Zobuliston
Qiyofa
Zobuliston — oʻrta asrlarda Afgʻonistonning jan. kismi bilan Balujistonning shim. qismidan iborat hudud nomi. Kobuliston, Xuroson, Seyiston, Makron va Sind bilan chegaradosh boʻlgan. 3. togʻli, oqar suvlari koʻp bir bahavo yer boʻlib, aholisi shijoatkorligi bilan dong chiqargandi. Oʻsha kezlarda Gʻazna, Maymand va Kalot uning maʼmuriy markazlaridan boʻlgan. "Shohnoma" da juda kup tilga olingan 3. nomi hozirgi kunda isteʼmoldan chiqqan bulib, uning hududi Afgʻoniston bilan Balujistonga qoʻshib yuborilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |