Habib Bourguiba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Habib Burgiba
arabcha: الحبيب بورقيبة
Portrait officiel de Habib Bourguiba.png
Flag of Tunisia (1959–1999).svg
 1–Tunis prezidenti
Mansab davri
25-iyul 1957-yil — 7-noyabr 1987-yil
Oʻtmishdoshi yangi tashkil qilingan
Vorisi Zaynulobidiyn Binali
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1903-yil 3-avgust
Vafoti 2000-yil 6-aprel
Mukofotlari Order of the Republic (Tunisia) - ribbon bar.gif
Imzosi

Habib Bourguiba (talaffuzi: Habib Burgiba, /bʊərˈɡbə/; arabcha: الحبيب بورقيبة, al-Ḥabīb Būrqībah; 1903-yil 3-avgust — 2000-yil 6-aprel) Tunislik huquqshunos, millat yetakchisi va davlat arbobi boʻlib, 1956—1957-yillarda Tunis Qirolligining bosh vaziri, keyin esa Tunisning birinchi prezidenti (1957—87) sifatida mamlakatni boshqargan. Prezidentlikdan oldin u xalqni Fransiyaga qaramlikdan mustaqillikka olib chiqdi, 75 yillik protektoratni tugatdi va „Oliy jangchi“ unvoniga sazovor boʻldi[1].

Habib Monastirda kambagʻal oilada dunyoga kelgan. Sadiki kollejida, keyinchalik esa Tunisdagi Carnot litseyida oʻqigan. 1924-yilda bakalavr darajasini olgan. 1927-yilda Parij universitetini tamomlab, Tunisga qaytadi va huquqshunoslik bilan shugʻullanadi. 1930-yillarning boshlarida u mustamlakachilikka qarshilik va Tunis milliy siyosatida qatnashib, Destur partiyasiga qoʻshildi. 1934-yilda Neo Destour tashkilotiga asos soldi. U mustaqillik harakatining asosiy arbobi sifatida koʻtarildi va mustamlaka maʼmuriyati tomonidan bir necha bor hibsga olingan. Uning 1938-yil 9-apreldagi qoʻzgʻolonlarda ishtirok etishi natijasida Ikkinchi jahon urushi paytida Marselga surgun qilingan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy hujjatga koʻra 1903-yilning 3-avgustida tugʻilgan. Lekin Habib Bourguiba keyinchalik bildirgan fikriga koʻra, u bir yil avval tugʻilgan va notoʻgʻri sana 1924-yilda yuridik fakultetga oʻqishga kirishda yoʻl qoʻyilgan ish yuritish xatosi natijasida sodir boʻlganini aytgan[2]. Yana boshqa bir versiyaga koʻra, ushbu xato ota-onasi tomonidan oʻgʻlini armiyaga chaqirmaslik uchun qasddan qilingan[3].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bessis & Belhassen 2012, s. 53.
  2. Mahmoud Materi. Itinéraire d'un militant (1926-1942). Tunis: Cérès Productions, 1992. ISBN 9973700716. 
  3. Samya El Mechat. Tunisie: Les chemins vers l'indépendance, 1945-1956. L'Harmattan, 2000. ISBN 2738412386. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]