Г (kirill)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Г, г — oʻzbek Kirill alifbosining toʻrtinchi harfi. Yaqin til orqa, portlovchi, jarangli undosh. Soʻz boshi (gul, goʻzal), oʻrtasi (yugur, egar), oxiri (barg , tong)da keladi. Soʻz oxirida tub oʻzbek soʻzlarida deyarli uchramaydi, boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarda jarangsizlashadi (pedagog — pedagok, buldog — buldok va h.k.). 1995 y.da qabul qilingan oʻzbek lotin alifbosida oltinchi harf. Turkiy xalqlar, jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy bulgan yozuvlarda bu harf oʻziga xos shaklga egadir.