Bahoiylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayl:How india 3789 300 300 c.jpeg
Hindiston New Dehlidagi Bahoiy ibodatxonasi


Bahoiylik, bahoiyya — diniysiyosiy oqim. 19-a. oʻrtalarida Erondagi bobiylik harakatining davomi sifatida Iroqda vujudga kelgan. Asoschisi Bahoullo. U insoniyat uchun yagona din, iqtisodist va davlat zarur degan gʻoyalarni ilgari suradi. Bahoullo fikricha, mavjud dinlarni yoʻqotishning hojati yoʻq, ularni qandaydir bir nuqsonsiz taʼlimot asosida birlashtirish lozim. Aslida hamma dinlar yaxshi, faqat ularni ortiqcha aqida va urf-odatlardan tozalash kerak. Muhimi — xudoni sevish kerak, chunki mu-habbat taraqqiyotning sharti va koinot qonunidir. 1979 y.da Eronda islom ipqilobidan soʻng bu taʼlimotning oʻplab rahnamolari qatl etildi. Baho-iylar Osiyoning baʼzi mamlakatlarida ham bor. Bahoiylarning koʻpchiligi Yevropa va Amerikada, asosiy markazlari Germaniya, AQSH, Panamada. Markaziy qarorgohi Xayfa (Isroil) sh.da.

Oʻzbekistonda bahoiylarning roʻyxatdan oʻtgan 3 ta jamoasi bor (1998). Ular Toshkent, Samarqand, Navoiy sh.laridadir. Oʻz anʼanaviy bayramlarini oʻtkazadilar, Xanfa sh.ga ziyoratga borib turadilar.[1]

Bahoiylik, XIX asrda paydo boʻlgan din. Dunyoning butun mamlakatlarida bu dinga iymon keltirgan 5 million inson mavjud.

Haqida[tahrir]

Bahoiy dini 1800-yillarda Eronda paydo bo'lgan din. 1844-yilda Bob, ya'ni (Said Ali Muhammad yangi bir davrning kelayotganini va yangi Payg'ambar kelishini e'lon qiladi. Bahoiylikni boshlatgan odam, laqabi Bahoulloh bo'lgan Mirza Husayn Ali hisoblanadi. 1863-yil 21 aprelda Bog'dotda surgundaligida payg'ambarligini e'lon qiladi.

Tarihiy ma'lumotlar[tahrir]

Fayl:47Sevruguin.jpg
1910-20-yillarda Erondagi bir guruh Bahoilar (Fotograf - Antoin Sevruguin)

1844-yil 23 mayda, Sherozda Said Ali Muhammad(Bob) (Bob, arabchada eshik manosini anglatadi) o'zini Qoim, Mahdiy deb e'lon qiladi. Minglarcha inson Bobga ishonib "Bobiy" bo'ldi. Dindagi bu olg'alamalar va eski dinga qaraganda yangicha fikrlarni o'rtaga chiqishi Eronda ko'p bosqinlarga sabap bo'ldi. 1850-yil Tabriz shahrida Bob otib o'ldirildi va yana bir qancha bobiylar ham turli hil usullar bilan o'ldirildi. Bob elganidan keyin Bobiylarga Mirza Husain Ali (Bahoulloh) boshliqlik qildi.

Bahoulloh va u bilan birga bo'lganlar Bog'dotga surgun qilinadilar.1863-yil Bahoulloh, Bob bir vaqtlar kelishini bashorat qilgan inson o'zi ekanligini va butun dunyo bir davlat kabi yashaydigan, urushlar bo'lmaydigan Mahdiy davri keganligini e'lon qiladi va Bahoiy dini haqida ma'lumotlar berdi. Bahoulloh hayotini 40 yilini Usmonli İmperiyasida o'tkazadi. 1863-yil 12 dekabrda Edirnaga boradi va u yerda 5 yil yashaydi.

Bahoiylarning markazi Isroildagi Hayfa shahridadir. 1868 yili Bahoulloh oilasi va unga iymon keltirgan insonlar bilan o'sha davrda Usmonliga kirgan Akka Qal'asiga surgun qilinadi. Hozirda u yer Isroilga kiradi. Bahoulloh u yerda o'lgunucha yashaydi. Akkani yonidagi Hayfa shahri shuning uchun ham Bahoiylar dunyo markazi bo'ldi.

Din asoslari[tahrir]

  • Butun dinlarning kelib chiqishi birdir. (Ohirgi din İslom yoki bahoiylik emas, bundan keyin ham boshqa dinlar keladi)
  • İnsoniyat olami bir-butundir.
  • Din bilim va aql bilan mos bo'lishi kerak.
  • İrq va dinga qarab ajratishlar yo'q qilinishi kerak.
  • Erkak va Ayol tengdir.
  • Umumiy tinchlik uchun harakat qilish kerakdir.
  • Ta'lim majburiydir.
  • Erkin fikrlash bilan haqiqat qidirlishi kerakdir.
  • Juda ham boylik va juda ham kambag'allik yo'q qilinishi kerak.

Muqaddas yozuvlar va ibodat[tahrir]

Muqaddas kitoblar

Umumiy qonun-qoidalarni o'z ichiga olgan diniy-muqaddas kitoblari Akdes(Ma'nosi Eng Muqaddas Kitob) va Iqan(Tavrot, Injil va Qur'ondagi bazi oyatlarni o'z ichiga oladi), Saqlangan So'zlar (Kalimat-i Maknuna), Bo'rining Og'li Risolasi kitoblaridir. Bahoiylar, butun diniy kitoblar umumiy bir sistemaning parchasi ekanligiga va butun insoniyatning umumiy me'rosi ekanligiga ishonadilar.

Ibodat

Bahoiylik dinida duo, namoz va ro'za kabi farzlar bor. Namoz bir o'zi qilinadgan ibodatdir va bu dinda to'planib namoz o'qish yo'qdir. 2 martdan 21 martgacha ro'za tutadilar.

Bahoiy dinida Tinchlik[tahrir]

Dunyoda tinchlik o'rnatish mumkin Tinchlikka insonlarni eski tushunchalariga ko'ra, dahshat va vahshiylik yetishamizmi, yoki hozir, o'z irodamiz bilan unga quchoq ochamizmi? Bu butun dunyo ahlining o'z tanlovi.

Dunyoning bir-butun mamlakat bo'lishi Dunyo insoniyatning vatani bo'lishi va boshqarilishi uchun butun insonlarning bir ekanligiga ishonch keltirish kerak. Bu haqda maktablarda, va boshqa yerlarda butun millatlarga ma'Lumot berilishi kerak.

Millatchilik va irqchilik Tinchlikning eng kotta to'sig'idir.

Boy va Kambag'al ning orasidagi o'lchab bo'lmaydigan farq dunyoni urush eshigga olib kelgan sababdir.

Bahoulloh shunday deydi:‘Dunyo-bir mamlakat, insonlar esa uning fuqarolaridir.’ Dunyodagi hamma millatlarni sevish, o'z millatini sevishdir.

Diniy tortishmalar tarih bo'yicha ko'p urushlarga sabab bo'lgan va rivojlanishga katta to'siq bo'lgan.

Ayollarning erkinligi, İkki jinsning tengligi tinchlikning shartlaridan biridir.

Butun din va irqlar birdir: “Shubhasiz, qaysi millatga oid bo'lsin qaysi dinga sig'insin butun insonlar bitta Tangrining qullaridir.”

Boshqa dinlar ko'zi bilan Bahoiylik[tahrir]

Bir qancha ma'lumotlarga ko'ra, bahoiy diniy oqimlar qatoriga kiradi. ba'zi qarashlarga ko'ra XIX-asrda tashkil topgan, butun dinlarni bir qilishga harakat qilgan insonparvar va tinchlik tarafdori dindir. bahoiy dinini qabul qilganlar orasida bu dinni Ibrohimiy dinlarga kiradi deb hisoblaydiganlar bor. Islom, Hristian va Yahudiy dinlarining bu dinga qarshi chiqganliklarini asosiy sababi ularning "ohirgi din va ohirgi payg'ambar" ga ishonishlari edi. Chunki bu uch dinda ham ohirgi payg'ambarga iymon keltirilgan.

Bahoiy ibodatxonalari[tahrir]

Fayl:Wilmette.jpg
Chikagodagi Bahoiy ibodatxonasi

Bahoiy ibodatxonalari butun dinlarga mansub insonlarning ovoz chiqarmaslik sharti bilan bilganlaricha ibodat qilishlari mumkun bo'lgan makonlardir. Hozirgi kungacha har bir qit'ada 1 tadan, ya'ni 7 ta ibodatxona qurilgan.

Ularning hammasini 1 ta qubbasi va 9 ta kirishi bor.(bu dunyoda 9 ta din bor ekanligini bildiradi)

Birinchisi Ashgabat shahrida 1908 yilda qurilgan. 1938-yilgacha hizmat bergan bu ibodatxona Sovet hukumati tomonidan yopildi. 1962-yilda zilzila oqibatida buzildi.

1953-yilda Chikagoning janubida ibodatxona qurildi.

Qolgan ibodatxonalar quyidagi mamlakatlarda: Uganda(Kampala), Avstraliya (Sidney), Germaniya (Frankfurt), Panama (Panama City), G'arbiy Samoa (Apia), Hindiston (New Dehli)

1986-yilda bitirilgan Hindistondagi ibodatxona bir qancha memoriy mukofotlar oldi.

Havolalar[tahrir]

Shuningdek[tahrir]





Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil