Р (kirill)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Р — oʻzbek kirill alifbosining oʻn sakkizinchi harfi. Til oldi, titroq, sonor, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Soʻz boshida (rais, racm, rost), oʻrtasida (oʻrtoq, surnay, qora) va oxirida (bozor, gulzor, qor) kela oladi. Faol qoʻllanuvchi harf (tovush) hisoblansada, oʻzbek tilidagi birinchi harfi r boʻlgan soʻzlarning barchasi boshqa tillardan oʻzlashgandir. Baʼzan talaffuzda (koʻpincha shevalarda) r tovushi tushib qoladi: bormi — boomi, uylar — uyla, onamlar — onamla. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda oʻziga xos belgi-shakllarga ega. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil