Anxramaynu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anxramaynu (fors tilidagi oʻrta asr manbalarida Ahriman, yunon adabiyotlarida Areimanios, Ariman) — zardushpgiylikyaa yovuz kuchlar, zul-mat va oʻlim boshligʻi, Axuramazdaning dushmani, inson ruhiyatidagi salbiy hissiyotlarning timsoli. Avesto kito-569bining „Gatlar“ qismida A. nomi umu-man eslatilmaydi: ularda yovuzlik ruhi va yaxshilik ruhi — tegishlicha badkorliklar va odilliklar yoʻllarini tan-lagan egizaklardir. „Klchik Avesto“da A. — yovuz ruhlarni boshlab yuradi-gan „jaholat hokimi“dir; u har xil gunohlar, sehru jodular qiladi, yomonlik timsoli sifatida sovuqlik va qoru muzlikni, oʻlim, kasallik, keksalik, zaharli hasharotlarni yuboradi, bi-rinchi inson Govamardni halok etadi. Odatda u, Ahuramazdaga qarshi oʻz qoʻl ostidagi iblisona kuchlar — devlar yor-damida kurashadi. Uning zoʻri bilan dunyo bir-biriga qarama-qarshi 2 taraf — yax-shilik va yovuzliklar tarafiga boʻlinib qoladi. A. Avestoning „Dinkart“ va „Zotseproʻm“ degan qismlaridagi ri-voyatlarda tilga olinadi. Jumladan, „Dinkart“ 7-kitobining 2-faslida va „Zotseproʻm“ning 12-faslida naql etilgan. Unda chegaralar dahsizligini saqlash uchun yaratilgan hoʻkizni oʻldirish bilan bogʻliq doston bor. A.ning qilmishi baribir jazosiz qolmaydi. Umuman A.ning yaxshilik va yorugʻlikka qarshi kurashi abadiy davom etadi. Lekin A. Ahuramazdani yengishga ojizlik qiladi, chunki har doim yaxshilik gʻolib chiqadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil