Oʻlim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odam chanogʻi oʻlim ramzi sifatida keng ishlatiladi.

Oʻlim (boshqa nomlari: vafot, qazo, ajal) tirik organizm faoliyatini tutib turuvchi barcha biologik funksiyalarning toʻxtatishidir. Oʻlimga olib keluvchi fenomenlar sirasiga keksayish, yirtqichlik, ochlik, kasallik, xudkushlik, qotillik, baxtsiz hodisa, jarohat kabilar kiradi.[1] Oʻlimdan keyin organizmlar chiriy boshlaydi.

Oʻlim — organizm hayot faoliyatining butunlay toʻxtashi, ortga qaytmas jarayon. Eng sodda hayvonlarning tabiiy oʻlimi ularning boʻlinishidan iborat, bunda 1 individ oʻlsa, oʻrnida 2 ta yangi individ hosil boʻladi. Odam va issiq qonli hayvonlar oʻlimi dastavval nafas olish va qon aylanishiningtoʻxtashiga bogʻliq. Oʻ. organizmning qarishi natijasida tabiiy ravishda yoki kasallik tufayli toʻsatdan, barvaqt yuz beradi. Klinik va biologik Oʻ. farqlanadi. Klinik Oʻ.da organizm hayot faoliyatini baʼzi hollarda tiklash va uni jonlantirish mumkin; u oʻrtacha 2—6 min. davom etadi, shundan keyin biologik Oʻ. yuz beradi. Oʻ. sabablari va mexanizmini tanatologiya oʻrganadi.


Odam jamiyatlarida oʻlim tabiati ming yillar davomida muhim diniy va falsafiy mavzular markazida boʻlib kelgan. Bu mavzularga tirilish (ibrohimiy dinlarga oid), reinkarnatsiya (dharmik dinlarga oid), ong oʻchishi (ateizm bilan bogʻlanadi) kabi gʻoyalar kiradi.[2]

Odamlar va ayrim boshqa yuqori hayvonlarda oʻlimga javoban oʻlgan individga (marhumga) yaqin boshqa individlar motam tuygʻusi va hissiy azoblanish kechirishadi.[3] Oʻlgan kishi xotirasiga odamlar aza marosimini oʻtkazishadi. Oʻlgan odamning fizik qoldiqlari jasad yoki murda deyilib, marhum yoki unga yaqin shaxslarning urf-odatlariga koʻra dafn etilishi, kuydirilishi, mumiyolanishi yoki boshqa usullar bilan ajratilishi mumkin (bu amallar shuningdek sanitariya maqsadida qilinadi).

Odamlar orasida oʻlimga olib keluvchi eng tarqalgan sabablarga (kamayish tartibida) yurak ishemiyasi, insult va boshqa serebrovaskular kasalliklar, quyi nafas yoʻllari infeksiyasi kiradi.[4]

Manbalar[tahrir]

  1. Zimmerman, Leda (19 October 2010). Must all organisms age and die?. Massachusetts Institute of Technology School of Engineering. Asl nusxadan arxivlandi (1 November 2010). 5 February 2012.
  2. Handbook to the Afterlife retrieved 12 April 2012
  3. Melinda Smith, J. S. (2012, January). Coping with Grief and Loss. Helpguide.org. 2012-12-09.
  4. The top 10 causes of death updated June 2011, retrieved 16 October 2012

Havolalar[tahrir]