Animizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Animizm (lot. anima — jon, ruh) — jon va ruhlar borligiga ishonish. Ib-tidoiy davrda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurash-da ojizlik qilgan, o‘z hayoti va tanasida-gi turli hodisalar (tush ko‘rish, gallyu-sinatsiya, o‘lim va h.k.)ni tushunmagan. Ular jon tana b-n bog‘langan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi b-n moddiy narsalar-ga bog‘liq ruh to‘g‘risidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga bo‘lingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta’sir ko‘rsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil