Axura Mazda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axura Mazda (oʻngda). m.av. III asr

Axura Mazda (Hurmuzd) — juda qadim zamonlarda tasavvur etilgan ezgulik xudosi. Axura Mazda yorug‘lik, obodonlik, salomatlik, tinchlik, farovonlik kabi barcha ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi, deb tushunilgan. Unga qarshi zulmat-qorong‘ulik, ochlik, vabo, ayoz, jang, zaharli jonivorlar kabi barcha yovuzliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi An-xramaynu (keyinchalik o‘zgargan shakli Ahriman) bo‘lib, doimo Axura Mazda bilan kurashadi. Kurash Axura Mazdaning g‘alabasi bilan tugaydi. Bu dualistik qarash zardushtiylik taʼlimotining asosi Avesto uchun zamin bo‘lgan. Uning keyingi davrlarda yozilgan sahifalarida Axura Mazda yakka xudo darajasiga ko‘tarilib, tavhid taʼlimotining asosi ni tashkil etgan. Turon va Eron xalqlarining qadimgi epik asarlarida Hurmuzd — ezgulik uchun kurashuvchi, Ahriman — yovuz timsol tarzida tasvirlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.