Zat al-Salosilga hujum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zat al-Salosilga hujum
Sanalar Milodiy 629-yil sentyabr (hijriy 8-yil)
Urush yeri Zat al-Salosil
Natija Musulmonlarning qoʻli baland kelgan
Raqiblar
Musulmonlar Banu Quda qabilasi
Qoʻmondonlar
Amr ibn al-Os Nomaʼlum
Kuchlar
Dastlab 300 nafar[1], keyinchalik urush davomida 500 nafar[2] Minglab

Amr ibn al-Osning Zat al-Salosilga yurishi[1], shuningdek, Zat al-Salosil yurishi[3] deb nomlanib, milodiy 629-yil sentyabr oyida (hijriy 8-yilning 6-oyi) boʻlib oʻtgan[4][5].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mu’ta jangida musulmonlarning magʻlubiyatidan soʻng Gʻassoniylar davlatiga qarashli koʻplab qabilalar oʻzlarining qarshi harakatlarini qilish imkoniyatini seza boshlaydilar. Banu Quda qabilasidagilar Madinada musulmonlarga qarshi ommaviy bosqin rejalashtira boshlashdi[6]. Musulmon josuslari esa darhol Muhammadni bundan ogohlantirib, favqulodda shoʻro chaqirilishiga sabab boʻlishdi[7].

Shundan soʻng Muhammad Amr ibn al-Osni Banu Quda qabilasiga qarshi yurishga boshchilik qilish uchun tayinlagan[7][5][8].

Muhammad tomonidan buyurilgan ushbu yurishga Amr ibn al-Os qoʻmondonlik qilgan boʻlib, qoʻshin uch yuz otliq askarlardan iborat edi[8][3]. Mu’ta jangida otasi Zayd ibn Horisadan ayrilgan Usoma ibn Zaydning ushbu yurishda ishtirok etgani musulmon yilnomachilari tomonidan qayd etilgan. Koʻplab urush faxriylaridan tashqari, shuningdek, ushbu yurishda, boshqa hududlarda istiqomat qiluvchi musulmon jangchilari ham ishtirok etishgan[5][9][10][11].

Yurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amr ibn al-Os 10 kunlik yurishdan soʻng musulmon qoʻshini Salosil degan buloqda qarorgoh tuzadi va u yerda Banu Quda qabilasi vakillarining toʻplanib turganini koʻradi. Shundan soʻng Amr ibn al-Os Muhammadga maktub yoʻllab, qoʻshinni kuchaytirish uchun qoʻshimcha kuch soʻraydi. Muhammad Abu Ubayda ibn Jarroh boshchiligidagi yuz kishilik qoʻshinni yordam kuchi sifatida yuboradi, shuningdek, ushbu qoʻshin tarkibida Abu Bakr Siddiq va Umar ham ishtirok etgan[5][11].

Musulmonlar raqiblari joylashgan hudud tomon maʼlumot toʻplash uchun oʻz odamlarini yubora boshlaydilar. Amr ibn al-Os raqib kuchlari oʻz qoʻshinidan ancha koʻpligini payqagach[6][7], ularga qarshi kunduzi hujum qilmaslikka qaror qiladi va askarlariga tungacha oʻzlariga qarorgoh qurishni buyuradi[3][4].

Jang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musulmonlar dushmanga qarshi tungi bosqin uyushtirishadi[5]. Amr ibn al-Os oʻz oʻz askarlariga ikkita-ikkita boʻlib, yonma-yon turishlarini, hatto otlarini ham bir-biriga bogʻlab turishlarini buyuradi[8][3][4]. Musulmonlarning tungi bosqini muvaffaqiyatli amalga oshiriladi[12]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah.
  2. Mubarakpuri, Safiur Rahman. The Sealed Nectar, 6 October 2020. ISBN 9798694145923. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Dhat As-Salasil Campaign, Witness-Pioneer.com
  4. 4,0 4,1 4,2 „List of Battles of Muhammad“. Archived from the original on 2011-07-26. Retrieved 2011-04-29.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Muir. „The Life of Mahomet and History of Islam to the Era of the Hegira“ (1861). Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
  6. 6,0 6,1 Al-Mishri, Shaykh Mahmud. Sahabat-Sahabat Rasulullah. Pustaka Ibnu Katsir, 2010. ISBN 978-9791294393. 2020-yil 24-yanvarda qaraldi. 
  7. 7,0 7,1 7,2 Basalamah, Lc., M.A. „Al Sirah As Sahabah by Shaykh Mahmud Al Mishri book commentary public lecture 20th session“. Khalid Basalamah official site. Pustaka Al Kautsar. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar. Basalamah, Lc.
  8. 8,0 8,1 8,2 Mubarakpuri, Safiur Rahman. The Sealed Nectar, 6 October 2020. ISBN 9798694145923. 2014-yil 17-dekabrda qaraldi. Mubarakpuri, Safiur Rahman (6 October 2020).
  9. „مع الحبيب رسول الله صلى الله عليه وسلم أكبر موقع للسيرة النبوية“.
  10. The Life of Muhammad, Ibn Hisham
  11. 11,0 11,1 "السيرة%20النبوية"%20**/غزوة%20عمرو%20بن%20العاص%20ذات%20السلاسل/i109&d73358&c&p1 The Life of Muhammad, Ibn Hisham
  12. الطبقات الكبرى، ابن سعد، ج2، ص131، دار صادر، بيروت.