Sintoizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sintoizm, shintoizm, sinto (yap. 神道 Shintō) (yaponcha sinto, aynan — xudolar yoʻli, xudolar taʼlimoti) — Yaponiyada tarqalgan dinlardan biri. 6—7-a.larda vujudga kelgan. Bu din buddizm Yaponiyada tarkala boshlagan davrda xali aniq bir nom bilan atalmas edi. Birinchi marta "sinto" atamasini 18-a.da buddizmdan farq qilish uchun ishlatila boshlangan. 1868—1945 y.larda Yaponiyaning davlat dini bulgan.

S. asosida tabiatga va ajdodlar ruhiga sigʻinish yotadi. Uning taʼlimotiga kura, odamlar qandaydir ruhlar yoki xudo (sin yoki kami)lardan tarqalgan. Oliy xudosi — Amaterasu (quyosh maʼbudasi). S. taʼlimotining asosini imperator hokimiyatining ilohiyligi (imperatorga suzeiz itoat etish) tugʻrisidagi aqida tashkil egadi. Imperator Amaterasuning avlodi hisoblanadi. S. kupxudolikka asoslangan. Sda asosiy eʼtibor yer yuzidagi hayotga qaratilgan, narigi dunyo masalalariga qiziqish kam. S keyinchalik buddizm, konfutsiychilik hamda xristianlik taʼsiriga uchrashi uning nufuzi pasayishiga olib keldi. Lekin, 20-a.ning 50y. laridan S.ga boʻlgan rasmiy munosabat yana oʻzgarib, uning yapon davlatchiligi bilan bogʻliq udum, bayram va anʼanalari ti klana boshladi.