Kontent qismiga oʻtish

Zikr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zikr zikr tushish (arab. yodga olish, eslash) — tasavvufda xudoni yodga olish bilan bog‘liq marosim. Ilohiyotchilar Allohni yodga olish zarurligini Qur’oni karimning „Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur“ (13:28) degan oyati bilan bog‘laydilar. Zikr ovoz chiqarib (zikr al-jahriy) va ovoz chiqarmasdan (zikr al-xafiy) tushiladi. Ovoz chiqarib Zikr tushish Oʻrta Osiyoda ham keng tarqalgan. Bunda bir guruh soʻfiylar avval davra qurib o‘tiradi, bir kishi (qavvol) muayyan iboralarni maʼlum ohangda o‘qiydi, unga ayrim musiqa asboblari jo‘r bo‘ladi; bora-bora kishilar o‘rnidan turib, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydilar. Zikr vaqtida soʻfiy va darvishlar „Alloh hayy“ (Alloh tirik); „la iloha illalloh“ (Allohdan o‘zga maʼbud yo‘q); „Allohu akbar“ (Alloh -eng ulug‘); „al hamdu lilloh“ (Allohga hamdu sanolar)" va b. so‘zlarni takrorlaydi. Uzoq vaqt takrorlangan so‘zlar, musiqa va raqs natijasida Zikr tushayotgan o‘zligani unutadi, Allohdan boshqa hech kim va hech narsani yodiga keltirmaydi. Zotan soʻfiylar uchun Zikr tushishdan asosiy maqsad Allohga yaqinlashishdan iborat. Zikr mavlud va boshqa diniy marosimlarning tarkibiy qismiga aylangan.

Zikr (arab. — eslash, yodga olish) — tasavvufda xudoni yodga olish bilan boglik "samo" marosimi va shu marosimda ijro etiladigan musiqiysheʼriy turkum. Musulmonlar orasida 10—11-asrlarda shakllangan. Ilohiyotchilar Allohni yodga olish zarurligini Qurʼoni karimning "Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur" (13:28) degan koʻrsatmasi bilan bogʻlaydilar. Z.ning asosiy falsafiyestetik maqsadi vajd (ekstaz), yaʼni insonning musiqa, sheʼr va raqs vositasida oliy Haqiqat (Tangri) bilan hissiyruhiy birlashib, uygʻuklashib ketishidir. Turli xil tasavvuf tariqatlarida Z.ning xilmaxil koʻrinishlari ishlatiladi. Mas, Turkistonda eng koʻp tarqalgan naqshbandiya tariqatida "Zikri jahriy" ("Oshkora, katta 3." yoki "Xonakryi" deb ham ataladi), "Zikri xafiy" ("Yashirin, kichik 3.", tor doirada ijro etilgan), "Zikri adadiy" ("Sanokli 3."), "Zikri alloniya" ("Eʼlonli 3."), "Zikri dil" kabi turlari qoʻllangan. Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya tariqatida 3. marosimiga musiqiy asboblar va raqslar keng jalb qilina boshlangan.

Naqshbandiya tariqatida "Zikri jahriy" turkumining asosiy qismlari usullarning zarblariga koʻra, "Yakzarb", "Duzarb", "Sezarb", "Chorzarb" deb atalgan. Asosiy qismlarning oʻzgartirilgan koʻrinishlari "Chopqin" deb yuritilgan. Z.ningboshlanishi, asosiy qismlar oraligʻi va turkum yakunida Qurʼon suralari rechitativ (nutqdosh) uslubida kuylanadi. Turkumning qismlari kuyohang , usulritmik tuzilmalari Sharq xalklari musiqa merosi, xususan, oʻzbek ashula janriga taʼsir koʻrsatgan. 3. mavlud va b. diniy marosimlarning tarkibiy qismiga aylangan. Oʻzbekiston kompozitorlaridan Ik.Akbarov ("Shoir xotirasiga" poema), A. Kozlovskiy ("Ulugʻbek" operasi) va b. 3. usul-ohanglaridan foydalanishgan.

Abdumannon Nazarov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil