doim oxirgidan oldingi bo‘g‘inga tushadi.
C (co) ts, deb talaffuz qilinadi: centro — markaz, sceno — sahna. Ĉ (ĉo) ch, deb talaffuz qilinadi: ĉefo — shef, boshliq; ĉokolado — shokolad. G (go) doim g, deb talaffuz qilinadi (ba’zi tillardagi kabi j emas): grupo — guruh, geografio — jo‘g‘rofiya. Ĝ (ĝo) j, deb talaffuz qilinadi: ĝardeno [jardéno] — bog‘, etaĝo [etájo] — qavat. H (ho) inglizchadagi h kabi bo‘g‘iq talaffuz qilinadi: horizonto — ufq. Ĥ (ĥo) o‘zbekchadagi x kabi talaffuz qilinadi: ĥameliono — buqalamun, ĥirurgo — jarroh, ĥolero — o‘lat. J (jo) — y,deb talaffuz qilinadi: jaguaro — yaguar, jam — allaqachon. Ĵ (ĵo) ruschadagi j kabi talaffuz qilinadi: ĵargono — jargon, ĵaluzo — rashk, ĵurnalisto — muxbir. Ŝ (ŝo) sh, deb talaffuz qilinadi: ŝi — u, ŝablono- shablon. Ŭ (ŭo) — inglizchadagi w kabi talaffuz qilinadi: paŭzo — pauza, Eŭropo — Yevropa.
Talaffuz namunasi ("Hazrat" duosi)
[tahrir] Lug‘at
So‘zlarning ko‘pchiligi roman-german tillaridagi so‘zlar bilan o‘zakdosh. Ba’zi so‘zlar slavyan tillaridan olingan. Ularning boshlang‘ich orfografiyasi esperanto tilida saqlanib qolmagan.
[tahrir] Grammatika
Esperanto grammatikasini istisnolarsiz 16 qoida ko‘rinishida tasniflash mumkin (birinchi darslikda aynan 16ta qoida yozilgan edi). Yozuv uchun lotin alifbosi asosidagi fonematik alifbo ishlatiladi.
[tahrir] Esperantistlar
Esperantistlar, ya’ni esperanto tilida gaplashuvchilar soni aniq emas. Lekin, shunisi aniqki, esperanto tili sun’iy tillar ichida eng omadlisidir. 2004 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Universala Esperanto-Asocio (Butunjahon Esperanto Assotsiatsiyasi) 114 ta mamlakatda o‘z a’zolariga ega, har yili o‘tkaziladigan Universala Kongreso (Butunjahon Esperantistlar Kongressi) esa 5 ming nafargacha ishtirokchi yig‘adi.
[tahrir] Havolalar
- Bepul esperanto kursi
- Борис Колкер. Учебник языка эсперанто. Основной курс
- (mul) Esperantomondo - Esperanto portalo kaj koresponda servo
- Esperanto tilidagi sahifa
- Esperantoning ingliz tilidan ustunligi
|
Bu maqola juda qisqa. |
|
|
Iltimos, maqolani kengaytiring. |
|