Avesto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb atala-di) — zardushtiyliknpig mukaddas kito-blari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar 86fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da kelti-rilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qad. qismlari mil. av. 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda A. tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h.k. qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51—78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3—7-a.)da yaxlit kitob holiga keltirilgan.A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sabab-li dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli — "Kichik A." (Xurdak A.) yara-tilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-a.) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay sh.da o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar ja-moasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr et-gan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jild-dan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi.A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning , ikki ibtidoning , ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning , yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashi-dan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudo-si Ahuramazda yer, o‘simlik va b. hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomon-lik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurasha-di, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik-ni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomon-likni ifodalovchi kuchlar yer ostida joy-lashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuch-ning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning , axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Chek-siz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 y. utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin dav-ri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tirila-di. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 87kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylar-ning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qad. davrda-gi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvur-lari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrgo‘zaronlik qilgan ajdodla-rimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Ka-rimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39—40-betlar).O‘zbekiston hukumatining tashabbu-si bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999 y. noyab.). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 y. 29 mart), "Avesto"ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlari-ni belgiladi. Unga ko‘ra 2001 y.ning okt. oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirla-ri o‘tkaziladi.Ad: Kadirov M., Otrivki iz Avesti (perevod), Materiali po istorii obshe-stvenno-filosofskoy misli v O'zbeki-stane, T., 1976; Makovelskiy A. O., Ave-sta, Baku, 1960;Sagdullayev A.S.,Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.Muhammadjon Hodirov.[1]

«Avesto» — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.

«Avesto» toʻrt qismdan iborat:

  • Yasna («Diniy marosimlar»),
  • Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),
  • Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»),
  • Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).


Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.
«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.

Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.

Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.

Nashr qilingan adabiyotlar[tahrir]

  • Avesto. Oʻzbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.)-T.:2001.
  • «Avesto»dan (tarj. M. Ishoqov). Oʻzbek tili va adabiyoti jurnali, 1999, # 2-4

Ilmiy adabiyotlar[tahrir]

  • Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.-T.:1969
  • Abu Bahr Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. — T.: 1966
  • A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — T.: 1971
  • H. Homidov. «Avesto» fayzlari. — T.: 2001
  • N. Rahmonov. «Avesto»ning paydo boʻlishi. — «O`zbekiston ovozi» gaz., 2001, 26 may.
  • N. Rahmonov. «Avesto»: Zamin, vatan demakdir. — «O`zbekiston ovozi» gaz., 2001, 25 sentyabr.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil