Zayn al-Abidin bin Ali
| Zaynulobidiyn Binali | |
|---|---|
arabcha: زين العابدين بن علي | |
|
| |
|
Mansab davri 7-noyabr 1987-yil – 14-yanvar 2011-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Habib Burgiba |
| Vorisi |
Muhammad Gannushi (v.b.) |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 3-sentyabr 1936-yil |
| Vafoti |
19-sentyabr 2019-yil (83 yoshda) |
| Mukofotlari |
|
| Unvoni | brigada generali |
Zayn al-Abidin bin Ali (arabcha: زين العابدين بن علي; Zayn al-'Ābidīn bin 'Alī; 1936-yil 3-sentyabr — 2019-yil 19-sentyabr) — Tunis Respublikasi davlat arbobi. General (1979). Tunisning Marokashdagi harbiy attashesi (1974— 77), Tunis milliy xavfsizligi bosh direktori (1977—80). Tunisning Polshadagi elchisi (1980—84), Tunis milliy xavfeizligi davlat kotibi (1984—1985), 1986—1987-yillarda ichki ishlar vaziri. 1987-yil oktyabrdan Tunis bosh vaziri. 1987-yil 7-noyabrdan 2011-yilgacha Tunis prezidenti[1][2]. 2011-yilda mamlakatda yuz bergan „rangli inqilob“ oqibatida mamlakatni tark etishga majbur boʻlgan. Keyinchalik u Saudiya Arabistonida siyosiy boshpana olgan va oʻsha yerda yashab kelgan. 2012-yilda Tunis harbiy tribunali bin Alini ommaviy tartibsizliklar vaqtida namoyishchilarning oʻldirilishiga javobgar deb topib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Туниснинг собиқ президенти Зайнулобиддин бин Али вафот этди“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Zine El Abidine Ben Ali“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 3-sentyabrda tugʻilganlar
- 1936-yilda tugʻilganlar
- 19-sentyabrda vafot etganlar
- 2019-yilda vafot etganlar
- Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun faxriy nishoni 1-darajali katta ofitser xochi kavalerlari
- Nil ordeni sohiblari
- Xrizantema ordeni sohiblari
- Ruminiya yulduzi ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Davlat yetakchilari haqidagi chala maqolalar
- Prezidentlar
